Tadqiqotning maqsadi: 3-sinf ona tili darslarida o‟quvchilarning bilim saviyasini oshirishda noan‟anaviy o‟qitish texnologiyalardan foydalanishning shakl va usullarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning obyekti: 3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish texnologiyalari.
Tadqiqotning predmeti: 3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish jarayoni.
Tadqiqotning farazi: 3-sinf ona tili darslarida o‟quvchilarning bilim o‟zlashtirish samaradorligi oshadi. Agarda:
O‟quv jarayonida inrerfaol usullardan foydalanish imkoniyatlari va afzalliklari ilmiy nuqtai nazardan asoslansa;
3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanishga qaratilgan ta`lim modeli haqidagi ma‟lumot umumlashtirilsa;
3-sinf ona tili darslarida o‟quvchilar mustaqilligini ta‟minlashning va ta‟limni individuallashtirishning shakl va metodlari belgilansa.
Malakaviy bitiruv ishini bajarishda tadqiqotning maqsadi va qo‟yilgan farazlar asosida quyidagi vazifalar belgilandi:
3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish imkoniyatlari va afzalliklarini mavjud ilmiy adabiyotlar va monografik tadqiqotlar natijalari asosida asoslash;
3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanishga qaratilgan ta`lim modeli haqidagi ma‟lumotlarni umumlashtirish;
3-sinf ona tili darslarida o‟quvchilar mustaqilligini ta‟minlashning va ta‟limni individuallashtirishning shakl va metodlarini aniqlash;
3-sinf ona tili darslarida ta‟lim samaradorligini oshirishga qaratilgan interfaol ta‟lim metodlari va didaktik o‟yinlardan foydalanish shakllarini belgilash. Mavzu muammosini yoritishga qaratilgan ushbu vazifalarni bajarishda quyidagi tadqiqot metodlaridan foydalanildi: ilmiy adabiyotlarni o‟rganish; pedagogik kuzatish; anketa so‟rovi; suhbat; intervyu; test so‟rovi; tahlil qilish,
umumlashtirish; pedagogik tajriba;
Do'stlaringiz bilan baham: |