Savodxonlik bayrami
Download 14,99 Kb.
|
Qo’ng’irot tuman XBB ga qarashli 41-sonli maktabning bochlang’ich o’qituvchisi Eshanova Genjegulning “Savodxonlik bayrami” nomli tadbir rejasi Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar mehri daryo ustozlar ,aziz bolajonlar.Bugin sizlar uchun eng quvonchli kun.Sababi siz kitoblarning to’ng’ichi bo’lgan “Alifbe” kitobini o’qib tugatdingiz,sizlar ilk bor maktab ostonasiga qadam qo’yganingizda hali o’qish va yozishni bilmas edingizlar,faqat rasmlarnigina tomosha qilar edingizlar.Endi esa o’qishni va yozishni rasmlar chizishni,mustaqil kitoblar o’qishni bilib oldingiz. Bugungi 1B-sinf o’quvchilarini chaqiramiz.O’quvchilar sahnaga chiqadilar. Bugungi quvonchli bo’lgan Savodxonlik va “Xayr Alifbe” nomli kechamizni ochib berish uchun maktabimiz direktori Gulnora opa Xudaybergenovaga so’z beramiz. Keyin Aziz o’quvchilar bu kun sizlar uchun balki ota-onalaringiz uchun ham qutlug’ unutilmas kundir.Biz ham ularni Savodxonlik bayrami bilan tabriklab “Xush kelibsiz” aziz ota-onalar deymiz. 5ta o’quvchi salomlashish she’ri Sabina: Salom sizga yurak to’ridan Davramizga yig’ilgan do’stlar Ko’ksimizga qo’limiz qo’yib Deymiz sizga “Xush kelibsiz” K.Ulug’bek: Quyoshdek shu’la sochgan Bilimga keng yo’l ochgan Bizni erkalab quchgan Sizgadir ushbu kalom Muallimlar assalom (Hamma o’quvchilar ) Farangiz: Uzun tunlar allalab O’stirdingiz erkalab Sizgadir ushbu kalom Muallimlar assalom Download 14,99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling