Savollar: Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklaming vujudga kelishi: 2
Download 8.02 Kb.
|
Savollar-WPS Office
Savollar: 1. Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklaming vujudga kelishi: 2. Tarixiy manbalarga ko'ra, dastlabki banklar qayerda tashkil topgan? 3. Hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan banklaming dastlabki ко‘rinishlari qayerda va qachon vujudga kelgan? 4. “Bank” so‘zi qanday ma’noni anglatadi? 5. Banklarning iqtisodiyotdagi roli nimalarda namoyon bo‘ladi? 6. Banklarning o'ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo'ladi? Javoblar: 1. Banklaming vujudga kelishi tovar - pul munosabatlarining asosiy elementlari sifatida, pulning qiymat shakli paydo bo‘lishi bilan bir davrga to‘g‘ri kelgan. Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklaming vujudga kelishi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Ayrim iqtisodchi olimlar banklami feodalizm davrida vujudga kelganligini ta’kidlashsa, ulaming ayrimlari esa kapitalistik tuzumning dastlabki davrlarida paydo bo‘lganligini ta’kidlaydi. Uchinchi guruh olimlar, banklar faoliyatiga xos bo‘lgan operatsiyalar miloddan ilgarigi davrlarda paydo bolganligini qayd etadilar. 2. Tarixiy manbalarga ko‘ra, dastlabki banklar Gretsiyada paydo boʻlgan, keyinchalik xalqaro savdo munosabatlarining rivojlanishi natijasida Yevropa mamlakatlarida banklar vujudga kelgan. Shuningdek, natural xo‘jalikning barham topishi, tovar - pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida hisob-kitoblar va kreditlaming roli shiddat bilan ortib bordi. 3. Hozirgi kunda, siz bilan biz bank sifatida biladigan moliyaviy muassasalaming dastlabki ko‘rimshlari XVI asrda Angliyada vujudga kelgan. E’tiborli jihati shundaki, dastlabki bankirlar oltin metallardan turli zebu - ziynatlar yasaydigan zargarlar yoki yirik savdo bilan shug‘ullanadigan savdogarlar ichidan chiqqan. Shuningdek, Florensiya va Venetsiyada XVI asrda jirobanklar vujudga keldi. Keyinchalik banklar Amsterdam, Gamburg, Milan, Nyurenberg kabi yirik shaharlarda tashkil topa boshlagan. Ushbu banklar asosan yirik savdogarlaming oltin tangalarini saqlash va ulaming toiov hisobkitoblarini amalga oshirish bilan shug‘ullangan. 4. Bank so‘zi italyancha “banco” so‘zidan olinib “stol” degan ma’noni anglatadi. Garchi valyuta ayirboshlash operatsiyalari dastlabki banklarning 1-operatsiyasi bo‘lsada , hozirgi paytda banklarning jamiyatdagi o‘rni ularning kredit operatsiyalari bilan belgilanadi. Qadimgi Gretsiyada pul almashtiruvchi odamlarni “trapezida” (grekcha-stol), Qadimgi rimda “mensarilar”( lotincha-stol) deb atashgan. 5. Banklaming mohiyati va funksiyalari, shuningdek, bajaradigan operatsiyalari va ko‘rsatadigan xizmatlari ulaming iqtisodiyotdagi rolini belgilab beradi. Banklaming iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e’tibomi ulaming vujudga kelish omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga qaratish lozim. Banklaming roli ulaming funksiyalari kabi ma’lum darajadagi xususiyatlarga egadir. Banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan bolishidan qat’iy nazar, iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega boigan operatsiyalami bajaradi. Shu bois ham banklar qanday mulkiy shaklda yoki ixtisoslikda tashkil topgan bolishidan qat’iy nazar, ular iqtisodiyotda alohida ahamiyat kasb etadi. 6. Banklaming iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, bu ulaming xo‘jalik yurituvchi subyektlar, aholi va davlat tashkilotlari o‘rtasida amalga oshiriladigan hisob-kitoblami tashkil etishi va ulaming ustidan tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik subyektlari o‘rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi. Bulaming barchasi banklar tomonidan amalga oshiriladi va tartibga solib turiladi. Download 8.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling