19
635.
Qaysi so„zlarga ikkita so„z yasovchi morfema ketma-ket qo„shilganda ikki xil fonetik o„zgarishni kuzatish mumkin? 1) taroq, 2)
yig„i, 3) qiyin, 4) tarqa, 5) o„yin, 6) sariq
* 2, 3, 5
636.
Qaysi uslubda nutqiy vositalarni tejashga intilish bilan birga, nutqiy ortiqchalikka ham yo„l qo„yiladi?
*oddiy so„zlashuv
637.
Qaysi vazifadosh bog„lovchilar bog„langan qo„shma gap qismlarini bog„laydi?
*-u(yu), -da, balki, na ... na
638.
Qaysi xalq dostonida "Kaptarday bo„b yurgan qizlar" tasviri berilgan?
*"Ravshan"
639.
Qaysi yasama so„z tarkibidagi birinchi qo„shimcha shakl yasovchi qo„shimcha bilan, ikkinchi qo„shimcha
esa sifat yasovchi
qo„shimcha bilan omonim bo„la oladi?
* g„amginlik
640.
Qaytar bo„lsam quruq qo„l ovdan, Qora qozon qolsa qaynovdan, Ham ayrilib o„lja, ulovdan, Qarzga botar bo„lsam birovdan,
Taskin berib onam yig„laydir, Qolganlari yolg„on yig„laydir. (To„ra Sulaymon) Ushbu she‟riy parchada tarkibida yuqori tor unli tushishi
kuzatilgan yasama so„zlarning sintaktik vazifasini
aniqlang.* kesim
641.
Qaytar bo„lsam quruq qo„l ovdan, Qora qozon qolsa qaynovdan, Ham ayrilib o„lja, ulovdan, Qarzga botar bo„lsam birovdan,
Taskin berib onam yig„laydir, Qolganlari yolg„on yig„laydir. (To„ra Sulaymon) Ushbu she‟riy parchadagi fonetik o„zgarishlar haqidagi
to„g„ri hukmni belgilang.
*2 o„rinda tovush almashishi, 3 o„rinda tovush tushishi sodir bo„lgan
642.
Qaytar bo„lsam quruq qo„l ovdan, Qora qozon qolsa qaynovdan, Ham ayrilib o„lja, ulovdan, Qarzga botar bo„lsam birovdan,
Taskin berib onam yig„laydir, Qolganlari yolg„on yig„laydir. (To„ra Sulaymon) Ushbu she‟riy parchada fonetik o„zgarish
asosida
yozilgan so„zlar necha o„rinda qo„llangan?
* 5
643.
Qilibdur mahliqolarning yuzini Latofat mus‟hafig„a oya navro„z. Ushbu bayt muallifi va unda qo„llangan she‟riy san‟at turini
aniqlang
.* Ogahiy; tashbeh
644.
Qilichlarning tillarida qizil qon, Buloqlarning suvi yanglig„ toshdimi?
Yalang bola, yalang go„dak - ma‟sum jon Nayzalarning
boshlaridan oshdimi? degan misralar qaysi ijodkor qalamiga mansub? *
Cho„lpon
645.
Qilubdur mahliqolarning yuzini Latofat Mus‟hafig„a oya navro„z. Ogahiy qalamiga mansub ushbu baytda qanday she‟riy san‟atlar
qo„llangan?
* tashbeh, tashxis
646.
Qiynalib yurayotgan bola og„ir xo„rsinib kuzatib turganlarga birma-bir qarab chiqdi. Tarkibidagi undoshlari hosil bo„lish o„rniga
ko„ra bir umumiy guruhga mansub bo„lgan bo„lak(lar) qaysi gap bo„lagi vazifasini bajargan?
* 1 o„rinda aniqlovchi, 1 o„rinda hol
647.
Qiz hozirgina o„zi tanishgan qush bilan so„zlashmoqchi bo„ldi: − Turnajon, turnajon! Bu yerda nima qilib turibsan? Kechagi
turnalar ichida sen ham bormiding? Menga aytib ber-chi, qayerdan kelib qolding? Ushbu matnda ravishning qaysi ma‟no turi
qatnashmagan?
* holat, maqsad-sabab, daraja-miqdor
648.
Qiz hozirgina o„zi tanishgan qush bilan so„zlashmoqchi bo„ldi: − Turnajon, turnajon! Bu yerda nima qilib turibsan? Kechagi
turnalar bilan sen ham bormiding? Menga aytib ber-chi, qayerdan kelib qolding? Ushbu matnda ravishga oid nechta so„z qatnashgan?
*
2 ta
649.
Qizil poyandoz to„shalgan keng xonaga kirishgach, to„rga yotqizib qo„yilgan bemorga yaqin borishdi, bir ayol bemorning og„ziga
suv tomizib turardi. Ushbu gapda necha o„rinda ko„makchi fe‟l qo„llangan?
*2
650.
Qo„shib yozish qoidasiga muvofiq kelmaydigan javobni toping.
* birinchi qismi sifat, ikkinchi qismi atoqli ot bo„lgan geografik
Do'stlaringiz bilan baham: