Saqlash vazirligi


Oilaviy tibbiyot asoslari. Birlamchi


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

1. Oilaviy tibbiyot asoslari. Birlamchi 
yordam falsafasi. Oilaviy poliklinika va 
QVPlari tuzilishi va ish tartibi. QVP va OP lar 
ish faoliyatining me’yoriy hujjatlari. 
Hujjatlar. Kasallik varaqasi 
Poliklinika — katta profilaktik ishlarni olib boradi, epidemiyaga qarshi chora 
tadbirlarni o‘tkazadi, poliklinika hudidiga kiritilgan aholining salomatligini o‘rganadi 
va shu aholi orasida tibbiyot ishlarini olib boradi, erta kasallanishni aniqlaydi, uning 
ro‘yxatni tashkillashtiradi va aholi salomatligi xolati ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi
biriktirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarida vaqtinchalik ishlay olmaydiganlar 
kasalligini o‘rganadi.
Poliklinika — faoliyati negizi hududiy-uchastkali tamoyilga asoslangan, shu 
hududda yashovchi odamlarga tibbiy yordamni ko‘rsatadi. Poliklinika va uning 
shtatlari faoliyatini rejalashda, poliklinika xizmat ko‘rsatadigan odamlar soni, yoshi 
va jinsi, kasallik darajasi va turiga asoslanishi lozim.
Zamonaviy poliklinika katta ko‘p qirrali maxsuslashgan davo-profilaktik 
maskandir, tibbiy xizmat ko‘rsatishga moslashtirilgan va kasallikni oldini olishga va 
odamlar sog‘lig‘ini tiklash maqsadida o‘tkaziladigan profilaktik muolajalar 
o‘tkaziladi. Uning vazifalariga kiradi: 
· to‘satdan paydo bo‘lgan va o‘tkir kasalliklarda 
· jarohatlanishlarda birlamchi tibbiy yordamni ko‘rsatish 
· poliklinikaga murojaat qilganda 
· uyga chaqirilgan kasallarga davo muolajalarni o‘tkazish, 
· dispanser nazoratini rejalash va o‘tkazish, 
· vaqtincha ishga noloyiqligini aniqlash
· bemorlarni ishdan ozod etish 
· turg‘un ish qobiliyatini yo‘qotgan bemorlarni VTEKka yuborish, 


· bemorlarni sanator-kurortga davoga yuborish, 
· kasalxonada davolanishga muxtoj bemorlarni darxol kasalxonaga yuborish. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10 noyabr 1998 yilgi № UP-2107 
«O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash davlat tizimini qayta tiklash haqida» gi 
qaroriga binoan, birlamchi sog‘liqni saqlash tizimini qayta tiklash va uni 
mustahkamlashtirish chora tadbirlari kiritildi, shu qarorda davlat tomonidan aholiga 
bepul ishonchli tibbiy xizmat ko‘rsatish alohida belgilangan. Respublikamizning 
hamma tumanlarida birlamchi tibbiy-sanitar yordam «Salomatlik-1» dasturida 
tasdiqlangan afzalliklarini tadbiq etish maqsadida, oldin mavjud bo‘lgan hamma 
birlamchi yordam tizimlari: qishloqlarda — feldsher-akusherlik punkti (FAP), qishloq 
vrachlik ambulatoriyasi (QVA), qishloq uchastka kasalxonasi (QUK), ekonomik 
jihatdan noloyiq hisoblangan qishloq vrachlik punkti (QVP) ni qayta tiklash lozim 
topildi.
QVP — dunyo bo‘yicha qishloq aholisiga xizmat ko‘rsatishda eng rivojlangan turi 
hisoblanadi. Undan tashqari, ekonomik jihatdan qulay va ambulator sharoitda tibbiy 
xizmat ko‘rsatishning demokratik turi hisoblanadi. 

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling