Sarvqomat dilbarim
Download 83.24 Kb.
|
Ziyadullayev Xurshid taqriz
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI MAVZU: "Sarvqomat dilbarim" asariga Taqriz Bajardi: Ziyadullayev Xurshid TOSHKENT 2023 ChingizAytmatov "Sarvqomat dilbarim" asariga Taqriz Sadoqatlar xiyonatlarga sotilgan, mehr sevgidan koʻra ustun kelgan, xatolar evaziga hayot berilgan betakor qissa! Asar kompozitsiyasi tugun orqali ochib boriladi. Asarni oʻqir ekansiz, savol tugʻiladi "Nega shofyor jurnalistni olib ketmadi?" Rus ayolining soʻzi esa sizni yanada qiziqtirib qoʻyadi " Bu voqeaning tarixi uzoq..." Oʻyga choʻmasiz, qanday voqea, qanday hodisa? Ichingizda bir savol bilan mutolaa qilasiz asarni. Yozuvchi shu orqali sizni oʻz asariga bogʻlab oladi. Qissada insonga xos eng muqaddas tuygʻular: ishonch, sadoqat, mehr- muhabbat haqida soʻz boribgina qolmay, oʻsha davr qirgʻiz xalqining milliy urf-odatlarining ham oʻziga xosliklari ochib beriladi. Ana shu urf-odatlarni hayotning muhim qoidalariga aylantirgan qirgʻiz xalqiga insonning anʼanalarga emas, anʼanalarning insonga xizmat qilishi kerak ekanligini aytadi yozuvchi, nazarimda... Asar obrazlari: oddiy odamlar. Hayot ularni oʻz sinovidan oʻtkazadi. Afsuski, Ilyos bu sinovlar qarshisida bir-necha bor ojizlik qiladi. Suyuklisiga xiyonat qilganidan soʻng ham yaxshilab surishtirmay yana "qochib qoldi" Qilgan xatolari evaziga taqdir unga achchiq tovon toʻlatdi: "qizil durrachali sarvqomat"idan ayirdi! Hayotning ketma-ket zarbalariga bardosh qilgan Boytemir esa qismatning ajoyib tuhfasiga : yana bir bor sevish baxti va farzand neʼmatiga ega boʻldi. Asal... Irodali, jasur, mard qiz! Har kim ham muhabbati uchun Asaldek harakat qilolmaydi! Biroq erining xiyonati bir paytlar ota-onasiga qilgan xiyonati uchun jazodek tuyildi, menga. Chunki har birimiz qilgan gunohlarimiz uchun bu dunyoning oʻzida tovon toʻlaymiz-ku! Shusiz baxt toʻkis boʻlmaydi, axir. Qissaning yana bir yaxshi tomoni "umidbaxsh sadolar" bilan yakunlanganligidadir. Ilyosning kelajakka ishonchi, hayotga muhabbati soʻngani yoʻq! U ham baxtini topadi. Asar faqatgina benazir muhabbat haqidagina emas, muammolar qarshisida sobit turolish, eng qiyin vaziyatlarda ham oʻz-oʻziga sodiq qolish, oʻz-oʻziga xiyonat qilmaslikni targʻib etuvchi sara asarlardan biri nazarimda. Chingiz Aytmatov asarlarida umuminsoniy tuygʻular eng avvalgi oʻringa qoʻyiladi. ( misol uchun"Jamila" qissasi) Aynan shuning uchun ham adibning asarlari jahon adabiyotining eng nodir namunalari qatoridan joy olgan boʻlsa ajab emas. Download 83.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling