Savollar Axborotlashgan jamiyat va uning rivojlanish istiqbollari Tarmoq texnologiyalari va internet xizmatlari


Download 20.82 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi20.82 Kb.
#1235509
Bog'liq
Axborotlashgan jamiyat va uning rivojlanish


Savollar
1. Axborotlashgan jamiyat va uning rivojlanish istiqbollari
2. Tarmoq texnologiyalari va internet xizmatlari
3. Zamonaviy axborot texnologiyalar va internet madaniyati
JAVOBLAR
1. Zamonaviy jamiyatda insonning ishlab chiqarish faoliyati umumlashgan ishlab chiqarish (UICh) doirasida kechmokda. UICh bir-biri bilan uzviy bog’liq fizik(moddiy) xamda axboriy-mantikiy qismlardan iborat. Ishlab chiqarishning axboriy-mantikiy qismiga kuch bergan mamlakatlar yukori ish unumdorligi va zamonaviy, xaridorgir maxsulotlar ishlab chiqarishga erishganliklari ma'lum. Axboriy-mantiqiy ishlab chiqarish (AMICh)ning resurslari asosini axborot, mexnat vositalarini Esa hisoblash texnikasi, uning dasturiy ta'minoti, axborot texnologiyalari va boshqalar tashkil qiladi. Mexnat vositalari xamda aqliy mexnatni sarf qiluvchi, tajriba va bilimga ega insonlar AMIChning ishlab chiqarish kuchlarini tashkil qiladi. AMIChning maxsuloti abstrag’t ob'ekt (axborot, model) iste'mol predmeti sifatida namoyon bo’lmoqda. Axborotlashtirish (ingliz tilidan „Informatization“) — bu koʻp maʼnoli atama boʻlib, ilgʻor axborot texnologiyalari yordamida jamiyatda axborotdan foydalanish samaradorligini oshirish jarayonida, shuningdek, jamiyatning rivojlanishi va axborot jamiyatiga aylanishi jarayonida va postindustrial jamiyatning rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi.
Filippin universiteti professori Aleksandr Florning fikricha, axborotlashtirish anʼanaviy jamiyatlarga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Uning fikricha insonlar ko’p vaqtlarini internet va texnalogiyalarda o’tqazib atrofidagi holatlarni kormayotgani takidlangan.
Yangilanayotgan O‘zbekiston o‘z oldiga bugun shunchaki rivojlanishni emas, balki jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida eng kuchli davlatlar qatoridan o‘rin olishni asosiy marra qilib qo‘ygan. Buni oldindan ko‘ra bilgan, his qilgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yildagi parlamentga Murojaatnomasida taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shartligi, bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini berishi, zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib borayotganligiga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishi, biroq qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishishimiz zarurligi, shu bois raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi besh yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri sifatida belgilab berildi. Chunki raqamli texnologiyalar mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, eng og‘ir illatlardan biri – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham ular samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy soha rivojlanishiga xizmat qilishi qatorida odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkinligini o‘tgan qisqa fursat ko‘rsatib berdi.

2. Kompyuter tarmoqlarining tushunchasi va turlari.


Kompyuterlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:
1. Kabel yordamida bog‘lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o‘ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog‘lanadi.
2. Simsiz bog‘lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya’ni radio to‘lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog‘lanadi.
Bir-biri bilan bog‘langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog‘ini tashkil etadi.
Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumot almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan majmui. Kompyuterlar aro ma’lumotlarni almashishni ta’minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi.
Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati qujudga keldi. Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan (ma’lumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish, hamda butun dunyo kompyuterlarini o‘zida birlashtirgan Internet tarmog‘iga bog‘lanish mumkin.
Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar. Kompyuter tarmoqlari axborotlarni elektr signallari ko‘rinishida uzatish va qabul qilishga ixtisoslashgan muhit. Tarmoqlar biror maqsadga erishish uchun quriladi, ya’ni bog‘langan kompyuterlar orqali biror masalalarni yechish uchun ixtisoslashtiriladi. Tarmoq xizmatlariga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
Fayl server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar asosiy kompyuterning (server) ma’lumotlaridan foydalanish yoki o‘z ma’lumotlarini asosiy kompyuter xotirasiga joylashtirish mumkin;
Print server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar o‘z ma’lumotlarini xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali qog‘ozga chop qilishi mumkin;
Proksi server xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali bir vaqtda Internet yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin;
Kompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarning va ularda qayd qilingan foydalanuvchilarning tarmoqda o‘zini tutishi hamda faoliyat yuritishi belgilanadi va nazorat qilinadi.

3. Axborot mavzusi insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida muhim ahamiyat kasb etib, bugungi serqirra va intensiv hayotimiz, globallashuv jarayonlarida esa axborot yanada dolzarb masala bo‘lib, endilikda axborotga egalik, zamonaviy tizimlarining shakllanganligi mamlakatning demokratik rivojini sifatlovchi omilga aylandi. Zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalari jadal ommalashuvi natijasida ular jahon media maydoni sahnasida katta mavqega ega bo‘lib bormoqda. Shunday ommaviy muloqot vositalaridan biri – ijtimoiy tarmoqlardir. Hamon ommaviy kommunikatsiya hozirgi zamon sivilizatsiyasining muhim voqeligiga aylangan, taraqqiy etgan va endigina taraqqiyot yo‘lidagi davlat fuqarolari ham bir xil ehtiyojlardan kelib chiqib ommaviy muloqot sub’ekti darajasiga ko‘tarilayotgan ekan, bunda ijtimoiy tarmoqlar ustuvor vositaligini e’tirof etmay iloji yo‘q. Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda. Xususan: Internet tarmog‘ining milliy segmentini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida “Uz” domenidagi domen nomlari soni 30 168 tani (o‘sish 119%) tashkil etdi. UMail.Uz milliy elektron pochta tizimi foydalanuvchilari soni 398 500 dan ortdi (o‘sish 151%);


«Intarget.uz» kompaniyasi «Milliy marketing markazi» assotsiatsiyasi bilan hamkorlik doirasida O‘zbekiston internet-statistikasi maxsus sonini chiqardi. Unda foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlarga qancha kirgani, eng ommalashgan mobil ilovalar top-ro‘yxatlari va boshqa muhim ma’lumotlar keltirildi. O‘znetning eng ommalashgan 10 sayti ro‘yxatida, Milliy qidiruv tizimi (www.uz) talqini bo‘yicha, 2018 yilning 15 yanvar holatida sutkasiga 330 ming tashrif kuzatilgan (www.daryo.uz) yangiliklar sayti yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda yana bir yangiliklar sayti — (www.kun.uz), uchinchi o‘rinni esa sport yangiliklarini yorituvchi (www.stadion.uz) sayti band etgan.
O‘zbekistonlik internet-foydalanuvchilar orasida «Odnoklassniki», «Facebook» hamda «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlari juda ommalashgan. Misol uchun, ikki million foydalanuvchi «Odnoklassniki»ga muntazam kirib turadi, «Facebook» auditoriyasi esa «Instagram» bilan birgalikda 1 mln. 600 mingdan oshadi. «Google» O‘zbekistondagi eng ommalashgan qidiruv tizimi hisoblanadi. Uning xizmatlariga internet-foydalanuvchilarning 76 foizi, «Yandex»ga esa 19 foizi murojaat qilib kelmoqda. «Telegram» O‘zbekistondagi eng urf bo‘lgan messenjer. Mamlakatimizdagi telegram-kanallar orasida har biri 217 mingdan ortiq a’zo to‘plagan «Prikol» va «Kun.uz» yetakchi sanaladi. Shuningdek, axborot sohasida 1254 ta ommaviy axborot vositasi, shundan 100 TVR, 1032 ta Internet-kafe, 939 ta Internet provayder, 187 ta davlat axborot resursi, "Ziyonet" yoshlar axborot portali, 1026 ta axborot-kutubxona muassasasi faoliyat yuritmoqda. Bularning barchasi fuqarolarimiz, xususan, yoshlarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqining ifodasidir. Global axborot makoniga real ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, hozirda keng jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida nosog‘lom manfaatlar, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta’siridagi agressiv axborotlarning (o‘z joniga qasd qilishning oson yo‘llarini targ‘ib qiluvchi 9 ming, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlar, kompyuter o‘yinlari zo‘ravonlik va yovuzlik, o‘ta jangari ruhdagi (beshafqat urushlar, o‘ldirishlar, otishmalar, portlatishlar va hokazo) Internet saytlar mavjudligi), milliy axborot makonimizga kirib kelishidir. Jahonning 38 foiz yoshlari shafqatsizlik, zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi materiallar ta’siriga tushayotgan bo‘lsa, yana bir qanchasi o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib qiluvchi 9 mingdan ziyod saytlar orqali osongina jon taslim qilish "saboq"larini o‘rganmoqda.
So‘nggi yillarda terrorchi tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilishga qaratilgan veb-saytlarning soni 7000 dan oshdi. Ular millatchilik ruhidagi va ma’lum bir davlatning amaldagi tuzumiga qarshi qaratilgan noxolis axborotlarni tarqatish bilan mashg‘ul bo‘lib kelmoqda. Fikrimizcha, internet tarmog‘ida foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlashning eng maqbul yo‘li undan foydalanish madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi. Vaholanki, bugun internet olamida keng uchrayotgan kiberjinoyatlar, g‘oyaviy va texnik (xakerlik) buzg‘unchiliklar foydalanuvchilarning aynan internet madaniyati me’yorlariga rioya qilmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda. Axborotlar tezkor internet orqali qabul qilinar ekan, uning aksariyat foydalanuvchilari yoshlar hisoblanadi. Axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli xil siyosiy, mafkuraviy va boshqa kuchlar (120 ga yaqin davlat axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib bormoqda) o‘zlarining g‘arazli manfaatlari yo‘lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, axborot erkinligini suiiste’mol qilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini ko‘rsatish orqali, hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg‘itish, ularning ongi va qalbini egallash yo‘lidagi intilishlarini kuchaytirayotgani sir emas. Nosog‘lom axborot oqimlaridan yoshlarni himoyalashga oid dunyoda qator huquqiy mexanizmlar yaratilgan.
Jumladan, xalqaro amaliyotda "Kiber jinoyatlar to‘g‘risida" Konvensiya, "Voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz Internet va onlayn resurslarni joriy qilish to‘g‘risida" Yevropa Ittifoqi Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, "Bola huquqlari to‘g‘risida" BMT Konvensiyasini, "Yoshlarni himoyalash to‘g‘risida" Germaniya, "Voyaga yetmaganlarni ommaviy axborotning salbiy ta’siridan himoyalash to‘g‘risida" Litva va "Bolalarni sog‘ligi va rivojlanishiga ziyon yetkazuvchi axborotdan himoyalash to‘g‘risida" Rossiya qonunlarini tilga olishimiz mumkin. Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog‘lom axborotlardan himoyalashning mexanizmlari mavjud. Xususan, "O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida"gi Qonunda "O‘zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo‘ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man etilishi", "Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunda "Pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanishi" belgilab berilgan. Axborot asri davrida yoshlarga yopirilib kelayotgan axborotlardan foydalana olishlari, xususan, nosog‘lom axborotlardan himoyalana olishlari, kommunikatsiya vositalaridan to‘g‘ri foydalana bilishlari uchun bilim va tajriba kerak bo‘ladi. Aynan mana shu borada ular kattalar, ayniqsa, ota-onalar va pedagoglarning ma’naviy-ruhiy ko‘magiga muhtoj. Darhaqiqat, axborot makonida tahdidlar bor ekan, Milliy axborot makonimizga chegara qo‘yib bo‘lmaydi. Shunday ekan, yoshlarga sog‘lom axborot muhitini yaratib, ular ma’naviy olamining daxlsizligini asrash asosiy vazifalarimizdan biridir.
Download 20.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling