Savollar: psixolog sifatida sizning maslahatingiz


Download 15.8 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi15.8 Kb.
#1334359
Bog'liq
sherzod keys


1-Vaziyat Xozirgi kunda Zulayho opaga 65 yosh, eng katta qizlari esa 20yoshda. Boshqa farzandlariga qaraganda eng til topishmaydigan, har kuni janjaning sababi bo’ladigan va ularni doim yuzlarini yergaqaratadigan shu kenja qizlari Nargiza ekan. Nargiza darslarni o’z vaqtida bajaradi, oliygoxda yaxshi o’qiydi, xatto ishga ham joylashgan. Lekin ishga ham, o’qishga ham, uyda va mexmonlarga ham ko’ylak kiymas ,ekan. U faqat o’ziga yoqadigan rangli va tor shimlarda yurar ekan. Onasini aytishicha hech qaysi qarindosh va qo’shnilar bilan yaxshi muomala qilmasdan tez –tez o’qish xonasiga kirib ketar ekan. Xatto o’zini onasi Zulayho opa bilan uzoq vaqt gaplasha olmas ekan va shu sabab uyda har kuni deyarli shu mavzu yuzasdan ona bilan bola o’rtasida nizo kelib chiqar ekan.
Savollar: 1. psixolog sifatida sizning maslahatingiz.
2 vaziyat Bir boy,oilani yakkayu yolg’iz qizi, o’ziga to’q lekin ko’’ bolali uyga kelin bo’lib tushadi. Kelin bola bilan kuyov bola bir birini yoqtirib turmush qurdilar. Kelin bola o’zini yaxshi tomondan ko’rsatib, qaynona va boshqa oila a’zolarini xurmatini qozonadilar. Va namunali kelinlar singari qaynonasini aytganiniqilib, 2 haftada 1 marta uyiga boradi. Boshqa bo’sh ‘aytlari bo’lsa onasiga qo’ng’iroq qilish mumkin, lekin behudaga onasiga qo’ng’iroq qilmaydi. 2 haftada 1 marta uyiga borganda qizni onasi sog’inib faqat qiz bola bilan ga’lashib, kuyov bolaga hech qanday axamiyat bermaydi va vaqti kelsa kuyov bolaga kesatiq ga’larni ga’irib, quda va kuyovni shaniga tegadigan so’zlarni ga’iradi va bu salkam kichik – kichik janjallarga olib keladi. G’azabi chiqqan kuyov kelinga endi men ham, sen ham sening qizlik uyinga bormaymiz deb uyga kelganda kelinga aytadi.
Savollar:
1. Bu vaziyatni yengillashtirish uchun qanday yo’l tutish kerak deb o’ylaysiz?
2. Kuyovning o’rnida bo’lganingizda nima qilgan bo’lar edingiz? 
3. Kelinni o’rnida bo’lganingizda nima qilgan bo’lar edingiz?
4. Qaynona o’rnida bo’lganingizda nima qilgan bo’lar edingiz? 
3-vaziyat
O’ziga to’q oiladan va oliy o’quv yurtlarini bitirgan bir qiz turmushga chiqdi. Lekin uni qaynonasi hech qachon o’qimagan va
ishlamagan. Qaynona doimo uy ishlari va bola tarbiyasi bilan shug’ullanib kelgan bir ayol. To’ydan so’ng qaynona keliniga: “meni sizning o’qishingizga e’tirozim yo’q lekin, men har kuni qiladigan ishlarimni siz o’z vaqtida bajarmasangiz, men sizdan juda ham hafa bo’laman” – dedi. Yosh kelin esa qaynonasining tilablariga javob beradigan tarzda ulgira olmaydi va shundan so’ng oilada qaynona va kelin o’rtasida nizolar kelib chiqa
Boshlaydi.
Savollar:
. Psixolog sifatida siz bunday vaziyatga nima deb baho bergan bo’lar edingiz?
4-vaziyat
“Menda uchta farzand bor: besh yosh, uch yosh va bir yosh - men ularni juda yaxshi ko'raman. Men ular uchun hech qanday pul ayamayman, har qanday o'yinchoq, har qanday shirinlik sotib olaman. Lekin agar ular quloqsiz bo’lsalar, meni tinglamasa, men ularga baqiraman, bir xil vaqt urishim ham mumkin. Bolalar yig'laydilar - men esa tinchlanaman. Ba'zan barcha bolalarni boshqattan tug'ib, yaxshi ona bo'lishni xohlayman. Farzandlarim aqlli, chiroyli, ular boshqa onaga loyiq - yaxshi onaga. Men kabi emas.Bu erim bilan ham munosabatlarim yaxshi emas. U uyda hamma narsani qiladi, ishda uni qadrlashadi, ammo arzimagan narsalardan urishamiz. Men aqldan ozgan yoki ruhiy kasal emasman.“balki men erimni tashlab ketishim kerak, shunda umidsizlik, g'azab, boshqa, baxtli ayollarga nisbatan hasad bo'lmas?” Mening ko'p do'stlarim bor va ularning barchasi baxtli. Menda hech narsa yaxshi emas, oilaviy hayot yaxshi emas, bolalar itoat qilmaydi.
1)Vaziyatga baho bering.
2)Ushbu oilaning asosiy muammolarini aniqlang.
5-vaziyat
10-sinf o‘quvchisi Alisher kam ta‘minlangan oila farzandi bo‘lganligi 
uchun sinfdagi tashkiliy ishlarga har doim ham qo‘shila vermas edi. Kino,teatr va muzeylarga deyarli bormas, sinf to‘lovlarini ham vaqtida to‘lay olmas edi. Shunday kunlarning birida sinfni ta‘mirlash uchun pul yig‘ilayotganida Nodir vaqtida pulni olib kela olmadi Shunda o‘qituvchi "Seni pullaringsiz ham sinf ta‘miri bitadi." Ozi bu sinf uchun nima ish qilgansan. Aslida foydangdan ko‘ra zararing ko‘proq. O‘tir joyingga deb hammaning oldida izza qildi.
Alisher shunda kam ta‘minlangan oilada tug‘ulganidan shu sababli o‘qituvchisi hammaning oldida izza qilganidan qattiq ranjidi. Natijada Alisher hammaga nafrat ko‘zi bilan qaray boshladi.
1. Uni togri yolga qaytarish uchun kimlar bu ish bilan shug‘ullanishilari kerak. ?
2. Sizningcha o‘qituvchi to‘g‘ri ish qildimi ?
Download 15.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling