Usulning asosi. Xolesterin sirka angidrid ishtirokida sirka va sulfat
aralashmalari bilan rangli mahsulot hosil qiladi. Rang zichligi kolorimetrda
o
’
lchanadi.
Ish tartibi. Quruq va toza probirkaga 2 ml ishchi reaktiv va 0,1 ml
gemolizlangan qon zardobi solinadi. Qon zardobi devor bo‘ylab solinishi kerak.
Probirkadagi suyuqlik 10-12 marta chayqatiladi va 37
0
S li termostatga 20 daqiqaga
joylashtiriladi.
Nazorat tajribasini tayyorlash uchun (bitta guruhdagi talabalar uchun 1-2
nazorat tajriba yetarli) quruq probirkaga 2 ml ishchi reaktiv solinadi. Qolgan ish
tartibi yuqoridagidek. Eritmaning rang zichligi nazorat tajriba qarshisida, qizil nur
filtr to‘lqin uzunligidagi FEK da ko‘riladi.
Xolesterin miqdori o‘lchov egri chizig‘iga binoan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |