II. Qon tarkibida lipidlarni aniqlash
«Qon zardobi tarkibidagi umumiy xolesterinni Ilka usuli bilan aniqlash».
Sog‘lom odam qon zardobi tarkibidagi umumiy xolesterin miqdori 150-250
ml/dl – 200 mg/dl atrofida. Xolesterin efirlari va yog‘ kislotalar umumiy
xolesterinning 50-70 foizini, erkin xolesterin 30-40 foizini tashkil qiladi. Erkin
xolesterinning efirlangan xolesteringa bo‘lgan nisbati doimiy kattalikdir. Yangi
tug‘ilgan bolalarda xolesterin va uning bog‘langan shakli kam miqdorda bo‘ladi.
Bola o‘sgan sari bu ko‘rsatkichlar kattalarnikiga yaqinlashadi. Qon plazmasi
tarkibidagi xolesterin miqdorining ortishi (giperxolesterinemiya) miksedema,
meningit, diabet, ateroskleroz va jigarning ayrim kasalliklarida kuzatiladi. Oilaviy
giperxolesterinemiya holatlari haqida ham ma’lumotlar bor.
Qon plazmasidagi xolesterin miqdorining kamayishi (gipoxolesterinemiya)
surunkali yurak yetishmovchiligi holatlarida, o‘tkir yuqumli kasalliklarda, o‘tkir
poliartiritlarda va gipertereozlarda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |