Savollar: Byudjet ijrosida g’aznachilik tizimining zaruriyati nimada? G’aznachilikning xususiyatlaridan qaysi biri asosiy hisoblanadi? Davlat moliyasining soha va bo’g’inlari qaysilar? Byudjet ijrosi necha turga bo’linadi?


Download 60.5 Kb.
bet5/5
Sana09.01.2022
Hajmi60.5 Kb.
#258618
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mallayev Adham g'aznachilik

5. Byudjet jarayoni - byudjet loyihasini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinishi bilan bog’liq bo’lgan davlat hokimiyati va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda boshqa byudjet jarayoni ishtirokchilarining maqsadli faoliyatidir. Uning mazmuni mamlakatning davlat va byudjet qurilishi, tegishli vakolatli organlar va yuridik shaxslarning byudjet huquqlari bilan belgilanadi.

Byudjet ijrosi davomida barcha operatsiyalar va byudjetning mablag’lari g’aznachilikning balans hisob varaqlarida aks ettiriladi. Bu hisob varaqlari Markaziy bank va kredit tashkilotlarida joylashgandir. G’aznachilik tizimi byudjet mablag’lariga nisbatan kassaning yagonaligi printsipini ta’minlaydi. Bu printsip barcha kelib tushuvchi daromadlar va byudjet defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushumlarni hamda ko’zda tutilgan barcha xarajatlarni amalga oshirishni byudjetning yagona hisob varag’idan amalga oshirilishini taqozo etadi. Mamlakat byudjet tizimi barcha darajalarining byudjetlari kassaning yagonaligi printsipi asosida ijro etishi kerak.



Byudjet ijrosini ta’minlashda Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat byudjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi byudjetlarning qonun hujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlar doirasida bajarilishi uchun javobgardir. Shuning uchun ham Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling