«Sarob» romani bo‘yicha 2-shart


Download 37.85 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi37.85 Kb.
#1223544
Bog'liq
Cароб тезкор савол


«Sarob» romani bo‘yicha 2-shart
Ivariant.
1.Saidiyning oxirgi 11so‘m pulini ham avrab tortib olgan, ikkiyuzlamachi shoir kim?
Ulfat
2. Saidiy qachon “Olam yaxshi, hayot go‘zal. Natijasiz mehnat bo‘lmaydi” deb o‘ylaydi?
Saidiyning she’ri va hikoyasi navbatga qo‘yilgani haqida xat kelganda
3. Kalamush bilan ko‘mir konidagi halokat, hatto tish og‘rig‘i bilan ko‘z og‘rig‘i orasida ham munosabat –bog‘lanish borligiga ishonadigan obraz kim?
Salimxon
4. Yosh qalamkashlarning she’rini ko‘rib chiqmasdan ham ularga jurnalda “bosilmaydi” deb javob yuboruvchi journalist kim?
Yoqubjon
5. Majlisdan chiqqan tanqidchi Abbosxonni bir necha kishi o‘rab oldi va yaltoqlana boshladilar. Shu tobda Abbosxon kimga qiyoslanadi?
ko‘p mol bilan kelgan katta savdogarga
6. Munisxonga royalda kuy mashqini o‘rgatgan turk zobiti kim edi?
Is’hoq afandi

II variant


1.“O‘zingda yo‘q – olamda yo‘q” maqoli kim tomonidan qo‘llangan?
Ulfat
2.Saidiyga do‘stona munosabatda oziq-ovqat va puldan o‘zi so‘ramasa ham yordam bergan kim edi?
Shafrin
3. Asarda Adabiyot maydonining “bahodirlari” deya kimlarga ta’rif berilgan edi?
Ulfat, Abbosxon, Ilhom
4. “Bir yosh shoira o‘tmishdagi xoqonlarni sog‘inib she’r yozibdi… Nimasini sog‘inadi o‘sha hayotning? Kulgi.” Ushbu fikrlar kimga tegishli?
Kenja
5. Salimxon dastlab Munisxonga Saidiy haqida qanday fikr bildirardi?
Saidiyda zakovat belgilari bor, boshqa talabalardan ajralib turadi
6. Ulfat taxallusli shoirning asl ismi kim?
Jamol Karimiy

III variant


1. Saidiyning bolalikdagi do‘sti kim edi?
Tesha
2. Kenjaning yozgan ocherki qaysi qishloq ahvoli haqida edi?
Ganjiravon
3. Murodxo‘ja domla umr dovonining eng yuqori nuqtasi deb necha yoshni aytadi?
40
4. Asarda domla Murodxo‘ja o‘ylab topgan “samovar” so‘zining o‘zbekcha muqobilini toping?
o‘zi qaynar
5. Muxtorxon qayerda siyosiy idora tomonidan qo‘lga olindi?
Afg‘oniston chegarasida
6. Saidiyning kasbi nima edi?
Jurnalist va Yozuvchi
IV variant
1. Saidiyning uyidagi kitoblar nomini ham to‘g‘ri o‘qiy olmay uni hayratga solgan kim edi?
Ulfat
2.Saidiy Salimxonga Tolstoyning vafoti munosabati bilan yozilgan qaysi shoirning she’rini o‘qib beradi?
Abdulla To‘qay
3. Kenja bilan Saidiy o‘rtasida adovat nima sababdan paydo bo‘ldi?
Ilhom tomonidan yozish uchun rejasi berilgan hikoya sabab
4. Asarda Salimxonga qanday ta’rif beriladi?
madaniyatni sevadi, kishidagi zakovatni darhol ko‘radi, odam taniydi
5.”Siz Sharq adabiyotining otasi. Sizday odam bizga kerak” mazmunida boshqa bir respublikadan xat olib rad javobini bergan ziyoli obrazi kim edi?
Mahmudjon afandi
6. Saidiyning “Qalandar” hikoyasida nima tasvirlanadi?
o‘zbek qizining yomon turmushi
V variant

1. Saidiyning “Qalandar” hikoyasi naima sababdan ancha vaqtgacha jurnalda bosilib chiqmaydi?


xizmatchilarning ehtiyotsizligi tufayli materiallar ichida qolib ketgani sabab
2. “Bir ko‘rgan tanish, ikki ko‘rgan bilish” maqoli kim tomonidan qo‘llangan?
Salimxon
3. “Badiiy asarni yaxshi ko‘rgan kishing bilan biraga o‘qisang, yaxshiroq lazzat topasan” Ushbu jumlalarni Munisxon nima sababdan eslagan edi?
Qrim manzaralarini ko‘rib ta’sirlangani uchun
4. “Qalandar”dan so’ng jurnalda Saidiyning qaysi hikoyasi bosilib chiqdi?
Olamning yosh chog‘lari
5. Asarda qaysi qahramon 3 xususiyatli o‘rdakka qiyoslanadi?
Murodxo‘ja
6. Yashirin tashkilotning gap majlislari haftaning qaysi kunida o‘tkazilardi?
Payshanba

VI variant


1. Asarda mashinistkalarning ijtimoiy kelib chiqishini surishtirirb, ularni yig‘latib yuradigan fan kandidati kim edi?
Mirzakarim
2. Saidiy va Munisxon muhabbatiga ”Ikki go‘zaldan uchinchi go‘zal..” deb hazilomuz ta’rif bergan qahramon kim?
Mahmudjon
3. Saidiy nima sabab pochchasi Muhammadrajab bilan kelishmasdan uyidan chiqib ketgan edi?
Saidiyning o‘qishga kirish niyati
4. Asarda bir tergovchi “ziyolilarning eng qo‘rqog‘i” deb kimlarni ayblaydi?
yozuvchilar
5. Asarda domla Murodxo‘ja o‘ylab topgan “elektr” so‘zining o‘zbekcha muqobilini toping?
simchiroq
6. Fabrika qurilishi munosabati bilan Murodxo‘ja domlaning buziladigan hovlisi qayerda joylashgan edi?
Gala Attorlik

VII variant


1. Kenja Saidiyning dastlabki hikoyasiga qanday fikr bildiradi?
hikoyangiz yaxshi, ammo notamom, o‘zbek qizining yomon turmushini ustalik bilan ko‘rsatibgina kifoyalanmaslik kerak, turmushning botqoq yerlaridan chiqish yo‘llarini ham ko‘rsatish lozim
2. Qaysi voqeadan keyin Rahimjonning iliklari to‘lib, suyaklari po‘latga aylandi, yuziga qon yugurib tiniqlashdi, deb tasvirlanadi?
Birinchi hikoyasi jurnalda bosilib chiqqandan keyin
3. Asarda tilga olingan “Tegirmonchi shoir” kim edi?
Kenja
4. Saidiyning yoshligidagi muallimi kim edi?
Mahmudjon
5. “Ba’zi chiroyli qizlar juda ayyor bo‘ladi: hamma vaqt xunuk qizlarni yetaklab yuradi.” degan fikr kim tomonidan aytilgan?
Ehson
6. Pul deganda o‘t kechib bo‘lsa ham yuguradigan, sandalga tushib kuygan bir so‘m uchun xotinini urib kar qilgan kishi kim edi?
Yoqubjon
Download 37.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling