Savol va topshiriqlar. Mexanik harakat deb qanday harakatga aytiladi? Nyutonning ukkinchi qonunini ta’riflang. Qattiq jism deb qanday jismga aytiladi. Javoblar
Download 28.26 Kb.
|
javob
Savol va topshiriqlar. Mexanik harakat deb qanday harakatga aytiladi? Nyutonning ukkinchi qonunini ta’riflang. Qattiq jism deb qanday jismga aytiladi. Javoblar. Jismlarning yoki jism qismlarining bir-biriga nisbatan ko’chishiga mexanik harakat deyiladi. Jismlarning mexanik harakatini o’rganishda mutlaq (absolyut) qattiq jism va moddiy nuqta tushunchalaridan keng foydalaniladi. Ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi masofa doimo o’zgarishsiz qoladigan jism mutlaq qattiq jism deyiladi. Jismlarning tezligi vaqt davomida o’zgarib tursa, bunday harakat o’zgaruvchan harakat deyiladi. Bunda tezlanish (1) Ifoda orqali aniqlanadi. a tezlanish bilan harakatlanayotgan jismning t vaqtdan keyingi tezligi va bosib o’tgan yo’li tekis tezlanuvchan harakatda υ=υ0+at, (2) Tekis sekinlanuvchan harakatda esa υ=υ0 - at, (3) ifodalar orqali topiladi. Tekis tezlanuvchan harakatda tezlik vektorining yonalishi bir xil, sekinlanuvchan harakatda esa qarama-qarshi bo’ladi. To’g’ri chiqli tekis tezlanuvchan harakatda koordinataning vaqt bo’yicha o’zgarishini ifodalovchi tenglamaga harakat tenglamasi deyiladi. (4) Jism tezligining kattaligi va yo’nalishi bu jismga boshqa jismlarning ko’rsatadigan ta’siri natijasida o’zgaradi. Jismning olgan tezlanishi unga ta’sir etuvchi kuchga to’g’ri, jismning massasiga esa teskari proporsionaldir. Nyutonning 2-qonunini ifodalaydi: , (5) Nyutonning ikkinchi qonuni faqat inersial sanoq sistemalar uchun o’rinlidir. Ushbu qonunni jismning impulsi orqali quyidagicha yozish mumkin. yoki (6) Bu Nyutonning ikkinchi qonunining umumiy ko’rinishi bo’lib, quyidagicha ta’riflanadi: moddiy nuqta impulsining o’zgarish tezligi unga ta’sir etayotgan kuchga teng. Agar jismga bir nechta kuch ta’sir qilayotgan bo’lsa, unda Nyutonning ikkinchi qonunining matematik ifodasini quyidagi ko’rinishda yozish mumkin: (7) Jismlarning mexanik harakatini o’rganishda mutlaq (absolyut) qattiq jism va moddiy nuqta tushunchalaridan keng foydalaniladi. Ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi masofa doimo o’zgarishsiz qoladigan jism mutlaq qattiq jism deyiladi. Download 28.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling