Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering. Javob


Download 31.56 Kb.
Sana05.11.2019
Hajmi31.56 Kb.
    Навигация по данной странице:
  • Savol
  • VI bobi

2011-yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi sessiyasida Andijon viloyatining Asaka shahrini Asaka tumaniga birlashtirish haqida qaror qabul qilindi. Mazkur qabul qilingan qaror asosida Asaka shahrining Asaka tumaniga birlashtirilishi keyinchalik mazkur hududni ma’muriy jihatdan boshqarishda muayyan bir qiyinchiliklarni keltirib chiqara boshladi.Tuman hokimi shaharning infratuzilmasi, aholi soni va yer maydoni shahar tashkil etishga yetarli ekanini asos sifatida olib, shaharni qaytadan tuzishni so‘rab, Vazirlar Mahkamasiga iltimosnoma bilan murojaat qilish lozim ekanligini aytib, tuman mahalliy kengashi qarorini chiqargan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga murojaat qiladi. Mazkur hokim tomonidan qilingan murojaat Vazirlar Mahkamasi tomonidan rad etildi.

Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering.

Javob: Yuqorida berilgan muammoli vaziyatga javob berish uchun biz quyidagi masalalarga javob topamiz:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qoununchilik palatasining ma’muriy-hududiy tuzilish masalalar bo‘yicha vakolatlari qandayligi;

  2. Ma’muriy-hududiy tuzilish muammolarini hal etish davlatning qaysi siyosiy organi yoki tashkiloti vazifalariga kirishi;

  3. Ma’muriy-hududiy tuzilish muammolari yuzasidan murojaat qilish tartibi qandayligi;

  4. Shaharni qayta tashkil etish tartibi va shaharni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan talablar.

Yuqorida belgilangan vazifalarga javob berishdan oldin biz ma’muriy-hududiy tuzilish haqida to‘xtalib o‘tamiz. “Ma’muriy-hududiya tuzilish - davlat hududining ma’lum qismlarga bo‘linishi hisoblanadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi ana shu boʻlinishga muvofiq tuziladi va ish olib boradi. Bunday boʻlinish idora etishning qulay boʻlishini, ishlab chiqarishni samarali tashkil qilishni nazarda tutib amalga oshiriladi. U,odatda, mazkur davlatning tabiiy-tarixiy, milliy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini aks ettiradi. Ma’muriy-hududiy tuzilish ikki boʻgʻinli (AQSH), uch boʻgʻinli (Buyuk Britaniya, Fransiya), toʻrt boʻgʻinli (GFR) boʻlishi mumkin. Juda kichik davlatlarda (Malta, Bahrayn) umuman ma’muriy-hududiy tuzilish yoʻq.”1

O‘zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasining O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga bag’ishlangan VI bobi, 68-moddasida:

O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat deyiladi.



  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlariga bag’ishlangan 78-moddasida – O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish, tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish Oliy Majlis palatalarining brigalikdagi vakolatlariga kirishi belgilangan. Demak, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi o‘zi Andijon viloyatining Asaka shahrini Asaka tumaniga birlashtirish haqida qaror qabul qilishga haqli bo‘lmagan. Bu masalada Oliy Majlis palatalari birgalikda qaror qabul qilishlari lozim edi.





1  OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling