Sarf o’lchash vositalari Modda sarfi


Gidrostatik muvozanatlashuvi bo‘lgan o‘lchashlar suyuqlik vositalari


Download 0.64 Mb.
bet7/9
Sana24.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1055765
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
NAYIMOV MA\'MURJON MUSTAQIL ISHI SOHA

Gidrostatik muvozanatlashuvi bo‘lgan o‘lchashlar suyuqlik vositalari
O‘lchash prinsipi
Gidrostatik muvozanatlashuvi bo‘lgan suyuqlik asboblarida o‘lchanayotgan bosim o‘lchovi qilib ishchi suyuqlik ustunining balandligi olinadi. Zatvorli yoki manometrik deb ataluvchi ishchi suyuqlik sifatida distillangan suv, etil spirti, simob, transformator moyi ishlatiladi. Ishchi suyuqlik turini tanlash o‘lchanayotgan bosim diapazoni, ishlatish shartlari va o‘lchashlarning talab qilinadigan aniqligi bilan belgilanadi. Gidrostatik muvozanatlashuvi bo‘lgan bosimni o‘lchash suyuqlik vositasi misoli sifatida qalqovichli difmanometrni (shuningdek qo‘ng‘iroqli difmanometrlar ham mavjud) olish mumkin. Qalqovichli difmanometrning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan bosim farqini difmanometrni to‘ldirib turuvchi ishchi suyuqlik ustuni bilan yaratiladigan, gidrostatik bosim bilan muvozanatlashtirishda asoslangan.
Prinsipial sxema
Qalqovichli difmanometr (3.4-rasm) ikkita tutashgan (bog‘langan) idishdan iborat. Keng idishning 1 kesim maydoni F tor idish 7 kesim maydonidan f ancha katta. Tutashgan idishlarning ichki qismi nol belgisigacha ishchi suyuqlik (simob, transformator moyi) bilan to‘ldirilgan.
Ushbu asboblardagi o‘lchanayotgan bosimlar farqi qiymati keng idishning ichkarisida joylashgan qalqovich 2 bilan ko‘rsatkichi 3 bog‘langan uskunaga qarab belgilanadi. Asbob o‘lchash ob’yektiga ulanganda ko‘prog‘i bosim 1- idishga, kamrog‘i 7-idishga beriladi. Bosim 5 va 6-ventillar orqali uzatiladi. 4-ventil bosim bir tomonlama uzatilganda ishchi suyuqlik to‘kilishini oldini olish uchun xizmat qiladi. Shu maqsadda asbobni ob’yektga ulashdan oldin 4-ventil ochiladi, bosim birdek bo‘lganidan keyin ikkala idishda yopiladi. Asbobni ob’yektdan o‘chirganda oldin 4-ventil ochiladi, keyin esa 5 va 6-ventillar yopiladi.
O‘lchash jarayonida keng idishdagi suyuqlik pastga harakatlanadi, u bilan birga mexanik uzatma orqali hisoblash mexanizmining ko‘rsatkichini 3 harakatlantiradigan, qalqovich 2 ham harakatlanadi. Qalqovich harakatlanishi o‘lchanayotgan bosimlar farqi R1- R2 balandligi h1+h2 bo‘lgan suyuqlik ustuni bosimini muvozanatlashtirmaguncha sodir bo‘ladi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling