Savodxonligim onamga
1-Boshlovchi :
Assalom mehmonlar mo‘tabar suyuk
Assalom ustozlar, nomlari buyuk
2-Boshlovchi:
Assalom otalar, baxtim posboni
Assalom onalar, fidoyi joni
1-Boshlovchi -Assalom, bolajon iqboli porloq. Bugun ilk bayramga yetishgan
quvnoq Sizlarga aytayin bir shirin tilak. Bahor bayrami ,Onajonlar bayrami,
Savodxonlik bayrami bo‘lsin muborak
2-Boshlovchi -Assalomu alaykum aziz, mo‘tabar, muhtaram ota-onalar, ustozlar
o‘quvchilar!Barchangizni bugungi dilbandlaringizning shodligi-yu quvonchi
bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
1-Boshlovchi:Sizlarga uzoq-umr, bolajonlarga baxtli davron porloq tole, nurl
kelajak tilaymiz.Endi esa ana shu tantanani ochish, uchun so‘zni maktabimiz
direktoriga beramiz.
Endi bolajonlarimizni ilk bahor bayrami bilan mehmonlarimiz ……………. Ga so’z beramiz
2-boshlovchi
Mana bugun bahor fasli ham kirib keldi 8-mart yaqinlasmoqda bu kun ko’rinib
turibdiki, bugungi bayramimiz, oilamiz ko’rki ,davlati bo’lgan ONA haqida
Keling azizlar endi bolajonlarimiz sizga ona, vatanni madh etuvchi she’r va
qo’shiqlar aytib o‘z bilim va san’atlarini namoyish qilsalar siz miriqib tomosha
qilsangiz.
Qizlar va o’g’il bolalar ijrosida ,,Ustozlar raqsi’’
1-o’quvchi:Shaxina
Mehribon onalarga
Jonkuyar otalarga
Qadrdon ustozlarga
Assalomu alaykum
2-o’quvchi:Shamshod
Ayamagan vaqtini
Bizga bergan pandini
Ham asal, ham qandini
Mehribonlar assalom
3-o’quvchi:Shahrizoda
Ona! Bu so’zda olam-olam ma’no bor.Ona tarbiyachi, ona tadbirkor, uy bekasi,
uning butun fazilatlarini sanab bo’larmikan?
Ona naqadar buyuk zot u mo’jizalar yaratadi. Uni mehri bilan sug’orilgan
farzandlar qahramonlik qiladi. Yangiliklar kashf etadi.
4-o’quvchi: Marjona
Husn-u malohatning tengsiz timsoli,
Farzand baxtin ko’rish o’y-u xayoli.
Farishtaga o’rnak oydek jamoli,
Aziz mukkaramsan-o’zbek ayoli
Do'stlaringiz bilan baham: |