Sarlavhaga oid ma’lumot, hujjat nomi


Klaviaturaning maxsus tugmachalari


Download 2.94 Mb.
bet12/56
Sana13.10.2023
Hajmi2.94 Mb.
#1701216
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56
Klaviaturaning maxsus tugmachalari
Klaviaturada alifbo, raqamli va tinish belgili tugmachalaridan tashqari boshqa maxsus tugmachalar ham mavjud:

  • [Enter] tugmachasi (ba’zi bir klaviaturalarda [Return] va [CR]) satr kiritilishini tugaganligini bildiradi.

  • [Del] tugmachasi, to‘liq "delete" so‘zidan olingan bo‘lib, olib tashlash ma’nosini bildiradi va kursor ko‘rsatayotgan belgini olib tashlash uchun ishlatiladi.

  • [Ins] tugmachasi ("insert" so‘zidan olingan bo‘lib, surish ma’nosini bildiradi) belgilarni kiritishda surish rejimidan almashtirish rejimiga o‘tishni ta’minlaydi.

  • [Backspase] (yoki [Enter] ustidagi chapga yo‘nalgan chiziq) tugmachasi kursordan chapdagi belgini o‘chiradi.

  • [], [], [], [], [Home], [End], [PgUp], [PgDn] tugmachalari kursorni boshqarish tugmachalari deyiladi. Qoidaga ko‘ra, bu tugmachalarning bosilishi kursorni mos yo‘nalishda (Home - satr boshiga, End - satr oxiriga) surilishiga va matnni "varaqlashga" (PgUp - orqaga, PgDn - oldinga) olib keladi.

  • [Num Lock] (raqamlar rejimi) tugmachasi bosilgan holda, klaviatura-ning o‘ng tomonida joylashgan 1 - 9,0 raqamlaridan foydalanish mumkin, aks holda [], [], [], [], [Home], [End], [PgUp], [PgDn], [Ins] va [Del] tugmachalari ishlaydi.

  • [Esc] tugmachasi komandani bekor qilish, programmadan chiqish uchun foydalaniladi.

  • [F1] - [F12] funksional tugmachalar turli maxsus amallarni bajarish uchun zarur. Ularning vazifasini bajarayotgan programma belgilaydi.

  • [Ctrl] va [Alt] maxsus tugmachalar vazifasini o‘zgartiradi. Bu tugmachalar boshqa tugmachalar bilan birgalikda programma ishiga ta’sir ko‘rsatadi.

  • [Print Screen] - tugmachasi ekrandagi tasvirni printerga chiqaradi.

  • [Break] - tugmachasi programma ishini to‘xtatish uchun ishlatiladi.

Digitayzer – ya’ni qog‘ozdagi ma’lumotlarni raqamlashtiruvchi qurilma.
Digitayzer quyidagilardan tashkil topgan bo‘ladi:

  • planshet, qog‘ozni joylashtirish uchun xizmat qiladi;

  • pero, planshetda nuqtaning joyini aniqlash uchun xizmat qiladi.

Planshet bo‘yicha pero yuritilganda kompyuter xotirasida nuqta koordinatalari o‘rin topadi.

Download 2.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling