Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti
Download 2.73 Mb.
|
1 2
Bog'liqSaudiya Arabistoni
NEGA FUTBOL?Saudiya Arabistoni aholisining qiziqishi asosan 2 xil. Biri mashina haydash bo`lsa, ikkinchisi futbol. Shu sababli qirol o`z davlati futbolini rivojlantirish va shu bilan birga o`z jamoasini butun dunyo tanishi uchun Cristiano Ronaldoni jamoaga sotib oladi.O`zbekiston va Saudiya Arabistoni 1992-yil fevralda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Saud al-Faysal bin Abdulaziz Ol Saudning Oʻzbekistonga, oʻsha yil aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Saudiya Arabistoni ga tashrifidan soʻng 1992-yil noyabrda Jidda sh.da Oʻzbekiston Respublikasi konsulxonasi, may oyida Ar Riyodda elchixonasi, 1997-yil 27-martda Toshkentda Saudiya Arabistoni elchixonasi ochildi. 1995-yil noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining Saudiya Arabistoniga qilgan tashrifi davomida Oʻzbekiston bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasida savdo, iqtisod, investitsiyalar, texnika, madaniyat, sport va yoshlar ishlari sohalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitim imzolandi. 1996-yil aprelda Ar Riyodda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida", 1998-yil martda "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarlari arab tilidagi nashrining rasmiy taqdimoti oʻtkazildi. 1996-yilda Saudiya Arabistonining "Delta oyl" shirkati bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi. Jumladan, Oʻzbekiston hukumati AQSH — Saudiya Arabistonining "Yunikol" va "Delta oyl" shirkatlari konsorsiumi bilan neft va gaz quvurlari loyihalari toʻgʻrisida bitim, "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi esa Oʻzbekistonda neft razvedkasi hamda uni qazib chiqarish haqida anglashuv bayonnomasini imzoladi. 1996-yil yanvarda "Oʻzbekturizm" kompaniyasi "Al Marva" shirkati bilan turizm va aviachiptalarni sotish toʻgʻrisida bitim imzoladi. 2002-yilda Oʻzbekiston — Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi tovar aylanmasi 3,9 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekistonning Saudiya Arabistoni ga eksporti, asosan, savdo va unga aloqador xizmatlardan iborat. Ayni paytda, Saudiya Arabistonidan shirinliklar, don, gilam va polni qoplaydigan mahsulotlar, oʻsimlik va mol yogʻi, mebel va choyshablar, spirtsiz ichimliklar, optika jihozlari, poyabzal, boʻyoqlar, oʻyinchoq va sport anjomlari olinadi. Oʻzbekistonda Saudiya Arabistoni ishtirokidagi 14 ta korxona roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 10 tasi qoʻshma korxona, 4 tasi 100% Saudiya Arabistoni sarmoyasidagi korxonalardir. Ikki davlat oʻrtasida taʼlim va din sohalarida ham hamkorlik rivojlangan. 1997 yil Saudiya Arabistoni oliy taʼlim vaziri Xalid al Anqariy Oʻzbekistonga Saudiya Arabistonining bir necha universitetlari rektorlaridan iborat delegatsiya bilan tashrif buyurdi. 2022-yil 17-avgust O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud keng qamrovli sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Hukumatlar va vazirliklar o‘rtasida 15 ta hujjat qabul qilindi. Ikki davlat ishbilarmonlari esa $14 mlrddan ortiq kelishuvga erishdi. O‘zbekiston prezidenti Saudiya Arabistoniga ilk davlat tashrifi buning uchun keng imkoniyatlar ochishiga ishonch bildirdi. Oliy darajadagi muzokaralar qarashlar va intilishlarning mushtarakligini namoyon etdi. Saudiyada «Nigoh — 2030» Davlat dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani yuksak baholandi. Mamlakatda jamiyat hayotining barcha sohalarini transformatsiya qilishga qaratilgan Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining maqsad va vazifalari ushbu dasturga hamohangdir. Davlatlarda raqamli va «yashil» iqtisodiyot tamoyillarini joriy qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Ishbilarmonlarning aloqalari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, tarkibini diversifikatsiya qilish zarurligi qayd etildi. Mamlakatda Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etilishi bu borada muhim qadamlardan biri bo‘ladi. Prezident Saudiyaning yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistondagi tijorat banklari, yirik sanoat va infratuzilma obyektlarini xususiylashtirish jarayonida faol ishtirok etishga chaqirdi. Energetika va neft-kimyo sohalaridagi sheriklikni kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi. Bugungi kunda kunda «ACWA Power» kompaniyasi bilan jami 2 milliard 600 million dollarlik yirik energetika loyihalari boshlangan. Kimyo tarmog‘ida «SABIC» kompaniyasi bilan sheriklik istiqbollidir. Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida mamlakatimiz hududlarida transport, suv ta’minoti, elektr tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuvda madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, bugungi kunda mamlakatda 10 mingdan ziyod talaba BMTning rasmiy tili hisoblangan arab tilini o‘rganmoqda. Xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Muzokaralarda O‘zbekiston va Saudiya Arabistonining qator jihatlar yuzasidan qarashlari va yondashuvlari o‘xshashligi namoyon bo‘ldi. Davlatlar xalqaro doirada bir-birini doim qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. O‘zbekiston Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodning «Expo — 2030» Butunjahon ko‘rgazmasini o‘tkazish uchun nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqda, deyiladi xabarda. Xavfsizlik sohasida muloqotni yo‘lga qo‘yish, Afg‘onistonda tinchlikni mustahkamlash va iqtisodiyotni tiklashga ko‘maklashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish yuzasidan yakdil fikr bildirildi. O‘zbekiston prezidenti Saudiya Arabistonining Shanxay hamkorlik tashkilotida Muloqot bo‘yicha sherik maqomini olayotganini olqishladi. Muzokaralar natijalari bo‘yicha imzolangan hujjatlar almashildi. 2023-yil 28-sentabr Joriy yilning 28-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra vaziri Tavfiq ibn Favzan ar-Robiya bilan uchrashdi. Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning asosiy jihatlari hamda uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining Haj va Umra ziyoratlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani, jumladan, siyosiy, iqtisodiy va turizm sohalarida munosabatlar faollashganini yuqori baholadilar. O‘zbekiston Prezidentining joriy yilning avgust oyida Saudiya Arabistoniga o‘tgan 30 yil davomida birinchi tarixiy tashrifi Podshohlik bilan har tomonlama va uzoq muddatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro munosabatlarni mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarish uchun turtki bo‘lgani taʼkidlandi. Xususan, tashrif davomida Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan umumiy qiymati 15 milliard dollarlik shartnomalar imzolanib, energetika, kimyo, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, qurilish, farmatsevtika, infratuzilmaviy qurilish va boshqa sohalarda 14 ta qo‘shma loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi savdo aloqalarini yanada rivojlantirish, yaʼni yetkazib beriladigan tovarlar turlarini kengaytirish, transport-logistika aloqalarini kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdilar. O‘zbekistonliklarning Haj va Umra ziyoratlarini tashkil etish masalalari alohida muhokama qilindi. Tomonlar 2018 yil oktyabr oyidan Umra kvotalari bekor qilinganini olqishladi, bu esa avvallari bunday imkoniyatni uzoq vaqt kutishga majbur bo‘lgan aholining niyatlarini amalga oshirish uchun sharoit yaratdi. O‘zbekistonlik ziyoratchilarning chegara va bojxona nazoratidan o‘tishi, biometrik maʼlumotlarni elektron ro‘yxatga olish shartlarini optimallashtirish jarayonini faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Yangi O`zbekiston 1.O`zbeksitonda ham institutlarni teskin yoki faqat grand qilib qo`yish kerak deb o`ylayman. Shunda o`qishga kirgan talabalar bor e’tiborini o`qishga qaratadi ish qidirishga emas. 2.Saudiya Arabistonidagi neft zaxirasi O`zbekistondagi oltin zaxirasi kabidir. Shu sababli O`zbekiston ham iqtisodiyotida oltindan foydalanishni kamaytirib sayohat uchun joylar barpo etishi kerak deb o`ylayman. Buning uchun bizda joylar talaygina. 3.Saudiya Arabistoni Makka va Madina shaharlarida turistlar uchun qulayliklar yaratib ularning sonini oshirmoqchilar. Biz ham Buxorodagi 7 pirga o`xshash qadamjolarimizdagi sharoitlarni yaxshilab, ko`proq ziyoratchilarni jalb qilishimiz kerak deb o`ylayman. 4.O`zbekiston ham so`mning qadrini riyol kabi ushlashi kerak. Misol uchun ikkala valyutaning ham dollar bilan taqqoslanishining grafigiga qaraylik. 5.Qurilish qilish uchun bizning yurtda ham cho`llar talaygina. Vision 2030 kabi loyihalar qiladigan bo`lsak bizning iqtisodiyotimiz ham ancha yuksaladi deb o`ylayman. E’tiboringiz uchun rahmat Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling