Savol: bu ish deganda nima nazarda tutilgan?


Download 19.21 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi19.21 Kb.
#1170017
Bog'liq
11-o\'yin uchun savollar


I tur
1. Bir necha yuz yillar avval Angliyada odamlar kelin koʻylagining bir parchasini saqlab qoʻyish omad keltiradi deb hisoblashgan. Toʻy marosimidan soʻng mehmonlar kelinning koʻylagidan parcha yertib olish uchun kelinni quvlashgan. Kelin esa koʻylakni butun saqlash uchun ulardan qochgan va mehmonlarni chalgʻitish uchun BU ISHni qilgan. Hozirda esa BU ISH boshqa maqsadda qilinadi.
Savol: BU ISH deganda nima nazarda tutilgan?
Javob: Guldasta uloqtirish.

  1. Bir havaskor shoirning she’ri:

“Andijon farzandi, Urgutga kuyov,
Toshkentda yuksalgan eng buyuk soda.
Sening qazoying ham ma’noga boy-ov,
Borib jon topshirding Ellikqal’ada…”
Savol: Ushbu marsiya kimga bag’ishlab yozilgan?
Javob: Muhammad Yusuf.
Izoh: Shoir Ellikqal’aga tadbir yuzasidan borganida vafot etadi.

  1. XIX asrda Yevropada ob-havo falokatlari tufayli suli va yem-xashak yetishmovchiligi yuzaga keladi. Otlarni boqish uchun hech narsa qolmaydi va odamlar harakatlanishning muqobil usullari haqida o‘ylashni boshlashadi.

Savol: bu voqealar nimaning ixtirosiga sabab bo‘lgan?
Javob: Velosiped.

  1. Ularning muloyim koʼrinuvchi yuzining dumoloqligi ham chaynash uchun moʼljallangan mushaklarining juda yaxshi rivojlanganligi bilan tushintirish mumkin. Ular kuniga 9 – 10 kilogram ovqat yeyishga majbur. Zooparklarda ular koʼp oʼynasada, tabiiy hayotda bunga vaqti yoʼq, chunki ovqatlanishlari kerak. Tabiatda bir-birlaridan uzoqroq yurishni ham maʼqul koʼrishadi. Ulardan biri haqida DreamWorks kompaniyasi tomonidan animatsion filьm olingan. Savol: Ularni toping.

Javob: Panda

  1. 1533-yilda Аngliyaning Faversham shaharchasida tugʼilgan Jek Uord avvaliga baliqchilik bilan shugʼullangan, keyinchalik Аngliya dengiz flotida xizmat qila boshlaydi. Ispan kemalarini talontaroj qiladi. 1608 yilda uni koʼrgan ingliz dengizchisi shunday taʼriflaydi: “boʼyi kichkina, sochi siyrak, boshini old qismi kal, bugʼdoy rang yuz va soqolga ega. Kam gapiradi, ammo koʼp soʼkinadi, Ertalabdan kechgacha mast holda … .” . Savol: Versiyalardan biriga koʼra, Uord qaysi personajning prototipi hisoblanadi?

Javob: Jek chittak

  1. Odam hech qachon bu ishni uyquda qila olmas ekan. Hatto bu narsa sun'iy chaqirilsa ham odam bu ishni qilishdan oldin uyg‘onib ketar ekan. Savol: Bu ishni toping.

Javob: aksirish

  1. 2009-yil Eron tomonidan Venadagi BMT bo‘limiga sovg‘a qilingan haykalda mashhur olimlar tasvirlangan.

Savol: Ushbu haykalda kimning qo‘lida globusni ko‘rish mumkin?
Javob: Beruniy
Izoh: Amerika haqida Kolumbdan 500 yil ilgari fikr bildirgan Beruniy qo‘lida globus tasvirlangan edi.


Download 19.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling