Saralangan tarixlar


Download 0.61 Mb.
Sana22.10.2020
Hajmi0.61 Mb.
#135844
Bog'liq
2 5382140758339881103


Test tuzuvchi: Alimardonov Shuxrat

8-sinf O’zbekiston tarixi
1-40-Mavzular asosida
1. “Saralangan tarixlar” asari muallifi?
A) Abdulkarim fazliy namangoniy
B) Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy
C) Mahmud Hakimxon to’ra o’g’li ibn ma’sumxon to’ra
D) Muhammad Solih
2. 18 yil davomida dunyoni kezib chiqqan, 15 yoshidan boshlab tasavvudi o’rgangan
shoir kim edi?
A) Boborahim mashraf B) Muhammad Hakimxon to’ra
C) Fazliy namangoniy D) Amiriy
3. 1842-yil qaysi Qo’qon xoni Rossiyaga elchi yuborgan?
A) Xudayorxon B) Olimxon C) Sulton Mahmud D) Umarxon
4. Quyidagi ma’lumotlardan qaysilari to’g’ri?
1. Toshkent muhim xalqaro savdo yo’li chorrahasida joylashgani sababli hunarmandchilik yuksak darajada rivojlandi.
2. Toshkentda Chorsu shahar hayotining markazi edi.
3. Toshkent turli davrlarda Choch, Shosh, Binkat kabi nomlar bilan atalib kelindi
4. Qo’qondagi madrasalarning har birida 36 tadan 100 tagacha hujrasibo‘lgan.
5. Qo‘qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qashqar, Hindiston,
Afg‘oniston, Eron, Xitoy va Rossiya bilan olib borilgan savdo aloqalari katta o‘rin egallagan.
6.Farg‘ona vodiysida paxtachilik yildan yilga rivojlana bordi. Rossiyaning o‘zbek davlatlaridan, jumladan, Qo‘qondan paxta sotib ola boshlashi bu ekin maydonlarining yanada kengayishiga sabab bo‘ldi.
A) 1,2,3,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,5,6 D) 2,3,4,5
5. Qo’qon xonligida Xususiy yer egaligi qanday vijudga keltirilgan?
1. yirik davlat amaldorlariga davlat oldidagi xizmatlari uchun yer ajratib berish, 2. xususiy kishilarga sotish (mulki hur xolis)
3. Xon yerida ishlab berish hisobiga
4. Xarbiy hizmatchilarga yer berish
A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 1,3
6. Quyidagilarni vazifalari bilan mos joylashtiring.
1. Qozi askar 2. Qozi rais 3. Xon xos soqchilari
a) Qo’shin muftiysi bergan fatvo ijrosining ta’minlanishini nazorat qilgan.
b) Chekinayotganlarga burch haqida eslatib turish
c) harbiy harakat boshlanishidan oldin xon nomidan jihod e’lon qilgan.
A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-c, 2-a, 3-b C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-b, 2-c, 3-a
7. Dashti Qipchoq hozirgi …….?
A) Tojikistonning janubi-g’arbi
B) Qirg’izistonning g’arbi va janubi-sharqi
C) Qozog’istonning janubi va janubi-g’arbi
D) Turkmanistonning shimoli, shimoli-sharqida
8. Qo’qon xonligi hududini to’g’ri belgilang.
1. Sharqda 2. Shimolda 3. G‘arbda 4. Janubda
a) Qorategin, Darvoz, Ko‘lob va Shug‘nan bekliklari
b) Sharqiy Turkiston
c) Xiva xonligi va Buxoro amirligi
d) Rossiya (ularni Bedpakdala cho‘li ajratib turgan)
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d.
B) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b.
C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a.
D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a.
9. ,,Kerak“, ,,Bo‘ladi“, „Bo'lmasa", „ Yaxshi „ Yigitlar“ kabi asarlar muallifi?
A) Jiyen Jirov B) Kunxo`ja Ibrohim C) Ajiniyoz Qosiboy o`g`li D) Berdaq
10. Qo’qon shahri kimning davrida xonlik poytaxtiga aylantirildi?
A) Shohruxbiy B) Abdurahimbiy C) Abdulkarimbiy D) Erdonabiy
11. Florio Beneveniga Rossiya imperatori Pyotr I juda muhim vazifalarni yuklagan.Beneveni o‘z esdaligida, jumladan, quyidagilarni qayd etgan: “Agar Xiva xoni …. yo'qotilsa, bu yerda tinchlik о‘rnatiladi va hamma yo‘llar ochiq bo‘ladi. Rossiya …. ga qarshi kuchlarni qo‘llab-quvvatlashi foydali bo‘ladi“.
Gap kim haqida ketmoqda?
A) Elbarsxon B) Anushaxon C) Sherg‘oziyxon D) Abulg’oziy Bahodirxon
12. Taniqli sharqshunos olim N.Vasilevskiyning asarlari to`g`ri bеrilgan javobni aniqlang
1.«O`rta Osiyo bo`ylab sayohat»»
2.«Inoqlar hukmronligi»
3. «O`zb
еklar Xorazmda»
4. «Qo`ng`irotlar sulolasi»
A) 1,2,3,4 B) 2,3,4 C) 1,3,4 D) 1,2,4
13. Quyidagi javoblardan Xiva xonligida oid to`g`ri javoblarni belgilang
1.Xiva-Rossiya munosabatlarida muhim jihat shu ediki, o`zaro savdodan har ikkila davlat ham birdek manfaatdor edi
2.Xivaga savdogarlari uchun Rossiyaga boradigan savdo yo`llari xavfsiz edi
3.Rossiya Xiva xonligiga o`z mahsulotlarni sotadigan bozor deb qarar edi
4.Xiva xonligi, Rossiya sanoati uchun zarur xomashyo mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib beruvchi o`lka ham hisoblanardi
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 2,3,4 D) 1,2,3,4
14. Qaysi shahar O`rta Osiyo davlatlarini Eron bilan bog`lovchi muhim savdo yo`li ustida joylashgan edi?
A) Toshkent B) Marv C) Samarqand D) Qo`qon
15. Ichanqal`aga kiriladigan to`rtta darvoza nomlari to`g`ri bеrilgan javobni toping?
1.Bog`cha darvoza 2.Polvon darvoza 3.Tosh darvoza 4. Ota darvoza 5.Ko`kcha darvoza
A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,4,5 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,4
16. Xiva xonligida rasman 12 kunlik davlat majburiyati nima deb atalgan?
A) hachi B) ichki va obxo`ra qazu C) qazu D) beggar
17. Sud ishi bo‘yicha shikoyatlar Xiva shahridagi 2 nafar Oliy qozilar tomonidan o‘rganib chiqilgan. Ular kimlar?

A) Qozi askar va qozi o’rda B) Qozi kalon va qozi o’rda


C) Qozi o’rda va qozi D) Muhtasib va qozi kalon
18. Xiva onligida Oliy Kengash………..
A) Oyda besh marta o`tkazilgan
B) Haftada bir marta o`tkazilgan
C) Oyda ikki marta o`tkazilgan
D) Haftada ikki marta o`tkazilgan
19. Qaysi hukmdor davrida boshlab Xiva xonligida o`zini rasman xon deb e`lon qildi
va xonlikda qo`ng`irotlar sulolasi rasman o`rnatildi?
A) Muhammad Amin inoq

B) Eltuzar


C) Avaz Muhammad inoq
D) Muhammad Rahimxon I
20. Anushaxonni taxtdan ag‘dara olgan Buxoro xoni?
A) Nodir Muhammad B) Abulfayzxon C) Subhonqulixon D) Imomqulixon
21. Qachon Amudaryo o`z o`zanini, Orol dengizi yo`nalishiga burildi?
A) XVI asrning 50-yillari B) XVI asrning 60-yillari
C) XVI asrning 70-yillari D) XVI asrning 80-yillari
22. Qaysi Buxoro amiri Qur’oni Karimni yoddan bilardi?
A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
23. «Ajoyib at-tabaqot» asari kim tomonidan ko`chirilgan?
A) Mirzo Sodiq Jondoriy B) Mir Ma`sum Olamiyon
C) Ahmad Donish D) Muhammad Yusuf Rojiy
24. Ernazarbiy elchi sifatida savdo aloqalarini rivojlantirishdan tashqari qaysi
shaharda Rossiya tomonidan jome masjidi qurdirishga erishgan?
A) Moskva B) Novogorod C) Astraxon D) Volgagrad
25. Buxoro shahrida qancha aholi yashagan?
A) 50 mingga yaqin. B) 60 mingdan ortiq C) 60 mingga yaqin D) 80 mingga yaqin
26. Muzahhib bu………….
A) sahifalovchi B) muqovalovchi C) oltin suvini yurituchi D) sarlavha yozuvchi
27. «Dili g`aroyib» asarining muallifini aniqlang.
A) Hasanbеk Rumlu B) Abulg`oziy Bahodirxon
C) Xudoybеrdi Avaz Muhammad D) Yusufbеk Bayoniy
28. Buxoro amirligida mavjud bo’lgan lavozimlarni vazifasi bilan moslashtiring.
1. Uning martabasi shu darajada yuqori bo‘lganki, hatto bo’lajak hukmdor ham uning roziligisiz taxtga o‘tira olmagan.
2. U mamlakatda shariat talablarining aniq bajarilishi ustidan nazorat olib borgan.
3. Masjidlarga borib namoz o‘quvchilar ro‘yxatini tekshirgan.
4. Taqiqlangan ichimliklar iste’mol qilinishiga hamda sudxo‘rlikka qarshi choralar ko‘rgan
5. Bu lavozim mavqeyiga ko‘ra shayxulislomdan keyingi ikkinchi lavozim edi.
A) 1,2,3-Shayxulislom, 4-Muhtasib, 5-Qozikalon
B) 1,2-Shayxulislom, 3,4-Muftiy, 5-Qozikalon
C) 1,2-Shayxulislom, 3,4-Muhtasib, 5-Qozikalon
D) 1,2,3-Shayxulislom, 4-Muhtasib, 5-Muftiy
29. Marv viloyati qo`zg`aloniga qarshi yuborilgan qo’shin sarkardasi buyrug`i bilan Marv vohasini suv bilan ta`minlab ……………to`g`onini buzdirib tashlagan
A) Darg`om B) Sutonbandi C) Karmana D) Hovuzxon
30. Ma`lumki, Nodirshoh o`ldirilgandan keyin Muhammad Rahimbiy Abulfayzxonni
ham o`ldirtirib yuborganidan keyin taxtga o`tqazilgan soxta xonni aniqlang.
A) Abdulmo`min B) Sherg`ozixon C) Ubaydullaxon D) Abdulamin

Ushbu Testlarning Muallifi: Alimardonov Shuxrat.


Agar sizga Tarix fanidan barcha yangi nashr darsliklarning Mavzulashtirilgan, yopiq test, Boblashgan, bitta darslik kitobi bo’yicha aralash variantli testlari sotiladi va siz Word shaklida olasiz, agar sizga test va qo’llanmalar kerak bo’lsa:
99-425-43-45 telifon numer orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Eslatma: Iltimos faqat test va qo’llanmalar olmoqchi bo’lgan, astoydil o’qimoqchi bo’lgan Abituriyentlar murojaat qilsin.
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling