Savol va vazifalar Jonli(umumxalq) til bilan adabiy va badiiy tillarning aloqalarini o’rganing


Muallif nutqining vazifalarini tahlil qiling


Download 22.36 Kb.
bet3/4
Sana21.06.2023
Hajmi22.36 Kb.
#1644809
1   2   3   4
Bog'liq
adabiyot 6

Muallif nutqining vazifalarini tahlil qiling.

Adabiy asar tili bir-biridan sezilarli farq qiladigau ikki bo’lakdan - muallif nutqi va personajlar nutqidan iborat. Muallif nomidan aytilgan gaplar muallif nutqini tashkil etadi. Muallif nutqining vazifalari xilma-xil, ularning hammasi asar mazmunining ta'sirchanligiga xizmat qiladi.
Asardagi muallif nutqi dastavval axborot xarakteriga ega. Muallif nutqi personaj ishidan yoki uning boshqa personajlar bilan munosabati, o’z ichki dunyosida numalar bo’layotgani haqida o’quvchiga axborot beradi.
Muallifning axborot beruvchi nutqi personajlarning ishlari va holati bilangina emas, balki personajlar hayotida ro’y bergan va ularga noma’lum bo’lgan juda muhim hodisalardan yoki holatlardan ham o’quvchini xabardor qiladi.
Muallif nutqi yana personajlarning ichki dunyosini, hatto ularning o’zlari ham izhor etib berolmaydigan ruhiy holatlarini tasvirlaydi.
Muallif nutqi orqali biz uning tasvir etilayotgan predmetga ijobiy yoki salbiy munosabatini bilamiz va bu asarda xolisona tasvir etilgan hayot manzaralari va kishilar bilan birga asarning g’oyaviy yo’nalishi, muallifning niyati haqida aniq tasavvur beradi.
Muallif nutqi, butun badiiy asarning tili kabi, ta’sirchan nutqdir. Bu ta’sirchanlik ba’zan muallif nutqining personaj nutqiga ko’chishida ham namoyon bo’ladi.
Qisqasi, muallif nutqi adabiy asarning hamma katta va kichik qismlarini bir-biriga mahkam bog’lab turuvchi omildir.
Personajlar nutqi asarda tasvirlanavotgan kushilarning o’zaro suhbatlari, yolg’izlikdagi o’ylari yoki bir-birlariga yozgan maktublaridan yuzaga keladi. Personajlar nutqi jamiyatdagi xilma-xil tabaqa vakillarining obrazlarini yaratishga yordam beradi.
Adabiy asarning muallif nutqidan va personajlar nutqidan iborat tili o’ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega.

Ta 'sirchanlik (emotsionallik). Badiiy asarning bosh xususiyati - ta'sirchanlik dedik. Haqiqatan ham, san'at asari o’quvchini, tomoshabinni yoki eshituvchini befarq qoldirishi, unda ijobiy yoki salbiy hislar uyg’otmasligi mumkin emas. Bu ta'sirchanlik haqiqiy badiiy asarda shunchalik zo’rki, biz bir marotaba o’qigan badiiy asarlarning qahramonlarini yoki ularda tasvirlangan hayotiy hodisalar va manzaralarni bir umr eslab qolamiz. Badiiy asarning ana shu xususiyati “ta'sirchanlik" (emotsionallik) deb ataladi.

Serqatlamlilik. Badiiy asarda hayot o’zining butun ko’lami, xilma-xilligi va rango-rangligi bilan tasvirlangani sababli badiiy asarning tili yangi bir sifat kasb etadi. Bu, serqatlamlilikdir. Badiiy asar tilida muallifning o’z tilidan boshlab jamiyatdagi ko’p tabaqalarning tili, ularning asardan olgan o’rniga qarab, o’z xususiyatlari bilan mavjuddir. Har bir ijtimoiy tabaqaga mansub personajlarning tili adabiy asar tilida o’ziga xos bir qatlamni tashkil etadi.
Adabiy asarda xalq tilining boyligi va imkoniyatlari ijtimoiy ong mahsulotining hech bir sohasida ko’rilmagan darajada to’lalik bilan jamg’ariladi. Serqatlamlilik badiiy asar tilining katta ma’rifiy va estetik qimmatini ta’minlaydi.



Download 22.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling