Saralash tartiblash (Sorting Algorithms) deb, berilgan obyektlar ketma-ketligini ma`lum mantiqiy tartibda qayta joylashtirish jarayoniga aytiladi. Saralash bir necha ko`rsatkichlarga bog`liq bo`lishi mumkin


Download 170.76 Kb.
bet2/3
Sana25.04.2023
Hajmi170.76 Kb.
#1397442
1   2   3
Bog'liq
Saralash saidjon

Saralash algoritmi turlari

  • Bubble sort
  • Selection sort
  • Insertion sort
  • Quick sort
  • Merge sort

Bubble sort ikki qo'shni elementni solishtirish va ular mo'ljallangan tartibda bo'lmaguncha, ularni almashtiradigan tartiblash algoritmidir. Xuddi suv yuzasiga ko'tarilgan havo pufakchalarining harakati kabi, massivning har bir elementi har bir iteratsiyada oxirigacha harakat qiladi. Shuning uchun u pufakchali saralash deb ataladi.


“Bubble sort” bu eng sodda, ketma-ketlikdagi har bir sonni boshqa sonlar bilan solishtirishga asoslangan algoritm hisoblanadi. Unda yonma-yon turgan elementlardan chapdagisi o‘ngdagidan kattaligi aniqlansa, bu ikkala son o`rni almashtiriladi. Bu jarayon almashtirish kerak bo`lmay qolguncha davom etadi, ya`ni barcha elementlar o‘sish tartibida bo‘lib qolguncha.
Bubble sort” nisbatan ko`p vaqt talab qiluvchi saralash algoritmi hisoblanadi. Chunki unda n ta element uchun takrorlanishlar soni taqriban n*n ga teng. Bu, n kichik son bo`lsa unchalik sezilmaydi. Sababi, hozirgi zamonaviy kompyuterlar uchun bu takrorlanish soni qiyinchilik tug`dirmaydi. Ammo butun boshli ma`lumotlar bazasidagi ma`lumotlarni saralash talab etilsachi? Albatta vaqtdan yutqazamiz. Ammo, bu algoritm saralash algoritmlarini tushunib olish uchun ilk qadam hisoblanadi.

Selection sort — Tanlab saralash bu — oddiy tartiblash algoritmidir. Ushbu tartiblash algoritmi oʻz joyida taqqoslashga asoslangan algoritm boʻlib, unda roʻyxat ikki qismga boʻlinadi, tartiblangan qism chap tomonda va tartiblanmagan qism oʻng tomonda. Dastlab, tartiblangan qism boʻsh, tartiblanmagan qismi esa butun roʻyxatdir.

Insertion sort — (Joylab saralash) ham tartibsiz massiv elementlarini saralash uchun moʻljallangan. Uning ishlash algoritmi xuddi qoʻldagi kartani saralashga oʻxshab ketadi. Tartibsiz turgan kartalar ichidan birini olasiz va uni oʻzi turishi kerak boʻlgan joyga joylashtirib qoʻyasiz.

1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling