Savol va topshiriqlar
Download 20 Kb.
|
Savol va t.6-modul.Terminologiya
Savol va topshiriqlar Savol va topshiriqlar: 1.O‘zbek terminologiyasining ichki imkoniyatlari hisobiga rivojalanishi qanday holatda? 2. O‘zbek terminologiyasining yasalish usullari xususida bahslashing. 3.“Davlat tili haqada”gi Qonun terminologiyani monitoring qilishda qanday ahamiyatga ega? 4. O‘tgan asrning 90-yillari o‘zbek terminologiyasida sodir bo‘lgan jarayonlar xususida fikr yuriting. 5.Hozirgi o‘zbek terminologiyasi tarkibidagi arabcha o‘zlashmalargi misollar keltiring. 6.Hozirgi o‘zbek terminologiyasida qo‘llanayotgan forscha-tojikcha o‘zlashmalarga to‘xtaling. Hozirgi o‘zbek tibbiy terminlar sirasida qo‘llanayotgan lotincha o‘zlashmalarni aniqlang. Qaravulǧa kelib edi gul özi Hamin kim bu čerikkä tüšti közi Čïnäb taptï ki sardάrï zabundur Heč iš bilmάs yaraǧsïz betunundur Čerigi butrašïb tungal yasaq yoq Qošunlar bošalïb heč baš ayaq yoq 1.Ma’lumki, har qanday til, avvalambor, o‘z ichki imkoniyatlari zaminida rivojlanadi. Ayni chog‘da, mamlakatlar va xalqlararo rang-barang munosabatlar har qanday tilda o‘zlashmalarning vujudga kelishida muhim omil hisoblanadi. Mazkur hodisa o‘zbek tili uchun ham yot emas. O‘zbek tilida katta miqdordagi arabcha va forscha-tojikcha o‘zlashmalarning qo‘llanishda qolayotgani sir emas. Bularning muayyan qismi ilmiy terminologiya tarkibida o‘z faolligini yo‘qotmagan. Xususan, maktab, sinf, muallim, ma’ruza, muvozanat, vazn, tijorat, bojxona, viloyat, falak, huquq, tarkib, matn, mavzu, hokim, narx,payvand singari termin hamda terminologik leksika nafaqat mutaxassislar, shuningdek, aholining keng qatlamlari nutqida hech qanday qiyinchiliksiz faol ishlatiladi. Garchi, hozirgi vaqtda o‘zbek tilida terminlar yasash jarayonida arab va fors-tojik tillari manba sifatida deyarli ishtirok etmasa-da, ammo o‘zga qarindosh turkiy tillarda bo‘lgani singari o‘zbek tili lug‘at tarkibidagi terminlarning aksariyati shu qadimiy tillarga mansubdir. Bu o‘zlashmalar o‘zbek tilining fonetik va grammatik qoidalariga bo‘ysungan holda yangi mazmun kasb etgan va yangi voqelangan tushunchalarni ifodalashda xizmat qilmoqda. 2.Yangi terminlarni ro‘yobga keltirishda so‘z yasashning morfologik, semantik va sintaktik usullaridan unumli istifoda etiladi. Terminlar yaratishda kalkalash usulining ham sezilarli o‘rni bor. 3.O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1989- yilning 21- oktabrida “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi o‘zbek tili so‘z boyligining asosiy qatlamlaridan hisoblanmish terminologik leksikaga yangicha munosabatda bo‘lishni taqozo etdi. Qonunning 7-moddasida ta’kidlanganidek, “Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi”. 4.Ruscha-baynalmilal so‘z va terminlarning o‘zbek tiliga kirib kelishi XIX asrning birinchi yarmidan boshlangan bo‘lib, uning haddan tashqari kuchayishi o‘lkaning Chor Rossiyasi tomonidan zabt etilishi, keyinchalik bu yerda sho‘rolar hukmdorligining qaror topishi davriga to‘g‘ri keladi. 5. O‘zbek tilida katta miqdordagi arabcha va forscha-tojikcha o‘zlashmalarning qo‘llanishda qolayotgani sir emas. Bularning muayyan qismi ilmiy terminologiya tarkibida o‘z faolligini yo‘qotmagan. Xususan, maktab, sinf, muallim, ma’ruza, muvozanat, vazn, tijorat, bojxona, viloyat, falak, huquq, tarkib, matn, mavzu, hokim, narx,payvand singari termin hamda terminologik leksika nafaqat mutaxassislar, shuningdek, aholining keng qatlamlari nutqida hech qanday qiyinchiliksiz faol ishlatiladi 6. O‘zbek tilida katta miqdordagi arabcha va forscha-tojikcha o‘zlashmalarning qo‘llanishda qolayotgani sir emas. Bularning muayyan qismi ilmiy terminologiya tarkibida o‘z faolligini yo‘qotmagan. Xususan, maktab, sinf, muallim, ma’ruza, muvozanat, vazn, tijorat, bojxona, viloyat, falak, huquq, tarkib, matn, mavzu, hokim, narx,payvand singari termin hamda terminologik leksika nafaqat mutaxassislar, shuningdek, aholining keng qatlamlari nutqida hech qanday qiyinchiliksiz faol ishlatiladi Qorovul,oʻzi,askarga,tushdi,sinab, sardor,qurolsiz,tarqalib. Download 20 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling