Savollar: Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va sotsiologizatorlik kontseptsiyalari
Download 78.89 Kb. Pdf ko'rish
|
Falsafa
Variant-8 Savollar: 1. Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va sotsiologizatorlik kontseptsiyalari. 2. Voqelik va oʼzgarish jarayonida ayniyat va ziddiyat dialektikasi. 3. Jamiyatning maʼnaviy hayoti va uning oʼziga xos xususiyatlari. Javoblar: 1. Introvertiv yondashuv insonning ong, jon, ruhiyat, instinktlar, nuqsonlar, fazilatlar kabi muhim xususiyatlarini tahlil etib, uni ichidan tushunish, anglab yetishni nazarda tutadi. Bunda insonning jismoniy va ma’naviy mohiyati haqidagi falsafiy mulohazalar aksariyat hollarda tabiiy fanlarning empirik ma’lumotlariga, avvalambor biologiya va psixologiya yutuqlariga tayanadi, lekin, ba’zan mistika, ezoterika, okkultizm bilan belgilanadi. Ekstravertiv yondashuv insonga nazar tashlash, uning mohiyatini tahlil qilish go‘yoki sirtidan amalga oshiriladiki, buning natijasida diqqat markazidan uning ijtimoiy va tabiiy mohiyati o‘rin oladi, tegishli mo‘ljallarga muvofiq insonning Xudo, kosmos, universum va shu kabilar bilan aloqasi tahlil qilinadi. Bu yerda falsafa ko‘pincha tarix, sotsiologiya, ekologiya, teologiya bilan ittifoq tuzadi. Shunday qilib, insonni falsafiy tushunish uchun yagona asos mavjud emas. Biologizatorlik konsepsiyalarining tarafdorlari, insonni uning tabiiy, biologik asosidan kelib chiqib tushuntirishga harakat qiladi. XVIII asr oxirida jamiyat hayotiga ayrim odamlarning o‘z mavjudligi uchun kurash maydoni sifatida qarashni taklif qilgan T.Maltus nazariyasini bunday tushuntirishga bo‘lgan birinchi jiddiy urinish, deb hisoblash mumkin. Maltus fikricha, bu kurashda kuchlilar g‘olib chiqadi, kuchsizlar esa halok bo‘lishga mahkumdir. Mazkur kurashga tabiiy omillar turtki beradi. Xususan, aholi soni geometrik progressiya bo‘yicha ko‘payib boradi, tirikchilik vositalari taklifi esa, faqat arifmetik progressiya bo‘yicha o‘sadi, bu esa muqarrar tarzda ocharchilik, epidemiyalar, urushlar va boshqa ijtimoiy tangliklarga olib keladi. Mazkur omillarga Maltus kuchlilarning yashab qolishini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarning “tabiiy”, muqarrar va hatto zarur tartibga solish vositalari sifatida qaragan. Biologizatorlik yondashuviga zid o‘laroq, sotsiologizatorlik yondashuvi inson tabiatini ijtimoiy munosabatlarda ko‘rishga harakat qiladilar. Bunda ular ba’zan nafaqat insonning ijtimoiy asosini uning biologik asosiga qarama-qarshi qo‘yadilar, balki so‘nggi zikr etilgan asosni hayvoniy va hattoki tuban, shu bois jiddiy e’tiborga loyiq emas, deb hisoblaydilar. Asosiy e’tibor ijtimoiy munosabatlar tahliliga va individ, shaxsning shakllanishida jamiyat qanday rol o‘ynashini aniqlashga qaratiladi. Ohirida ijtimoiy asos individual asosga qaraganda ustunroq ahamiyat kasb etadi, uni o‘ziga bo‘ysundiradi va qamrab oladi. Mazkur yondashuv total ijtimoiy tizimlarga va ularni asoslashga harakat qiluvchi falsafiy ta’limotlarga xosdir. Umuman olganda, bu individualizm va kollektivizm muammosidir . 2. Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, voqelik va o’zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo’lishi ham odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va xokazo. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bo’la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi bo’lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo’lolmaydi. Borliq narsa, voqea- hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin narsalar qanchalik xilma-xil, turli-tuman bo’lmasin, ular o’rtasida yaqinlik, aynanlik mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat jihatidan turli narsalardir, lekin baribir ular o’rtasida o’xshash tomonlar, belgilar bor. Qarama-qarshiliklar o’rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko’p hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelishi, me’yoriy o’zgarishlar tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo’lgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir. 3. Insoniyat yaratilibdiki u mukammallikka intilib keladi. Bunda ma'naviyatning, bilim va tarbiyaning o'rni beqiyosdir. Chunki inson bolasi bilim va tarbiya vositasida ulg'ayadi. Agar u bilim olmasa, yaxshi tarbiya topmasa hayotda o'z o'rnini topishi dargumon. Demak, olingan bilim va tarbiyaning inson ongida uyg'unlashib, uning turmush tarziga aylanishi inson ma'naviyatini yuzaga keltiradi. Shunday qilib, ma'naviyat arabcha, ma'nolar majmuyi, kishilarning falsafiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuyini tashkil etadi. Ma'naviyat deganda har qanday tabiiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy bilimlarning inson tafakkurida mujassamlashuvi va bu bilimlarning ko'nikma, malaka va hayot tarzlariga aylanib ketishi tushuniladi. Yoki bo'lmasa, ma'naviyat, insonning ruhiyatini, o'z-o'zini anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go'zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyati, aql-zakovati, maqsad va g'oyalarni qo'ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir. Inson va jamiyat ma'naviy hayotining rivojlanishida ijtimoiy va individual ongning roli kattadir. Chunki tabiat va jamiyatda yuz berayotgan turli-tuman o'zgarishlar ongda o'z aksini topadi. Kishilar o'z onglariga ta'sir etgan voqea-hodisalarga nisbatan o'z qarashlarini, fikrlarini ifodalaydilar. Ana shu ifodalash ijtimoiy va individual ong mahsuli sifatida namoyon bo'ladi. Fayziyev Temurbek IM-70/22 Download 78.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling