Savollar php sinatksisi haqida tushuntiring?


PHP da massiv qanday e’lon qilinadi?


Download 25.84 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi25.84 Kb.
#1539160
1   2   3
Bog'liq
Maxsud Web Dasturlash6

3.PHP da massiv qanday e’lon qilinadi?
PHP da massiv quyidagi ko'rinishda e'lon qilinadi:

$massiv = array(value1, value2, value3, ...);


Bu yerda "value" o'zgaruvchilari massivning har bir elementini ifodalaydi. Massivlar sonlardan va matnlardan iborat bo'lishi mumkin.


4.COOKIE haqida tushuncha bering?
COOKIE - bu veb-saytlarda foydalanuvchi ma'lumotlarini saqlash uchun ishlatiladigan qisqa matnli fayllar. Cookie foydalanuvchi identifikatsiyasi, saytning xizmatlari va tilini saqlash, istalgan sozlamalarni yodda saqlash va boshqa imkoniyatlarni taqdim etish uchun ishlatiladi. Cookie siz saytga kirganingizda avtomatik ravishda yaratiladi va ular sizning kompyuterda saqlanadi. Cookie foydalanuvchining xohishiga qarab o'zgartirilishi mumkin, lekin bundan tashqari shuningdek ularni bekor qilish ham mumkin.
5. PHP da obyekt tushunchasiga ta’rif bering?
PHP obyektga asoslangan dasturlash tili bo'lib, har qanday dastur yoki ilovani ishlab chiqishda obyektga asoslangan dasturlash paradigmiga amal qilib, sinflar va obyektlarni yaratish imkonini beradi.
Sinf - mahalliy(lokal) o'zgaruvchilar va mahalliy(lokal) metodlarni o'z ichiga olgan foydalanuvchi tomonidan belgilangan ma'lumotlar turi(data type).
Obyekt - klassda belgilangan lokal metodlarni chaqirishimiz mumkin bo'lgan va qiymatlari belgilangan lokal o'zgaruvchilarni saqlaydigan klass(class) ekzamplyari.
6.Obyektga yo’naltirilgan dasturllash deganda nimani tushunasiz?
Obyektga yo'naltirilgan dasturlash kodni obyektlar (yani ma'lumotlar va funksiyalar) sifatida tuzishga imkon beradigan obyektoriyentlangan bir dasturllash usuli. Bu usulda, kodning har bir qismi bir obyekt sifatida qaralgan va bu obyektning xususiyatlari va metodlari mavjud bo'ladi. Shular dastur yozuvlariga o'ziga xos bo'lib, shuningdek boshqa obyektlar bilan ham ishlash imkoniyatini beradi.
7.MVC nima?
MVC bu - MODEL (Model) VIEW (Ko'rinish) CONTROLLER (Kontroller) so'zlarning bosh harflari qisqartmasidan olingan bo'lib ARCHITECTURAL DESIGN PATTERN (Arxitekturaviy dizayn paterni) hisoblanadi. MVC sizning loyihangizni asosiy uchta qatlamga (MODEL,VIEW,CONTROLLER) ga bo'lish orqali dasturning strukturasini qulaylashtiradi. Foydalanuvchidan kelayotgan so'rov controllerga yo'naltiradi. Controller business logic (bajariladigan vazifaning mohiyati) qismi hisoblanib, model bilan ishlashga javobgar sanaladi. Model malumotlar bazasi bilan aloqa qiladi va ko'p holarda malumotlar bazasidagi jadvalni ifodalaydi. Controller viewni tanlaydi va unga modelni jo'natadi. View foydalanuvchiga korinadigan tomonni ifodalaydi.
8.Model nima?
Model - ASP.NET MVC strukturasida modellar biznes logikani saqlovchi sinflardir. Ushbu sinflar loyihalarda saqlanadigan har qanday ma’lumotlarning modellarini yaratgan holda ulardan osongina foydalanish imkonini beradi. Ya’ni, loyihada qanday ma’lumot almashinuvi mavjud bo’lmasin, ularning barchasi «Models» papkasida sinflar ko’rinishida saqlanadi.
Faraz qilaylik, loyihada foydalanuvchilarga hisob yaratish, yaratilgan hisob ma’lumotlarini tahrirlah va hisobdan chiqish imkoniyatlarini bersin. Bunda biz har bir foydalanuvchiga oid ma’lumotlar: ID, Firstname, Lastname, Email va Password kabi ma’lumotlarni saqlashimiz uchun, aynan mana shunday xususiyatlarga ega sinfni «Models» papkasida yaratishimiz kerak bo’ladi.
public class User
{
public Guid Id {get; set;}
public string Firstname { get; set; }
public string Lastname { get; set; }
public string Email { get; set; }
public string Password {get; set;}
}

Download 25.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling