Savol matni


Download 349 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana07.02.2023
Hajmi349 Kb.
#1173956
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-topshiriq



Savol matni 
 
1. “Makro” supermarketining “Hammasi uy uchun” bo‘limida 5 xil piyola, 6 xil 
taqsimcha,4 xil choy qoshiq bor. Nargiza xola turli nomdagi ikkita buyum sotib 
olmoqchi. U bu ishni necha xil usulda amalga oshirishi mumkin? 
2. Talaba 8 kun ichida 3 ta yakuniy nazorat topshirishi kerak. Agar talaba bir kunda 
bitta imtihon topshirishi mumkin bo‘lsa, unga yakuniy nazorat jadvalini necha xil 
usul bilan tuzish mumkin? 
3. Agar beshta turli sovg‘adan bittasi albatta taqdim qilinishi lozim bo‘lsa, uch 
kishiga bittadan sovg‘ani nechta usul bilan taqdim qilish mumkin? 
4. Omborda turli mevalar solingan 5 ta quti, turli sabzavotlar solingan 3 ta quti bor. 
Ikkita sabzavot do‘konchasining har biriga meva va sabzavot solingan bittadan 
qutini necha usul bilan berish mumkin? 
5. Agar 
x
absissa va  ordinata 1, 2, 3, 4, 5, 6, qiymatlarni qabul qila olsa, u holda 
tekislikda nechta 
 
y
x
M
,
nuqta hosil qilish mumkin? 
6. Son tasvirida har bir raqam bir marta uchraydi degan shartda 1, 2, 3, 4, 5, 6, 
raqamlaridan 3 raqami bilan boshlanib, 5 raqami bilan tugaydigan nechta turli olti 
xonali son tuzish mumkin? 
7. Tadbirkor 8 ta telekanaldan 5 tasiga o‘z firmasi haqida reklama bermoqchi. U 5 ta 
telekanalni necha xil usulda tanlashi mumkin? 
8. Do‘konda 7 xil kostyum, 5 xil shim va 4 xil galstuk sotilmoqda. Kostyum, shim 
va galstukdan iborat uchlikni (to‘plamni) necha usul bilan sotib olsa bo‘ladi? 
9. 1, 2, 3, 4, 5 raqamlari yordamida nechta turli raqamli uch xonali son tuzish 
mumkin? 
10. To‘plamning elementlaridan tuzilgan barcha o‘rin almashtirishlar soni 100 tadan 
oshmasligi uchun bu to‘plamda nechta element bo‘lishi kerak? 200 tadan kam 
bo‘lmasligi uchunchi? 
11. To‘rt til: rus, ingliz, nemis, fransuz tillaridan bu tillarning istalgan biriga bevosita 
tarjima qilish uchun nechta lug‘atga ega bo‘lish kerak? 
12. Gul sotuvchida 5 ta qizil va 10 ta oq chinnigul qolibdi. A’zamxon singlisi 
Mubinabonuga 2 ta qizil va 3 ta oq chinniguldan iborat guldasta sovg‘a 
qilmoqchi. Buni u necha xil usul bilanamalga oshirishi mumkin? 
13. 1, 2, 3, …, 8 raqamlaridan tuzilgan turli raqamli 8 xonali sonlar ichida 1 va 8 
raqamlari yonma-yon turadiganlari nechta? 
14. «dadajon» so‘zlarining harflaridan nechta o‘rin almashtirish tuzish mumkin? 
15. Tadbirkor 8 ta telekanaldan 5 tasiga o‘z firmasi haqida reklama bermoqchi. U 5 ta 
telekanalni necha xil usulda tanlashi mumkin? 
16. Telefonda nomer terayotgan abonent oxirgi ikki raqamni esdan chiqarib qo‘yadi 
va faqat bu raqamlar har xil ekanligini eslab qolgan holda ularni tavakkaliga 


teradi. Abonentning kerakli raqamlarni terilganligi ehtimolini toping. 
17. Texnik nazorat bo‘limi tasodifan ajratib olingan 100 ta kitobdan iborat partiyada 5 
ta nuqsonli kitob topdi. Nuqsonli kitoblar chiqish hodisasining nisbiy chastotasini 
toping. 
18. Yashikda 4 ta oq, 10 ta qora va 6 ta ko‘k shar bor. Yashikdan tasodifan bitta shar 
olinadi. Shu sharning oq rangda bo‘lish ehtimolini toping. 
19. Ikkita o‘yin kubi tashlangan. Kublarning tushgan tomonlaridagi ochkolar 
yig‘indisi juft son, shu bilan birga kublardan hech bo‘lmaganda bitta tomonida 
olti ochko chiqish ehtimolini toping. 
20. Uchta o‘yin kubini tashlashda ikkita kubning (qaysilari bo‘lishining ahamiyati 
yo‘q) yoqlarida oltidan farqli turli (oltiga teng bo‘lmagan) ochkolar chiqish, 
qolgan bitta kubda olti ochko chiqish ehtimolini toping 
21. Uzunligi 30 sm bo‘lgan L kesmaga uzunligi 20 sm bo’lgan kesma 
joylashtirilgan. L kesmaga tavakkaliga tashlangan nuqtaning kesmaga tushish 
ehtimolini toping. 
22. Yashikda 50 ta Samsung rusumli telefon bor, ulardan 5 tasi nuqsonli. Tavakkaliga 
bitta telefon olinadi. Olingan telefon nuqsonli bo‘lish ehtimolini toping. 
23. O‘yin kubi ikki marta tashlanganda hech bo‘lmaganda bir marta 6 raqam tushish
ehtimolini toping. 
24. Simmetrik kubning ikkita tomoni ko‘k rangga, uchta tomoni yashil rangga va bir 
tomoni qizil rangga bo‘yalgan. Kub bir marta tashlanganda yashil tomoni tushish 
ehtimolini toping. 
25. Hamma tomoni bo‘yalgan kub mingta bir xil o‘lchamli kubchalarga bo‘lingan va 
yaxshilab aralashtirilgan. Tavakkaliga olingan kubchaning uchta yoqi bo‘yalgan 
bo‘lish ehtimolini toping. 
26. 8 ta kitobdan ikkitasi matematikaga oid. Ular tokchaga tavakkaliga terilganda, 
matematikaga oid kitoblar yonma-yon bo‘lish ehtimolini toping. 
27. Bir- biridan 6 sm masofada yotgan parallel to‘g‘ri chiziqlar bilan bo‘lingan 
tekislikka radiusi 1 sm bo‘lgan doira tavakkaliga tashlangan. Doira to‘g‘ri 
chiziqlarning hech birini kesmaslik ehtimolini toping. 
28. O’yin ishtirokchilari yashikdagi 1 dan 50 gacha nomerlangan jetonlardan 
tasodifan oladilar. Tavakkaliga olingan birinchi jetonning nomerida 6 raqami 
uchramaslik ehtimolini toping 
29. Xaltachada 5 ta bir xil kub bor. Har bir kubning barcha tomonlariga quyidagi 
harflardan biri yozilgan: o, p, r, s, t. Bittalab olingan va «bir qator qilib» terilgan 
kublarda «sport» so‘zini yozilish ehtimolini toping 
30. Oltita bir xil taxtachaga har biriga quyidagi harflardan biri yozilgan: a, t, m, r, s, 
o. Taxtachalar yaxshilab arashlashtirilgan. Ulardan to’rttasi tavakkaliga olingan 
va bir qator qilib terilganda to‘rtta taxtachada «tros» so‘zi hosil bo’lish ehtimolini 


toping 
31. Kutubxonada 10 ta turli kitob bor, bunda beshta kitobning har biri 4000 so‘mdan, 
uchta kitob 1000 so‘mdan, ikkita kitob 3000 so‘mdan turadi. Tavakkaliga olingan 
ikkita kitobning bahosi 5000 so‘m bo‘lish ehtimolini toping 
32. Ikkita o‘yin kubi tashlangan. Kublarning yoqlarida chiqqan ochkolar 
yig‘indisining qaysi qiymati eng katta ehtimolga ega bo’ladi 
33. O’qituvchi o’quvchidan 

sonining verguldan keying 5 ta raqamini yozishni 
so’radi. Talaba 

sonining verguldan keying birinchi raqami 1, ikkinchi raqami 4 
ekanligini bilardi. Keying uch raqamni eslay olmadi va bu raqamlar turli va o’sib 
boruvchi ekanligini eslab, ularni tavakkaliga yozdi. 1,5,9 raqamlari yozilgan 
bo‘lish ehtimolini toping 
34. Matematika fakulteti uchinchi kursida 100 nafar talaba bo’lib, ulardan 80 nafari 
a’lochi. Attestatsiya davrida ulardan 10 nafari ajratildi Ularning barchasi a’lochi 
talabalar bo‘lish ehtimolini toping 
35. Yashikda 15 ta mahsulot bo‘lib, ularning 10 tasi a’lo sifatli. Tavakkaliga olingan 
beshta mahsulot orasida 3 tasi a’lo sifatli bo‘lish ehtimolini toping 
36. Gruppada 12 talaba bo‘lib, ulardan 8 tasi a’lochi. Ro‘yxat bo‘yicha tavakkaliga 9 
talaba ajratilgan. Ajratilganlar orasida 5 a’lochi talaba bo‘lish ehtimolini toping 
37. 



 


Download 349 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling