Sardorbekov Azizbek Orqa miya tuzilishi va funktsiyasi
Download 0.63 Mb.
|
Orqa miya tuzilishi va funktsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orqa miya pardalari
Homila hayotining boshlang‘ich davrlarida nerv nayi tananing bor bo‘yiga cho‘zilgan, keyinchalik uning kaudal qismi reduktsiyaga uchraganidan so‘ng bo‘lajak orqa miyani pastki qismi asta-sekin torayadi va oxirgi ipni hosil qiladi. Homila taraqqiyotining boshlang‘ich davrida orqa miya umurtqa kanalining bor bo‘yiga joylashgan bo‘ladi. Uchinchi oydan boshlab orqa miyaning o‘sishi umurtqa kanalidan orqada qola boshlaydi. 4 oylik homilada orqa miya I dumg‘aza yoki V bel umurtqasi sohasida bo‘lsa, 7 oylikda III-IV bel umurtqasiga yetadi. Yangi tug‘ilgan bolada II- yoki III- bel umurtqasi pastki qirrasida bo‘lsa, bir yoshda I-II bel umurtqalari sohasiga yetadi va keyinchalik bu chegara o‘zgarmaydi. Umurtqa pog‘onasi va orqa miyaning uzunligi bir-biriga mos kelmasligi natijasida nervlar yo‘nalishi o‘zgaradi va bel, dumg‘aza nervlaridan otning dumi hosil bo‘ladi. Bo‘yin va bel kengaymalari bola hayotining birinchi yilida ancha tez takomillashadi.YANGI TUG‘ILGAN BOLADA orqa miyaning uzunligi 14-16 sm bo‘lib, 10 yoshda ikki barobar uzayadi. U eniga sekin o‘sib, 12 yoshda 2 marta kattalashadi va keyingi davrlarda o‘zgarmaydi. Yangi tug‘ilgan bola orqa miyasi og‘irligi 5,5 g bo‘lib, bir yoshda 10 g, 7 yoshda 19 g va 20 yoshda 30 g bo‘ladi. Orqa miyaning markaziy kanali kattalarga nisbatan kengroq. Bola hayotining birinchi ikki yilida kulrang va oq moddalar massasi ko‘payishi bilan birga markaziy kanal torayadi.YANGI TUG‘ILGAN BOLADA orqa miyaning uzunligi 14-16 sm bo‘lib, 10 yoshda ikki barobar uzayadi. U eniga sekin o‘sib, 12 yoshda 2 marta kattalashadi va keyingi davrlarda o‘zgarmaydi. Yangi tug‘ilgan bola orqa miyasi og‘irligi 5,5 g bo‘lib, bir yoshda 10 g, 7 yoshda 19 g va 20 yoshda 30 g bo‘ladi. Orqa miyaning markaziy kanali kattalarga nisbatan kengroq. Bola hayotining birinchi ikki yilida kulrang va oq moddalar massasi ko‘payishi bilan birga markaziy kanal torayadi.Orqa miya pardalariOrqa miya pardalariOrqa miya mezenximadan hosil bo‘lgan uch qavat: tashqi qattiq, o‘rta to r va ichki yumshoq pardalar bilan o‘ralgan.Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling