Sarlavhaga oid ma’lumot, hujjat nomi


Sohaga oid optimallashtirish masalalarini MS Excel 2016 va amaliy dasturlar paketida yechish yoʽllari. MS Excel 2016da korrelyasiya - regressiya masalalarini yechish


Download 2.94 Mb.
bet24/56
Sana13.10.2023
Hajmi2.94 Mb.
#1701216
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56

3. Sohaga oid optimallashtirish masalalarini MS Excel 2016 va amaliy dasturlar paketida yechish yoʽllari. MS Excel 2016da korrelyasiya - regressiya masalalarini yechish


Ilmiy tadqiqotlarning asosiy masalalardan biri – belgilar o’rtasidagi oʽzaro aloqalar tahlilidir. Korrelyatsiyani o’rganish bitta tanlamadagi ikki ko’rsatkichlar orasida yoki ikkita tanlamalar orasida bog’liqlik borligini tekshirish va bunday aloqa mavjud bo’lsa, bu bo’g’lik to’g’ri yoki teskari ekanligini, ya’ni bir ko’rsatkichning o’sishi ikkinchisining o’sishiga olib kelishini (musbat korrelyatsiya) yoki kamayishiga olib kelishini (manfiy korrelyatsya) aniqlashdan iboratdir.
Qiymatlar aloqalar zichligining empirik o’lchovlari sifatida:
а) assotsiatsiya koeffetsiyenti yoki aloqaning tetraxorik ko’rsatkichi;
б) Pirson va Chuprov o’zaro qo’shma koeffitsiyenti;
в) Fexner koeffitsiyenti;
г) rang korrelyatsiya koeffitsiyenti va b.
Tadqiqotlarda Pirson chiziqli korrelyatsiya koeffitsiyenti qo’llaniladi.
Misol tariqasida Brave-Pirson korrelyatsiya koeffitsiyentini MS Excelda aniqlab ko’ramiz.
MS Excelda bajarilsa, natijalarni avtomatik olish mumkin:

Demak, iqtisodiy sistemalarning negizi bo’lgan ishlab chiqarish jarayonini tahlil etish, uning ishlab chiqarish faktorlari orasidagi bog’lanishni aniqlash, kelib chiqish sabablarini bilish, planlashtirishdagi muhim omillardan biridir. Bu kabi masalalarni hal etishda matematik statistikaning bir sohasi bo’lgan korrelyatsion va regression analiz metodidan foydalaniladi.

4. Dispersion tahlil usullari. Qishloq xoʽjaligi korxonasini axborotlashtirish. Qishloq xo’jaligida qoʽllaniladigan kompyuter dasturlarining tasnifi



Tadqiqot natilalarini kompyuterda qayta ishlash dasturlarini o’rganish fanning yangi zamonaviy vazifalaridan bo’lib, uning yuzaga kelishi sohada axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash zaruriyati mavjudligi va bunga imkon beruvchi kompyuter texnologiyalarning keng qo’llanila boshlanganligi bilan asoslanadi. Bu dasturlarning maqsadi:

  • Ijtimoiy fanlar sohasidagi mutaxassis faoliyatida zarur bo’lgan matematik apparatdan samarali foydalana olish mahoratini hosil qilish;

  • Mutaxassislik sohasi masalalarini matematik modellarini qura olish;

  • Yangi informatsion texnologiyalarga suyangan holda zamonaviy dasturiy tizimlardan samarali foydalanishga va o’z kasbida qo’llashga o’rganish.

Sohaviy masalalarni tez va to’g’ri yecha olishda zamonaviy kompyuter texnologiyalarni qo’llay olish va tahlil natijalarini mohiyatini to’la tushunib yetish hamda baholay olish albatta psixologik jarayonlarning matematik modellarini qurishga asoslanadi. Bunda bizga matematikaning muhim sohalaridan biri – matematik statistika elementlarini bilash muhim ahamiyatga ega.
Statistika – matematikaning asosiy tushunchalarini talab qiluvchi tafakkur usulidir. Ijtimoiy hayotda to’g’ri qaror qabul qilish uchun zarur xulosalarni chiqarish uchun doimo axborotlarni tanlash, klassifikatsiyalash va tartiblashga to’g’ri keladi.
Sohaviy ma’lumotlarni tahlil qilish uchun matematikaning uchta asosiy boʽlimidan foydalaniladi: tavsifiy statistika, induktiv statistika va korrelyatsion analiz.


  1. Download 2.94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling