Savollar Muloqot psixologiyasi va muloqot madaniyati. Kadrlar tayyorlash milliy modeli nima?


O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqot olib borish yullari


Download 81 Kb.
bet3/6
Sana15.03.2023
Hajmi81 Kb.
#1271900
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
60-variant Raxmatullayeva

O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqot olib borish yullari. O’qituvchining ish faoliyati davomida o’quvchilar bilan muomala – munosabatlari katta urin egallaydi. Bu jarayonda bola insoniyat tuplagan bilimlarni, muomala qilish tajribalarini egallab oladi. O’qituvchi esa pedagogik jarayonda asosiy shaxs bo’lib xizmat kiladi, unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. Shuning uchun ham o’qituvchiga bolaning muomalasiga, axloqiga, xulqiga nisbatan aloxida, katta talablar kuyilgan.
O’qituvchi xayotga endigina kadam kuyayotgan bolalar bilan doimo muloqotda bo’ladi. Bolalar o’qitish va tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy urf – odat mezonlarini o’zlashtiradilar. O’quvchi muomala odobini, muloqot olib borish yulini asosan o’qituvchi timsolida anglab oladilar. Muallim bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo’lib qoladi.
Afsuski, hamma muallimlar ham bolalar nazarida shunday bo’lib kolmaydi. O’zining ko’pol muomalasi bilan o’quvchini ukishdan sovitib, dilini ranjitadigan o’qituvchilar ham axyon – axyonda uchrab turadi, albatta. Xayotda, amaliyotda bunga ko’plab misollar topiladi. Bunday o’qituvchilar bolalar orasida obru orttira olmaydilar.
O’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muloqotni tartibga soluvchi talablardan biri bolaning xulqini, muomalasini, bola bajargan ishini odilona to’g’ri baholashdir. Xulqi, muomasida esa bolaning biror kishi yoki narsaga munosabati ham ifodalanadi.
Pedagogik faoliyatda sinfdan va maktabdan tashkari ishlar o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muloqotning muxim soxalaridan biri xisoblanadi. Sinfdan va maktabdan tashkari ishlarning turi nixoyatda ko’p bo’lib, o’qituvchi tomonidan muloqot jarayonida u ishlarni xususiyati va bajarish jarayoni, natijasi haqida tulik tushuntirishiga bog’liqdir.
Muloqotlar jarayonida o’qituvchi ayrim talablarga rioya qilishiga to’g’ri keladi:
O’z ishi jarayonida o’qituvchi har bir o’quvchining kadr – kimmatini inson sifatida xurmat qilishi, o’quvchiga nisbatan ishonch;
Bolaga mehribon, gamxur bo’lishi, shodligiga ham, tashvishlariga ham sherik bo’lish;
Bolalar bilan har qanday muloqot jarayonida aloxida yondoshish, pedagogik taktni saklash.
O’qituvchi faoliyatida sharkona umuminsoniy kadriyatlardan foydalanish. Muallimlik kasbi shunday sharafli, ishonchli va olijanob kasblardan bo’lganligi uchun ham Milliy dasturdan, ta‘lim to’g’risidagi Qonundan kelib chikadigan vazifalarni maktab o’quvchilari, o’quv yurtlarining pedagog xodimlari, professor o’qituvchilari bajaradilar. Shuning uchun ham «Qonun»da pedagog xodimlar o’zlarining kasb – kor sha‘ni va kadr – kimmatlarini ximoya qilishlari : odob – axloq koidalariga rioya etishlari, bola, o’quvchi va talaba, o’qituvchi – o’quvchi shaxsning kadr – kimmatini xurmatlashlari; ularni mexnatga, qonunlarga, ota – onalar va xotin – kizlarga, ma‘naviy – tarixiy, madaniy – milliy va umuminsoniy kadriyatlarga xurmat ruhida atrof – muxitga extiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashlari, o’zlarining butun faoliyatlari va shaxsiy namunalari bilan umuminsoniy axloq koidalariga, xakikat, adolat, vatanparvarlik, yaxshilik va bashqa xayrli xislatlarga nisbatan xurmatni qaror toptirishlari; usib – ulgayib kelayotgan avlodni bir – birini tushunish, xalqlar o’rtasida, shuningdek barcha elatlar, millatlar va diniy guruhlar o’rtasida tinchlik, axil – inoklik ruhida tarbiyalashlari lozim.



Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling