Savol va vazifalar Obrazning qaysi xillarining bilasiz? Obraz


Badiiy obrazning asosiy xususiyatlarni chuqur o’rganib, obraz ta’rifini yod oling


Download 29.07 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi29.07 Kb.
#1644752
1   2   3
Bog'liq
adabiyot 3

Badiiy obrazning asosiy xususiyatlarni chuqur o’rganib, obraz ta’rifini yod oling.

Badiiy obraz xususiyatlari
Adabiyotning tasvir mavzuyi, avvalambor, insondir. Inson tasviri yo'q, u ko'zda tutilmagan joyda badiiy adabiyot ham bo'lmaydi. Shunga ko'ra adabiyotshunoslik ilmida markaziy o'rinni egallovchi tushuncha ham obraz qahramon tushunchasidir. Obraz - timsol tushunchasining keng va tor ma'nolari mavjud. Keng ma'nodagi timsol tushunchasi ijodkorning fikr-tuyg'ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatsa, tor ma'no­da badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi. Keng ma'noda ishlatiladigan badiiy obraz tushunchasi haqida ushbu kitobning kirish qis­midagi «Badiiy so'z qudrati» maqolasida atroflicha to'xtalin­gan. Yozuvchi hayotni badiiy timsollar orqali tasvirlaydi. Shuning uchun ham biror badiiy asar o'qiganimizda unda aks ettirilgan voqelik ongimizda shu asarda tasvirlangan kishilar­ning obrazlari qiyofasida muhrlanib qoladi. Mana, siz «Ravshan» dostonini o'qib chiqdingiz. Buning natijasi o'laroq, Ravshan, Zulxumor, Hasanxon, Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersaklarning mahorat bilan chizilgan timsollari, Shirvon bozori, Zulxumorga qarashli bog'ning ajoyib-g'aroyib manzaralari xotirangizda mahkam o'rnashib qoladi. Badiiy adabiyotda inson timsoli u yashayotgan jamiyat va undagi jarayonlar bilan, uni o'rab olgan tabiat, ijtimoiy muhit, narsa-hodisalar bilan birgalikda, ular bilan chambarchas aloqada tasvirlanadi. Chunki inson hamisha shular qurshovida bo'ladi. Biroq bularning hammasi inson timsolini yo o'ziga xosligini ko'rsatishga, yoki uning ham boshqalarga o'xshash tomonlari borligini ta'kidlashga, yoxud inson obraziga hissiy ta'sirchanlik bag'ishlashga, yoinki uning biror jihatini to'ldirishga xizmat qiladi. Demak, ular yordamchi vositalardir. Badiiy tasvirning maqsadi sifatida ko'pincha insonning o'zi turadi. Narsa va hodisalar tasviri o'z-o'zicha mustaqil badiiy qiymatga ega bo'lmaydi, ular insonni yorqinroq ko'rsatish, uning tabiatini teranroq ochish uchun kerak. Lekin inson yolg'iz o'zi mavjud bo'la olmaydi. Odam odamday yashashi va o'z insonligini namoyon etishi uchun juda ko'p narsalar kerak. Badiiy adabiyotda inson bilan bir qatorda, narsa-hodisalar muhit tasviri ham zarurdir. Faqat ularning badiiy adabiyotdagi tasviri inson holati, kechinmalariga bo'ysundirilgan bo'ladi. Yozuvchi voqelikni aks ettirar ekan, uni o'zi anglaganicha talqin qiladi. Hayotdagi voqea-hodisalar, odamlar va ularning dunyoqarashi, xarakter xususiyati, madaniy-ilmiy saviyasi, niyati, orzu-istagi ishlovidan o'tgandan keyingina obraz ­timsollar qiyofasida namoyon bo'ladi, badiiy asar shaklini oladi. Qisqasi, yozuvchi ijod jarayonida asaridagi obrazlarni individuallashtiradi, umumlashtiradi. Inson tasvirlash, avvalo, uning ichki dunyosini, kechinmalarini tasvirlash demakdir. Odam odamlar orasida, ya'ni jamiyatda yashaydi. Insonning kechinmalari jamiyatga oid turli-tuman masalalar bilan chambarchas aloqador bo'ladi. Shunday ekan, badiiy adabiyot inson kechinmalarini barcha murakkabliklari bilan aks ettirishi kerak. Bu esa ijodkordan yuksak iste'dod va badiiy mahorat talab qiladi. U hayot va odamlarni yaxshi bilishi, insonning holatini, imkoni boricha, haqqoniy, o'z qalbi bilan tuyganday aks ettirishi kerak. Shundagina yaratgan asarlari odamlar qalbiga kuchli ta'sir etib, zavq-shavq uyg'otishi, kishilarni ezgulikka e'tiqod va go'zallikka muhabbat ruhida tarbiyalashi mumkin. Demak, badiiy adabiyotda insonning alohida shaxs qiyofasida yaratilgan, ayni paytda badiiy umumlashma xususiyatiga va hissiy ta'sir kuchiga ega bo'lgan surati badiiy obraz deyi­ladi
Badiiy adabiyot asosida go'zallik haqidagi tasavvur yotadi. Bunday tasavvur insonning odam, hayot va jamiyat haqidagi orzu-armonlaridan tug'ilgan. Badiiy asar ana shu orzu-armonlarni aks ettirsagina tarbiyaviy quvvatga ega bo'ladi.
Obrazda obʼyektiv anglash bilan subʼyektiv ijodiy tafakkur qorishib ketadi. Badiiy Obrazning oʻziga xos xususiyatlari real voqelikka va fikrlash jarayoniga boʻlgan munosabatda aniq namoyon boʻladi. Obraz voqelikning badiiy inʼikosi sifatida real mavjud obyektning hissiy aniq, tayin zamon va makonda davom etgan, moddiy tugal, oʻzicha yetuk xususiyatlariga ega boʻladi. Badiiy obrazni real obyekt bilan chalkashtirmaslik kerak; u shartlilik, ramziylik xususiyati bilan real voqelikdan farq qiladi va asarning ichki "illyuziyali" olamini tashkil qiladi. Obraz voqelikning oddiy inʼikosi boʻlmay, balki uni umumlashtirib, alohida, oʻtkinchi, tasodifiy hodisaning eng mohiyatli, oʻzgarmas, muqim, adabiy jihatlarini ochib beradi. Mavhum tushunchadan farqli ravishda obraz koʻrgazmalilik xususiyatini namoyon etadi, u voqealarni mavqum mulohazalar bilan emas, balki hissiy yaxlit, bir butun takrorlanmas tarzda aks ettiradi. Obrazning badiiyligi mavjud voqelikni aks ettirish va uni anglash xususiyati bilan belgilanmaydi, balki badiiylik obrazning misli koʻrilmagan, yangi oʻylab chiqarilgan dunyo yarata olish imkoniyatida yuzaga chiqadi. Obrazda obyektiv mavjud va muhim jihatlar bilan birga, boʻlishi mumkin boʻlgan, moʻljaldagi, xohishdagi, yaʼni turmushning emotsional-irodaviy tomonlariga munosabat, uning koʻrinmas, ichki imkoniyatlari bilan bogʻliq xususiyatlar ham muxrlangan boʻladi. Shuningdek, badiiy obrazda xayolot, boʻyoq, tovush, soʻz va boshqalarni ijodiy ishlash yoʻli bilan sanʼat asari yaratiladi.

Obrazli tafakkur va badiiy to`qima



San'atning obraz vositasida fikrlashi uning spetsifik, ya'ni tur sifatida belgiIovchi xususiyatidir. San'atkor badiiy obraz vositasida dunyoni anglaydi, o'zi anglagan mohiyatni va o'zining anglanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu ma'noda obraz adabiyot va san 'atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabiyot va san'atga xos fikrlash tarzi «obrazli tafakkur» deb yuritiladi.
Bundagi farqni yorqinroq tasavvur etish uchun fan va badiiy adabiyotni qiyoslab ko'rish mumkin. Misol uchun, bir xiI masala yuzasidan fikr yuritayotgan olim va shoirni olib ko'raylik. A.Oripovning ``Ayol`` she'ri hammangizga tanish, unda ikkinchi jahon urushida eridan yosh beva qolgan, umrini farzandiga bag'ishlagani holda sadoqat bilan yashagan ayol haqida so'z boradi. Shoir ko'z oldimizda konkret ayolni, uning fojiyali taqdirini gavdalantirish orqali umuman urush haqida, uning oqibatlari haqida, og'ir damlarda sinaluvchi insoniy hislar haqida mushohada yuritadi. Xo'p, xuddi shu she'rdagi masala xususida, masalan, tarixchi olim qanday fikr yuritadi: «Ikkinchi jahon urushi janggohlariga ... -, ... -yillarda tug'ilgan yigitlar to'la safarbar etildi. U rush harakatlarida sho'ro hukumati insonni tejash yo'lidan bormadi, janggohlarda ... nafar jangchi halok bo'ldi. Buning natijasida urushdan so'ng jamiyatda erkak va ayollar nisbatida nomutanosiblik 62 yuzaga keldi, demografik vaziyat tanglashdi. Ko'plab ayollar yolg'iz umrguzaronlik qilishga mahkum bo'ldi. Jamiyatda ’’yolg'iz ayol’’ toifasi yuzaga keldi». Ko'rib turganimizdek, olim shoirdan tamomila farqli yo'ldan boradi, uni umumlashtirilgan faktlargina qiziqtiradi. Olim konkret inson taqdiri haqida emas, undan o'zini chetlashtirgan (abstraktlashgan) holda umumlashmalar, tushunchalar asosida fikr yuritadi. Ma'lum bo'ldiki, mohiyat e'tibori bilan shoir va olimni o'ylantirayotgan muammo bitta. Biroq shoir bitta konkret ayol taqdirini badiiy tasvirlash (obrazini yaratish) orqali umumlashmaga boradi, balki, obraz uning uchun fikrlash shakli, usuli bo'lib qoladi. Ya'ni olim ko'plab faktlarni (konkret hodisalar, insonlar va h.k.) o'rganib, ularning umumiy xususiyatlari asosida ilmiy xulosalar, umumlashmalar chiqarsa, san'atkor konkret faktni individual tasvirlash orqali umumlashmaga intiladi.
Badiiy to’qima bu (ruschadan kalka xudojestvenniy vimisel) yozuvchining ijodiy tasavvur va taxayyorlardi mahsuli voqelikdagi real asosi yoki to’liq o’xshashi mavjud bo’lmagan badiiy obrazlar hayotiy holatlar voqealar shular kabilarni yaratishda namayon bo’luvshi ijodning muhim komponenti. Badiiy to’qima bu yozuvchining hayolida nomoyon bo’ladi. Biz buni ko’proq tarixiy asarlarda koramiz. Qoraqolpoq adabiyotida bunday asarlarn ayniqsa bunday asarlarda yozuvchi voqealarni jonli va tasirli bo’lib shiqishda ba’diiy to’qimadan foydalandi. Mashur va dramaturg M. Nizanov asarlarida obrazlarni talqin etishda badiiy to’qimadan yaxshi foydalangan.
Epik, lirik va dramatik obrazlar
An’anaviy ravishda badiiy asarlarni uchta katta guruhga — epik, lirik va dramatik turlarga ajratib kelinadi. Adabiyotshunoslikda badiiy asarlarni turlarga ajratish masalasi qadimdan ishlanib keladiki, bu uning adabiyotshunoslikning muhim nazariy masalalaridan ekanligini ko‘rsatadi. Miloddan avvalgi 384-322 yillarda yashagan qadim yunon qomusiy olimi Aristotel (Arastu) o‘zining «Poetika» nomli asarida badiiy asarlarni turlarga ajratish an’anasini boshlab bergan. Aristotel san’atni tabiatga «taqlid qilish» deb tushungan va, uning fikricha, tabiatga uch xil yo‘sinda: 1) o‘zidan tashqaridagi narsa to‘g‘risida hikoya qilayotgandek; 2) taqlidchi o‘z holicha qolgan, qiyofasini o‘zgartirmagan holda va 3) tasvirlanayotgan kishilarni faol harakatda taqdim etgan holda taqlid qilish mumkin, deb bilgan. Ko‘ramizki, bu o‘rinda badiiy adabiyotning uchta turi: epos, lirika va drama ajratilmoqda. Adabiy turlarni ajratishda taqlid usulini asosga qo‘yish an’anasi XYIII asrgacha davom qilib keldi. XYIII asrga kelib nemis faylasufi Gegel badiiy adabiyotni turlarga ajratishda tasvir perdmetini, ya’ni, konkret asarda nima tasvirlanayotganini asos qilib oldi: epos - voqeani, lirika - ruhiy kechinmani, drama harakatni tasvirlaydi. Keyinroq, XIX asrda yashagan rus tanqidchisi V.G.Belinskiy ham, asosan, Gegel an’anasini davom ettirdi. Ayni paytda, u asardagi ob’ekt (voqelik) va sub’ekt (ijodkor) munosabatini ham e’tiborga oldi, ya’ni: eposda ob’ektivlik, lirikada sub’ektivlik, dramada ikkisining qorishiqligi kuzatilishini ta’kidladi. Eposni «ob’ektiv poeziya» (poeziya bu o‘rinda umuman badiiy adabiyot ma’nosida) deb atarkan, Belinskiy epik asar muallifi o‘zining ixtiyoridan tashqari «o‘z-o‘zicha amalga oshgan narsaning oddiy hikoyachisi» maqomida turishini, lirikani «sub’ektiv poeziya» deganida esa «unda ijodkor 41 shaxsiyatining birinchi planda turishi va barcha narsa uning shaxsiyati orqali qabul qilinishi va anglanishi»ni nazarda tutadi. Shuni unutmaslik kerakki, ob’ektivlik va sub’ektivlik degan tushunchalarni mutlaqlashtirmaslik zarur. Zero, eposni «ob’ektiv poeziya» deganimizda uning faqat o‘quvchi nazdidagina «ob’ektivlik» illyuziyasini xosil qilishi nazarda tutiladi, aslida esa epik asarda ham sub’ektiv ibtido mavjuddir.
Albatta, har bir adabiy turning qator o‘ziga xos jihatlari, o‘ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, shulardan biri - lirik asarlarning asosan she’riy yo‘l bilan, epik asarlarning asosan nasriy yo‘l bilan yozilishi. Xo‘sh, ayni shu narsa adabiy turning belgilovchi xususiyati sanala oladimi? Yo‘q, chunki, she’riy yo‘l bilan yozilgan epik va dramatik asarlar bo‘lganidek, nasriy yo‘l bilan yozilgan lirik asarlar ham mavjud. Shuningdek, konkret adabiy turga mansub asarlarning hajmi, ulardagi yetakchi nutq shakli, konflikt turi, problematikasi kabilarda ham sezilarli farqlar kuzatiladi. Lekin bu xususiyatlardan qay birlari belgilovchi sanalishi mumkin?
Mavjud tasnif prinsiplari orasida, bizningcha, Gegel taklif etgan tasvir predmetidan kelib chiqqan holda turlarga ajratish tamoyili hozircha eng maqbuli ko‘rinadi. Ya’ni, biz badiiy asarlarni turlarga ajratishda konkret asarda nima tasvirlanganidan kelib chiqamiz: dramatik asarda harakat, lirik asarda kechinmalar, epik asarda voqelik (voqealar) tasvirlanadi. Mazkur qarashni biroz rivojlantirib, turlarga ajratishda badiiy asarda nimaning obrazi yaratilganini qo‘shimcha asos sifatida qabul qilish mumkinki, bu tasvir predmeti asosidagi tasnifni to‘ldiradi: lirikada sub’ektning noplastik obrazi, buning ziddi o‘laroq dramada ob’ektning plastik obrazi, eposda esa ob’ekt va sub’ektning qorishiq obrazi yaratiladi. Nima uchun lirikada «sub’ektning noplastik obrazi» yaratiladi deb aytamiz? Ma’lumki, lirik asarning yetakchi obrazi — lirik qahramon. Biz lirik asarni o‘qiganimizda lirik qahramon holatini, kayfiyatini, kechinmalarning qanday holatda yuzaga kelganligini, uning hiskechinmalariga turtki bo‘lgan voqelik fragmentlarini his qilishimiz, tasavvur qilishimiz mumkin.
Biroq lirik qahramonning o‘zini, aytaylik, romandagidek jonli inson (ya’ni, ob’ektivlashtirilgan tasvir) sifatida ko‘z oldimizga keltirolmaymiz. Dramada biz ob’ektning plastik obrazini ko‘ramiz - qahramonlar real xatti-harakatda bo‘ladilar, ularni jonli inson sifatida ko‘rsatiladi. Ayni paytda, dramada sub’ekt obrazi yo‘q. Eposda bu ikkisiga xos xususiyat qorishiq: biz so‘z bilan tasvirlangan badiiy voqelikni xayolimizda jonlantirishimiz mumkin, ayni paytda, unda muallif obrazi ham mavjud. Epik asardagi muallif obrazi ham, xuddi lirik asardagidek noplastik obraz, zero, biz uning voqea-hodisalarga munosabati, kayfiyati, o‘y-qarashlarini va harakatlarini har vaqt sezib turamiz, biroq, muallif obrazi boshqa personajlar obrazi singari ko‘z oldimizda jonli inson sifatida gavdalanmaydi (asarda uning ob’ektivlashtirilgan tasviri yo‘q).
Adabiy turlarga ajratishning belgilovchi prinsipini aniqlab olgach, endi har bir adabiy turga mansub adabiy asarlarga ko‘proq xos bo‘lgan (ya’ni, belgilovchi bo‘lmagan) xususiyatlar haqida ham to‘xtalish mumkin.
Badiiy adabiyotda tipiklik muammosi
Borliqdagi hamma narsa ko'zga aniq tashlanib turgani bilan hayotning mohiyatini ochmaydi. hayot haqiqatini ochish, undagi yetakchi tendensiyalarni pay-qash uchun san'atkor tadqiqot olib boradi, borliqdagi voqealarni ta'lil qilib hayotdagi jarayonlarning mohyaitiga kirib boradi. Chunki alohida narsa va hodisalar hali hayotning qonuniyatlarini ochmaydi. Hayot haqiqatini, uning qonuniyatlarini ochish uchun san'atkor hayot xodisalarini umumlashtirishi, muhimini nomuhimidan ajratish kerak bo'ladi. Xayotni badiiy ifodqilar ekan, yozuvchi voqeahodisalardan eng muhimlarini tanlaydi. Ko`pchilik odamlar narsalarga xos bo'lgan yetakchi jihatlarni ayrim odamlarda, narsalarda mujassamlaydi. Xullas, yozuvchi hayotdagi voqealarni umumlashtiradi, quyuqlashtiradi, yaxlitlashtiradi va tiniqlashtiradi. Ana shu tipiklashtirish deyiladi. Tipik holat va obrazlar voqelikni haqqoniy tasvirlashga imkon beradi. Faqat tipik holat va obrazlargina kitobxonga hayot to`g`risid
tasavvur beradi xolos. Asarning qimmati ham yozuvchining tipiklashtira olish mahorati, tipiklashtirilganlik darajasi bilan belgilanadi. Umumlashtirish, quyuqlashtirish, tiniqlashtirish badiiy asardagi hamma komponentlarda voqealar, manzaralar tasviri, narsa va predmetlar hamda hayvonlarni tasvirlashda kayfiyat va holatlarni berishda ham amalga oshiriladi. Ayniqsa asarda tasvirlangan inson obrazlarini tipiklashtirish muhim ahamiyatga egadir. 


  1. Download 29.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling