Savollar: Iqtiisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi
Download 19.18 Kb.
|
Iqtisodiy tahlil
1-mustaqil ish. Savollar: Iqtiisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi. Iqtisodiy tahlil fanining mazmuni. Iqtisodiy tahlilning maqsad va vazifalari Javoblar: Iqtisodiy tahlil fani juda qadimdan shakllanib kelayotgan fan hisoblanadi. Iqtisodiy tahlil fanining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot jarayonida har xil va juda ko’plab nomlar bilan nomlanib kelgan. Iqtisodiy tahlil fani quyidagi nomlar bilan nomlangan: Balansshunoslik Balans talqini Balansni tahlil qilish Hisobot tahlili Iqtisodiy tahlil Sotial – iqtisodiy tahlil Xo’jalik faoliyati tahlili Iqtisodiy tahlil Moliyaviy va boshqaruv tahlili “Tahlil” – so’zi lotincha “analiz” so’zidan olingan bo’lib bo’laklarga bo’lib o’rganish degan ma’noni anglatadi. Iqtisodiy tahlil fani iqtisodiy hodisa va jarayonlarni bo’laklarga bo’lib o’rganadi. Tadqiqotchi voqea hodisaning mohiyatini chuqur anglashi va u xaqida to’liq tasavvur va tushunchaga ega bo’lishi uchun uning ichki tarkibiy qismlariga kirib borishi kerak bo’ladi. Bu esa o’rganilayotgan iqtisodiy voqea hodisani alohida tarkibiy qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o’rganish rqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy tahlilning maqsadi – moliya xo’jalik faoliyatini xolisona baxolash va uni takomillashtirish zahiralarini aniqlashdan iborat. Iqtisodiy tahlilning bir qancha vazifalari mavjud bo’lib ular quyidagilardan iborat: O’rganilayotgan obektga to’g’ri va xolisona baho berish; Korxonaning biznes rejasini tuzish uchun tegishli axborotlar bilan taminlash; Tuzilgan biznes rejalarning to’g’ri va ilmiy asoslanganligiga baho berish; Har bir yo’nalishga tegishli omillarni aniqlash, ularni tasirini hisoblash va shu omillarni ishning samaradorligini oshirishga safarbar qilish va boshqa shu kabi bir qancha vazifalarini keltirib o’tishimiz mumkin Download 19.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling