*"Sariq devni minib"
uzviy davomi sanalganligi uchun
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Savol- javoblar aralash
- Bu sahifa navigatsiya:
- * 1, 2, 4, 6, 7
- .* 2 tasi
- * kesim ergash gapli qo„shma gap, beshta
uzviy davomi sanalganligi uchun
267. Faqat ochiq bo„g„inlardan iborat bo„lgan so„zni aniqlang.* monografiya 268. Faqat sintaktik shakl yasovchi qo„shimchalar ishtirok etgan maqolni toping. *O„g„li borning o„rni bor, Qizi borning qadri bor. 269. farovonligi uchun xizmat etish bilan baxtlimiz. Ushbu parchada ikkita munosabat shakliga ega bo„lgan so„zlar nechta?*6 ta 270. Fe‟l so„z turkumi doirasida uslubiy maqsadlarda ro„y beradigan holatlar izohlangan quyidagi fikrlarning nechtasi to„g„ri? 1. Aniq nisbat bilan birgalik nisbat shakllari ma‟nodosh bo„lishi mumkin. 2. Aniq nisbat ma‟nosida majhul nisbat shakllarini qo„llash mumkin. 3. II shaxs buyruq mayli ma‟nosida III shaxs buyruq mayli qo„shimchasini qo„llash mumkin. 4. I shaxs ma‟nosini ifodalash uchun II shaxs qo„shimchasini qo„llash mumkin. 5. O„tgan zamon ma‟nosini ifodalash uchun hozirgi zamon shaklini qo„llash mumkin. *beshtasi 271. Fe‟lning sifatdosh shakli aniqlovchi vazifasida kelmagan maqolni aniqlang. * Bilgan topib gapirar, bilmagan qopib. 272. Fonetik o„zgarish asosida yozilgan so„z qo„llangan maqolni aniqlang. *Qalovini topsang, qor yonar. 273. Furqat qalamiga mansub aruz vaznining qoidalari haqidagi asar to„g„ri ko„rsatilgan javobni aniqlang.*“Ilmi ash‟orning qoidai avzoni” 274. g undoshining k undoshidan farqlovchi belgisi qaysi javobda ko„rsatilgan? * jaranglilik 275. G„.G„ulom qaysi asari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo„lgan? *“Sharqdan kelayotirman” she‟riy to„plami uchun 276. G„afur G„ulom etagini silkitsa, kulgi to„kilardi. (2) U kirgan xonadonda bir hovli kulgi qolardi. (3) U har bir xonadonning ko„pdan kutgan aziz mehmoni edi. (4) Qayerga borsa, o„sha yerda atrofini yosh-u qari o„rab olardi. (5) Donolar davrasida dono edi. (6) Bedilni, Hofizni, Jomiyni qiziqib o„qirdi. (7) Ozarbayjon, tojik, turkman, uyg„ur, qozoq, tatar, qirg„iz tillarida bemalol gaplasha olardi.(8) U hozirjavob odam edi. (Said Ahmad) Berilgan matndagi qaysi gaplarda fonetik o„zgarish asosida yozilgan so„z(lar) ishtirok etgan?* 1, 2, 4, 6, 7 277. G„azal janri haqida berilgan barcha to„g„ri fikrlarni aniqlang. 1. 7 va 9 baytli g„azallar eng mukammal hajmli g„azallar hisoblanadi. 2. G„azalda taxallus qo„llash majburiy. 3. G„azalda bitta qofiya tizimiga amal qilinadi. 4. Bir g„azal boshdan-oxir bir vaznda bitiladi.* 1, 3, 4 278. G„azal janri haqida berilgan noto„g„ri fikr(lar)ni aniqlang. 1. 7 va 9 baytli g„azallar eng mukammal hajmli g„azallar hisoblanadi. 2. G„azalda taxallus qo„llash majburiy. 3. G„azalda bitta qofiya tizimiga amal qilinadi. 4. Bir g„azal boshdan-oxir bir vaznda bitiladi. * 2 279. G„unchalar ochildi-yu, ko„nglim ochilmaydur hanuz, Bulbuloso xotirim gul mayli qilmaydur hanuz. Munis qalamiga mansub ushbu baytda quyida berilgan she‟riy san‟atlardan nechtasi qo„llangan? tazod, tashbeh, tanosib, tarse‟, talmeh, ishtiqoq*3 tasi 280. Gap bo„laklari tartibi haqida berilgan quyidagi fikrlarning nechtasi to„g„ri emas? 1) ilmiy asarlar uslubi uchun gap bo„laklarining odatdagi tartibi mos; 2) badiiy uslub uchun gap bo„laklarining o„zgargan tartibi mos; 3) gapdan ko„zda tutilgan umumiy fikrga qo„shimcha ma‟no, uslubiy yuk berish uchun gap bo„laklari tartibi o„zgarishi mumkin; 4) gapda kesimning o„rni o„zgaymaydi.* 2 tasi 281. Go„zallik nima? Go„zallik biz uchun suyukli narsadir. Go„zal − go„zal emas, suygan go„zaldir. Nega suygan go„zal − hamma gap ana shunda. Berilgan gaplarda otlashgan so„z bilan ifodalangan egalar miqdori nechta?* 3 ta 282. Go„zallik shundan iboratki, u insonda mehr-muhabbat, shodlik, erkinlik va shunga o„xshash tuyg„ularni uyg„ota olish shart. Ushbu qo„shma gap turini toping va so„zga yangi ma‟no beruvchi nechta qo„shimcha qatnashgan?*kesim ergash gapli qo„shma gap, beshta Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling