Savol: Gap qaysi ichimlik haqida ketmoqda? Javob
Download 32.28 Kb.
|
Zakovat savol 242
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
1. Ko‘pchiligimiz xush ko‘rib iste`mol qiladigan bu ichimlik avvaliga bir sitrus mevadan tayyorlangan. Ichimlik nomiga qarab biz buni anglab olishimiz qiyin emas. Chunki ichimlik nomida o‘sha meva nomi haligacha saqlanib qolgan. Savol: Gap qaysi ichimlik haqida ketmoqda? Javob: Limonad. Izoh: Limonadlar dastlab faqat limon va suvdan tayyorlangan. Shu boisdan ham ichimlik nomida limon so‘zini ko‘rish mumkin. Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/ Лимонад 2. Xitoyda o‘ziga juft axtarayotgan insonlar UNGA o‘z e`lonlarini yozib qo‘yadi va odatda juda tez maqsadga yetadi. Axir u qisqa muddatda qanchadan-qancha insonlarning qo‘lidan o‘tishi mumkin. Savol: Insonlar o‘z e`lonlarini nimaga yozishadi? Javob: Pul. Manba: http://www.bolshoyvopros.ru/questions/68807-chto-daet-kitajskoj-molodezhi-takoj-sposob-znakomstva-i-zamuzhestva.html 3. Klassik o‘zbek filmlarining rus tilidagi tarjimasida qiziqarli nomlarni ham ko‘rish mumkin. Masalan, “Shum bola” filmini “Озорник”, “Mahallada duv-duv gap” filmini “Об этом говорит вся махалля” nomi ostida bilishadi. Savol: Qaysi filmni “Бабушка-генерал” ko‘rinishida tarjima qilishgan? Javob: “Suyunchi”! Izoh: Lavhalardan birida Shermat: Mening onam general - deb aytadi. Anzirat buvi 10 nafar sho‘x bolaning buvisi edi. Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Suyunchi_(film) 4. Bu yevropalik inson 1451-yilda Italiya hududidagi Genuya respublikasida dunyoga kelgan bo‘lsa-da, uning olamshumul ishlariga Ispaniya qirollik oilasi homiylik qilgan. Afsonaviy boyliklar mamlakatiga bo‘lgan yo‘lni ochishga harakat qilib, boshqa kashfiyotni amalga oshirgan. Qashqadaryolik bir ijodkor esa unda alami borligini aytgan. Savol: Bu yurtdoshimiz kimligini toping. Javob: Abdulla Oripov. Izoh: Yuqoridagi ma`lumotlar Xristofor Kolumb haqida. U Genuyada tug‘ilgan, qabri hozirda Ispaniyada. U Hindistonga yo‘l ochishni maqsad qilib, Amerikani kashf etib qo‘yadi. Abdulla Oripov “O‘zbekiston” she`rida “Kolumbda bor alamim manim, O‘zbekiston Vatanim manim” deya yozib o‘tgan. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling