Savod o’rgatish metodikasi
Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish darslarining
Download 206 Kb.
|
Savod o’rgatish metodikasi
Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish darslarining
xususiyatlari Oz komplektli maktablarda savod o’rgatishni tashkil etishda o’qituvchi bir vaqtning o’zida ikki yoki uch sinf bilan ishlaydi, ya’ni bir vaqtning o’zida bir necha sinf o’quvchilari bilan ish olib boradi. Bunday sinflarda dars jadvali integrallashtirilgan bo’lishi kerak va darslar 30 daqiqagacha qisqartirilishi mumkin. Savod o’rgatish davridagi yozuv darslarini boshqa sinflarda olib boriladigan matematika, tabiatshunoslik va ba’zan o’qish darslari bilan birga olib borish maqsadga muvofiqdir. Oz komplektli maktablarda o’quvchilarning mustaqil ishlariga alohida ahamiyat beriladi, chunki o’qituvchi ikki sinf yoki uch sinf bilan ishlaganda, bir sinf bilan alohida ishlay olmaydi: u bir sinf bilan ishlashi uchun qolgan sinflarga mustaqil ish topshirib, ularni band qilishga majbur. SHuning uchun maxsus mustaqil ishlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish davrida mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli uyushtirish uchun “Alifbe”ga qo’shimcha, ishni jonlantiradigan didaktik tarqatma materiallar muhim ahamiyatga ega. Mustaqil ish savod o’rgatish jarayonida o’qituvchining rahbarlik qilishini talab etadi: o’qituvchi aniq vazifa topshiradi, uni qanday bajarishni yaxshilab tushuntiradi, o’quvchi bajargan ishni sinfning o’zida tekshiradi. Boshqa sinflar bilan ishlash jarayonida ham u 1-sinf o’quvchilarining mustaqil ishni qanday bajarayotganini kuzatib boradi. Savod o’rgatish jarayonida bajariladigan mustaqil ishlarga turli predmetlar shaklini chizish, bir xil oraliqni mo’ljallab nuqtalar qo’yish, yotiq to’g’ri chiziqlar chizish, ayrim harflar elementlarini yozish, rasmga qarab savollarga javob berishga tayyorlanish, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlarni kiritish mumkin. Alifbo davrida esa harf terish kartoni va abak yordamida turli xil analitik-sintetik ishlarni uyushtirish, rasm asosida suhbat, ovoz chiqarib yoki ichda o’qish, qayta hikoya qilishga tayyorlanish, berilgan bo’g’inlar yordamida so’zlar tuzish, gaplarni to’ldirish, o’qilgan matnga oid rasm chizish, namuna asosida yozish, tushirib qoldirilgan harf yoki so’zni o’rniga qo’yib yozish, berilgan predmetlarni ma’lum belgisiga ko’ra guruhlash va umumlashtirish kabi mashqlarni qo’llash, bu jarayonda texnika vositalaridan unumli foydalanish zarur. Mustaqil ish sifatida tarqatma materialda berilgan so’zni o’qish, unli va undosh harf tagiga chizish, so’zni bo’g’inlarga ajratish kabi mashqlarning berilishi o’qituvchiga juda qo’l keladi. Oz komplektli maktablarda texnika vositalaridan foydalanish ham katta ahamiyat kasb etadi. Komplekt sinflarni to’g’ri taqsimlash va birlashtirish, dars va mustaqil ishlarni mohirlik bilan uyushtirish va rejalashtirish, didaktik materiallardan, ko’rgazmali vositalardan unumli foydalanish yo’li bilan oz komplektli sinf o’quvchilarining bilimlarni puxta o’zlashtirishlariga erishish mumkin. Download 206 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling