Savollar: Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi
Download 201.18 Kb.
|
1 2
Bog'liqWbrjKLTTrYRRQbIcfm0 180vfKpG6EDu
Qobulov Sherali Iqtisodiy tahlil fanidan 1 chi mustaqil ishi Savollar: Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi. Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy-matematik usullarni qo’llashning zaruriyati. Iqtisodiy tahlilning oddiy-an’anaviy usullari. Javoblar: Kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan insoniyat ongi rivojlanib va takomillashib borgan. Insoniyat ongi rivojlanishi natijasida borliqni o‘rganish borasida turli fikr va qarashlar paydo bo‘la boshlagan. Fikrlaming shakllanib, takomillashib borishi natijasida ma’lum bir fanlarga asos solingan. Har qanday fanning vujudga kelishi uchun hayotiy zaruriyat tug‘ilishi lozim. Shu tufayli fanning shakllanishi biror shaxsning ijod mahsuli bo‘lib qolmasdan, balki obyektiv jarayonga tayanadi. Xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fatii ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan buxgalteriya uchyoti va statistika kabi fanlar asosida vujudga kelgan. Bu uchun esa obyektiv shart-sharoitlar yaratilgan. Korxonalami to‘g‘ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaxshilash, raqobatbardoshlik quw atini oshirish xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishni talab qildi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa hisobotlarda ifodalangan ba’zi ko‘rsatkichlarga izoh berishni talab qildi. Bular esa o‘z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun obyektiv asos bo‘lgan. Bular esa o‘z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun obyektiv asos bo‘lgan. Tahlilning elementlari birinchi marta 1880-yillarga chiqa boshlagan «Schyotovodstvo» jum alida paydo bo‘la boshlagan. Shunday qilib, tahlilning ba’zi elementlari mavjud bo‘lgan fan - «Balansshunoslik» fani paydo boigan. Fanning «Balansshunoslik» deb nomlanishiga asos bo‘lgan, chunki o‘sha paytlarda xo‘jalik faoliyatining natijasi asosan buxgalteriya balansida ifoda etilgan. Balans m a’lumotlariga asosan korxonaning mablag‘i yoki ular manbaining ma’lum muddatda o‘zgarishi aniqlanadi. Lekin shu o‘zgarishlar nima evaziga sodir bo'layotganligi, ularga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatayotganligi korxona egalari uchun muhim bo‘lib bordi. Bu esa balansdagi ko‘rsatkichlami batafsil tahlil qilish zaruratini vujudga keltirdi. Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar o'ziga xos tarixga va bir qancha nomlarga ega bo‘ldi. Iqtisodiy tahlilning vujudga kelishi tarixi, bu bo‘yicha nashr qilingan adabiyotlar, uning fan sifatida shakllanishi va nomining ham takomillashib borganligidan dalolat beradi. Shu yo‘l bilan iqtisodiy tahlil shakllandi va mustaqil fanga aylandi. Shunday qilib tahlil fani rivojlanguncha bir qancha evolyutsion yo‘llni bosib o‘tdi. Mazkur evolyutsion yo‘l orqali tahlil fani rivojlandi va takomillashib bugungi kungi holatga keldi. Ushbu fan o‘zining evolyutsion rivojlanish yo‘li davomida bir qancha nomlar bilan atalgan. Dastavval, xo‘jalik subyektlarining asosan balans m a’lumotlarini tahlil etish maqsadiga qaratilganligi bois sobiq ittifoq davrida tahlil fani “Balansshunoslik” deb yuritila boshlangan, ya’ni balansni o‘rganuvchi, tahlil etuvchi fan deb qaralgan. Bu evolyutsion rivojlanish yo‘lini quyidagi chizmada ham ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy tahlilning vujudga kelish tarixini ko‘z oldimizga yaqqolroq keltirish uchun shu sohaga bag‘ishlangan adabiyotlami xronologik jihatdan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Kishilik jamiyati rivojlanishi davomida bir qancha tuzimlami o‘z boshidan o‘tkazdi. Jumladan, jamiyat taraqqiyotida sotsialistik tuzum vujudga kelgandan so‘ng tahlil fani rejali iqtisodiyotga asoslangan ko‘rsatkichlami va buxgalteriya balansidagi moddalarni batafsilroq o‘rganishga kirishdi. Bu esa tahlil fanining ahamiyatini oshirmadi. Sobiq ittifoqda 1920-yillarga kelib, ittifoq iqtisodchi olimlaridan R.N.Xudyakov «Анализ баланса» va «Регулярные очерки балансоведения» asarlarini, N.A. Kirarisov «Основы балансоведения» va «Ростроение балансов и анализ» asarlarini chop ettirdi. Bu kitoblarda asosan iqtisodiy tahlil bir yoqlama bo‘lib, faqat buxgalteriya balansi moddalarini tahlil qilish usullari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Fanning yuqorida ta’riflangan tadrijiy rivojlanish yo`lidan ham ko‘rinadiki, bugungi kunda iqtisodiy tahlil muhim ikkita qismga ajratilgan. Ya’ni boshqaruv tahlili va moliyaviy tahlil qismlariga. Boshqaruv va moliyaviy tahlil birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy tahlilini tashkil etadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, iqtisodiy tahlil (moliyaviy va boshqaruv tahlili) ham yangilanish davrini boshdan kechirmoqda. Uning mazmuni rejaning bajarilishini tahlil qilishdan jahon andozalari talablariga javob beradigan ko‘rsatkichlami o‘rganishga qaratilmoqda. Bu borada ijtimoiy mahsulotdan yalpi ichki mahsulot va shundan kelib chiqadigan ko‘rsatkichlar tizimiga o‘tish ko‘zda tutilmoqda. Iqtisodiy tahlil - bu iqtisodiy hodisa va jarayonlar mohiyatini anglash, tarkibiy qismlarga bo‘lishga asoslangan. Ulami ko‘p qirrali aloqa va bog'liqligini o‘rganishdir. Tahlil fanining paydo bo‘lishi har qanday yangi bilimlami paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan obyektiv sharoit va talablami vujudga kelishidir. Iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri korxonalar faoliyatida iqtisodiy-matematik usullardan hamda bu boradagi ilg‘or axborot texnologiyalaridagi yangiliklardan samarali foydalanishdir. Ushbu tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga tadbiq etilishi, iqtisodiy tahlil imkoniyatlarini oshirib, yanada ko‘proq turdagi va murakkab tavsifdagi masalalarni qisqa muddatda to‘g‘ri hal qilish imkonini beradi. Natijada, korxona iqtisodiy faoliyatidagi juda ko‘plab omillar topiladi hamda o'rganiladi, iqtisodiy resurslardan foydalanishning eng maqbul yo‘llari tanlanadi, qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari ilmiy jihatdan asoslanadi hamda faoliyat samaradorligini oshiruvchi zaxiralar aniqlanib, ular maqsadga muvofiq yo‘naltiriladi. Matematik usullar iqtisodiy tahlil vazifalarining ilmiy tasnifi hamda iqtisodiy-matematik modellashtirish metodologiyasiga asoslangan holda qo‘llaniladi. Iqtisodiy tahlil jarayonida bir qator matematik modellarning tiplari qo‘Ilanidadi. Xususan, ularning ko‘p uchraydiganlari quyidagilardir: additiv model, multiplikativ model, kasrli model. Download 201.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling