Savdo korxonalarining logistika xizmati


Savdo sohasida logistikaning rivojlanish shart-sharoitlari va muammolari


Download 30.31 Kb.
bet2/6
Sana07.02.2023
Hajmi30.31 Kb.
#1172444
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Savdo korxonalarining logistika xizmati

Savdo sohasida logistikaning rivojlanish shart-sharoitlari va muammolari

Moddiy vositalar oqimini boshqarishning logistik usulini joriy etish, odatda, jiddiy muammolar bilan bog‘langan bo‘lib, jahon tajribalarining ko‘rsatishicha, amalga oshirsa bo‘ladigan ishdir.
Logistika – bu savdo sohasining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi bo‘lib, odatda shunday paytlarda foydalana boshlaydiki, bunda rivojlanish imkoniyatlarining ekstensiv usullari qo‘l kelmay qolganida foydalaniladi. Masalan, Fransiyada logistika sohasidagi keskin burilish hukumat tomonidan yirik yangi do‘konlarni qurish imkoniyatlarini cheklash chorasi ko‘rilgandan so‘ng sodir etildi.
Logistika sohasiga bo‘lgan qiziqish ko‘pincha savdo xizmati bozoridagi raqobatning rivojlanishi darajasi bilan belgilanadi.
Hozirgi davrda tovar turlarining ko‘payib borishi sharoitida tovarlar bilan bo‘ladigan zamonaviy texnologik ishlarsiz, yuklarsiz axborotlarsiz samarali boshqarish mumkin emas.
Qattiq, uzluksiz ravishdagi nazorat tizimini joriy etish talab qilinadi, shuningdek bozorlarda tez aynib qoladagan, hamda alohida saqlash shart- sharoitlarini talab etadigan mahsulotlarning paydo bo‘lishi zahiralarni boshqarishni taqazo etadi.
Logistika – bu yuqori darajadagi aniq mexanizm bo‘lib, yomon tashkil etilgan kishi shaxsiyati bilan birgalikda nizolarga kiradi. Shu boisdan masalan AQSH logistika sohasidagi kishilarning kattagina qismini sobiq harbiylar tashkil etadi, ular uchun shaxsiy tashkillanish – kasb mahoratiga oid sifatdir. Yaponiya korxonalarida logistika sohasidagi hayratlanarli muvaffaqiyatlarga ega bo‘lishlik o‘zlarining tarkiblarida ijrochilar, vijdonan ishiga yondoshuvchilar va intizomli hodimlarning bo‘lishliklari bejiz emasdir. Logistika umumiy tizimga ko‘p narsalarni beradi, biroq u ayrim ishtirokchining erkin harakatini cheklaydi. Bu sohadagi ma’lum darajadagi kelishuvlarga kelishni o‘rganish lozim bo‘ladi.
Logistikaning keng ravishda tarqalishini faqatgina unga bo‘lgan talabning o‘sishi bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Iqtisodda ushbu talablarni qondirish mumkin bo‘lgan sharoitlar yuzaga kelishi lozim. Bunday sharoitlar zamonaviy ilmiy-texnika taraqqiyoti tomonidan ta’minlanadi.
Natijada ilmiy-texnika taraqqiyoti tomonidan moddiy vositalar va axborot oqimlari bilan ishlash uchun har xil turdagi mehnat vositalari keng ko‘lamda yaratiladi va qo‘llanila boshlaydi. Logistika jarayonlarining aniq sharoitlardan foydalanish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda logistikaning rivojlanishdagi muhim ahamiyatlaridan biri bo‘lib, logistik jarayonlarni boshqarishni kompyuterlashtirish muhim ahamiyatga egadir.
Savdodagi logistik rivojlanish muammolari quyidagilardan iborat:
tovar harakatlari ishtirokchilari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan logistik aloqalarning bo‘lmasligi va birinchi navbatda, ulgurji va chakana savdo korxonalari o‘rtasidagi aloqalarning puxta bo‘lmasligidir;
ulgurji va chakana savdo, transport korxonalarining past texnika darajalarining mavjudligidir;
axborot texnologiyalarining rivojlanganligi. Axborotlarni to‘plash, saqlash, ma’lum tartibda ishlash va tovar harakati ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashishni ta’minlashda axborot tizimining yo‘qligidir.
logistik vositachilikning yaxshi rivojlanmaganligi, ayrim o‘ziga xos bo‘lmagan ishlarning mustaqil ravishda ulgurji va chakana savdo korxonalari tomonidan bajarilish amallari (masalan yuklarni transportda tashish);
mamlakat tovar bozorida zamonaviy raqobatbardoshlikning yaxshi rivojlanmaganligi, savdo ustamalarining yuksak darajasi, ohir oqibatda, logistikani qo‘llash sohasidagi tovar harakati ishtirokchilari tomonidan bo‘ladigan qiziqishning bo‘lmasligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish harajatlarini kamaytirishga ta’minlovchi omillarning bo‘lmasligidir;
idishlarni aylanishini tashkillashtirish bilan bog‘liq muammolar;
bozor sharoitidagi moddiy vositalarni uzluksiz bevosita o‘tkazishni shakllantirishdagi puxta ishlab chiqilgan usullarning bo‘lmasligidir;
tovar harakatlarini tashkillashtirishdagi logistik sharoitlardagi ulgurji savdo tajribalarining yetarli bo‘lmasligi, shuningdek korxona hodimlari tomonidan ulgurji va chakana savdo sohasidagi logistik yondoshuvning moddiy vositalar oqimini boshqaruv bo‘yicha aniq tushunchalarning yetarli bo‘lmasligidir.

  1. Download 30.31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling