Saralash test savollari


Download 250.63 Kb.
bet3/4
Sana16.08.2023
Hajmi250.63 Kb.
#1667574
1   2   3   4
Bog'liq
Sinov 13-avgust

Tanqidiy fikrlash 15 ta
1. 1973-1986 yillarda O'zbekistonda iqtisodiy o'sish 33% dan ko'proq bo'ldi. Ushbu yillarda energiya iste'moli umuman o'smadi. Zamonaviy uslublar yordamida 1973-yildan buyon kuniga 13 million tonna energiya tejab qolinadi.
Yuqoridagi gaplardan qanday xulosa chiqgarish mumkin?
A. Energiyaning yangı manbaa yoki resurslarini topish yangi energiyani tejovchi yechimlar yaratgandan osonroq
B. Agarda energiya iste'moli umuman oshmasa, energiya importini kamaytirib bo'lmaydi
C. Mamlakat uchun qo'shimcha energiya iste'molisiz rivojlanishning imkoni mavjud
D. An'anaviy bo'lmagan energiya manbaalarining qurilishi O'zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishiga sabab bo'ladi
2. Oybekning sinfidagi o'quvchilar sinfxonani bo'yashga qaror qilishdi. Ular qaysi rangga bo'yashni ovozga qo'yishdi. Ovoz berish uchun qizil, sariq va yashil ranglar bor edi. Har bir o'quvchi ikkita rangga ovoz berdi, lekin bir o'quvchi ikkita bir xil rangga ovoz bera olmaydi. Hamma bir xil ovoz bersagina, sinfxona ushbu rangga bo'yaladigan bo'ldi. Aks holda, sinfxona bo'yalmaydi. Har bir rang bir ovoz o'rniga o'tadi.
Quyidagi ma'lumotlardan bittasi bizga ovoz berishning natijasini aniqlashga yordam bera oladi.
Bu qaysi ma'lumot?
A) Hech bir o'quvchi qizil va yashil rangga ovoz bermadi.
B) Hamma o'quvchi yo yashilga, yo sariqqa yoki ikkalasiga ovoz berdi.
C) Qizil eng mashhur rang bo'ldi. D) Faqat ikkita o'quvchi yashilga ovoz berdi.
3. ,,Chopar" musobaqasining g'olibi har doim kamida ikki yildan beri poyga musobaqalarida qatnashib yurgan ot bo'ladi.
Yuqoridagi gap to'gri bo'lsa, quyidagilardan qaysi biri doimo to'gri bo'ladi?
A) Agar biron ot ikki yoki undan ortiq yil davomida poyga musobaqalarida qatnashsa, u albatta ,,Chopar" musobaqasida g'olib chiqadi.
B) ,,Chopar" musobaqasida mamlakatdagi boshqa ot poygalariga qaraganda raqobat ancha yuqori.
C) Agar ot kamida ikki yil davomida poygalarda ishtirok etmasa, u ,,Chopar" musobaqasida g'olib bo'la olmaydi.
D) Ot kamida ikki yildan beri poygalarda qatnashmagan bo'lsa ham, tasodifan ,,Chopar" musobaqasini yutib olishi mumkin.
4. Imtihondan o'tish uchun qattiq o'qish shart.
Yuqoridagi fikrdan qanday xulosa chiqarish mumkin?
A) Barcha qattiq o'qigan o'quvchilar imtihondan o'tadi. B) Qattiq o'qimasdan turib imtihondan o'ta olmaysiz.
C)Imtihon qattiq o'qish bilan bog'liq.
D) Imtihon ko'pincha asabilashishga sabab bo'ladi va qattiq o'qiganlar imtihondan o'ta oladi.
5. Yaxshi o'qituvchi bo'lish uchun sabr, mahorat va tajriba talab qilinadi. Tajribadan boshqa sabr va mahorat ko'pchilikda kuzatilishi mumkin, lekin ko'pchilik o'qituvchilar faqatgina mahoratning o'zi yetarli emas deb kasbini erta tashlab ketishadi.
Yuqoridagi gaplardan qanday mantiqiy xulosa chiqarish mumkin?
A) Yaxshi o'qituvchilar bir necha ijobiy fazilatlarga ega bo'lishi lozim. B) O'qitishdagi eng muhim narsa -tajriba.
C) Yaxshi o'qituvchilarni topish hozirgi zamonda qiyinlashib bormoqda.
D) Yaxshi o'qituvchi bo'lish uchun eng yaxshi kalit sabrdir.
6. Agarda yomg'ir yog'ayotgan bo'lsa, demak, hozir yomg'ir mavsumi bo'lishi kerak.
Yuqoridagi mulohaza to'gri bo'lishi uchun quyidagi qaysi fikr ham to'gri bo'lishi kerak.
A) Yomg'irlar mavsumida tez-tez yomg'ir yog'adi. B) Yomg'irlar mavsumi fermerlar uchun juda yaxshi.
C) Yomg'ir faqatgina yomg'irlar mavsumida yog'adi. D) Yomg'ir faqatgina yomg'irlar mavsumida yog'maydi.
7. O'zbekistondagi ishsizlik darajasi Tojikistondagi ishsizlik darajasidan pastroq. Ikkala mamlakatda yashovchi aholining soni va yosh jihatidan taqsimlanishi ham bir xil.
Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqqan holda quyidagi qaysi fikr har doim to'gri bo'lishini aniqlang.
A) Tojikistonda ishsiz odamlar soni O'zbekistondagidan ko'proq.
B) O'zbekistonda Tojikistondagiga qaraganda ko'proq ishsiz odamlar bor.
C) O'zbekiston va Tojikiston ishlovchi aholining soni bir xil.
D) O'zbekistonda ish bilan ta'minlangan aholining foizi Tojikistondagi bilan bir xil.
8. Ko'p vaqtni televizor ko'rib o'tkazish ko'rish qobilyatiga ta'sir qiladi
Quyidagi xulosalardan qaysi biri rost bo'lishi mumkin?
A. Televizor ko'p ko'rish kuchni befoyda sarflash bilan birgalikda kuchli charchashadi ham
B. Noqulay holatda televizor ko'rish ko'rish qobilyatini pasaytiradi
C. Ko'rishda muammosi bor odamlar ko'p televizor tomosha qilmasliklari kerak
D. Xozirda odamlar orasida ko'rishdagi muammolarning 60% i ko'p tv ko'rish natijasida yuzaga kelmoqda
9. Sinf yetakchilari ro’yxatida Samirdan 5 pog'ona pastda bo`lgan Nihol ro'yxat bo'yicha oxiridan 10-o'rinda turibdi. Ro'yxatda Samirdan 6 pog'ona tepada bo'lgan Suroy yuqoridan 20-o’rinda turibdi. Agar sinfda 40 o'quvchi bo'lsa Samirning o'rinini toping?
A. 26 B. 24 C. 25 D. 27
10. Shaxboz aytmoqda: men qorbobo borligiga ishonmayman. Sababi har yili yangi yil kuni biznikiga keladigan qorbobo qalbaki ekanligini bilib qolganman. Quyidagilarda qaysi biri Shaxbozning gapini eng ko'p kuchsizlantiradi?
A. Qorbobolarning hammasi ham qalbaki emas
B. Shaxboz ko'rgan qorbobolar qalbaki bo'lgani hamma qorobobolar qalbaki ekanligini anglatmaydi
C. Haqiqiy Qorbobolar bolalalami aldamaydilar
D. Har yili Toshkent ko'chalarida qalbaki qorbobolar ko'payib ketadi
11. Ba’zi tashkilot rahbarlari Qorayev kabi poraxo’rdir!
Ushbu gapning to’g’ri xulosasi berilgan javobni toping?
A. Qorayev poraxo’r emas B. Raxbarlar poraxo’r emaslar
C. Qorayev hech qachon poraga qo’l urmagan D. Ba’zi rahbarlar poraxo’rdirlar
12. Sinfdagi bolalarning vaznini o'lchashganda, Avaz Gulruxdan og‘irroq, Sadoqat esa
Mirjaloldan yengilroqligi kelib chiqdi. Gulrux va Mirjalolning vaznlari taqqoslanganda
tarozida bir xil raqamlar paydo bo'ldi. Ammo Nodir do 'sti Mirjaloldan og’irroqligi aniqlandi. Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslanib, quyidagilarning qaysi biri to'g’ri bo'lishi mumkin?
A. Sadoqat Avazdan o'g'irroq B. Gulruh Nodirdan yengilroq
C. Avaz 5 ta bola ichida eng og’iri D. Nodir Sadoqatdan yengilroq
13. Rivojlangan chet davlatlarida uzoq muddatga yashash haqida qonuniy hujjat(viza) olmoqchi bo’lsangiz siz u davlatga kerakli shaxs bo’lishingiz kerak. Kerakli shaxslar ro’yxatiga talabalar, ishchilar yoki biznesmenlar kiradi. Bunday odam bo’lishi uchun esa tinmay o’z ustida ishlash kerak.
Yuqoridagi ma’lumotlar asoslanib, quyidagilardan qaysi biri to’g’ri bo’lishi mumkin?
A. Eldor chet elda uzoq muddat yashash huquqini oldi demak u o’sha yerda ishlaydi.
B. Begzod o’z ustida tinmay ishlayabdi, demak ubir kuni chet elga ketadi.
C. Javohir mashxur universitetga imtiyoz asosida o’qishga kirdi, demak u o’sha yerning vizasini olishi mumkin.
D. Dilshod xorijiy davlat vizasining boshqa yo’llari borligini aytdi.
14. Agar tadbir tashkilotchilari yangi karantin qoidalariga rioya qilmasa, unda odamlarning kasal bo 'Imasligini kafolatlash imkonsiz bo'lishi mumkin. Buning ehtimoliy natijasi og’ir jarima bo'lib, tadbirga ajratilgan pulni keskin kamaytiradi va bundan ham yomoni ishtirokchilar kasallik yuqtirib olishi mumkin. Yoki tashkilotchilar karantin talablariga Javob berishi kerak yoki tadbirning kelajagi tahdid ostida bo'lishi mumkin
Quyidagilardan qaysi biri ushbu matnning xulosasini eng yaxshi ifodalaydi?
A. Tadbirda umuman karantin qoidalariga rioya qilinmadi.
B. Agar karantin qoidalariga rioya qilinmasa, tadbir to’xtatilishi mumkin.
C. Xavfsizlikni yaxshilamaslik katta miqdorda jarimaga olib kelishi mumkin.
D. Agar qoidalarga rioya qilinsa, unda tadbir keyingı yil yana bo'lib o'tadi
15. Korzinka supermarketlarning yangi sxemasi haftasiga ko'ra 400 000 so'mdan ortiq pulni xarid qilish uchun sarflaydigan xaridorlarga pulni to'lash chegirmalarini taqdim etadi. Sizning haaftalik haridingiz faqat 150 000 so’m teng bo'lganligi sababli, siz chegirma olmaysiz.
Quyidagilardan qaysi biri yuqoridagi dalilda ishlatilgan fikrga eng yaqin parallel?
A. Do'stlarini sport zaliga olib kelgan sport zali a'zolariga chegirma beriladi. Siz qo'shilgan ikkita do'stni olib keldingiz, shuning uchun siz chegirmaga ega bo'lasiz.
B. Shirinlik asosiy ovqatini tugatganlarning barchasiga beriladi. Siz o'zingizning asosiy taomingizni iste'mol qilmadingiz, shunda sizga shirinlik berilmaydi.
C. Grand daromadi 10 000 funtdan past bo’lganlarga beriladi. Sizning daromadingiz 9000 funt, shuning uchun Siz grand olasiz
D. Faqatgina, 18-30 yoshgacha bo’lgan har qanday kishi kutubxonaga yarim narxda kirish huquqiga ega. Siz 40 yoshdasiz, shuning uchun sizga chegirmalar yo'q.

Download 250.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling