Savollar: Rossiya Oʻrta Osiyoni qachon va qaysi bosqichlarda bosib oldi?
Download 19.59 Kb.
|
Tarix 9-mavzu
9-mavzu nazorat savollariga javoblar. Savollar: 1. Rossiya Oʻrta Osiyoni qachon va qaysi bosqichlarda bosib oldi? 2.Turkistonda mustamlakachilik boshqaruvi tizimining oʻziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon boʻladi? 3.Rossiya Imperiyasi hukmron doiralarining Turkistonda yuritgan iqtisodiy siyosati mazmun-mohiyati? 4.Turkiston xalqlari mustamlakachilik zulmiga qarshi qanday ozodlik kurashlari olib bordilar? 5.Turkistonda ma’naviy va madaniy hayot qanday boʻlgan? 6.Jadidchilik harakati mazmun-mohiyatini tushuntirib bering. 7.Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistonda aloqa tizimida qanday yangiliklar paydo boʻldi? Javoblar: O`rta Osiyoni Rossiya tomonidan bosib olinishi istilochilik va bosqinchilik harakati edi. Chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish harakatlarini 3 davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr: Chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish harakatlari XVIII asr boshlarida boshlangan edi. kkinchi davr: Chor Rossiyasi, uning keyingi podsholari to XIX asrning ikkinchi yarmigacha asosan o‘zining elchilarini josus sayyohatchilarni yuborish orqali Osiyoning tabiatini, boyliklarini, harbiy, iqtisodiy imkoniyatlarini" o‘rganishga kirishadi. Bu uchinchi davr 1852 yildan boshlandi. Turkistonning Rossiya imperaryasi tomonidan bosib olinishi toʻrt bosqichda roʻy berdi. I bosqich – 1847-1864- yillar boʻlib, bu davrda Rossiya Imperiyasi armiyasi 1847- yili Sirdaryoning quyi oqimini bosib oldi. 1853- yilda Qoʻqon xonligining Oqmasjid qal'asi bosib olindi va uning ornida Perovsk istehkomi qurildi. 1864- yilda chor qoʻshinlari Pishpek va Toqmoqni bosib oldilar. II bosqich – 1865- yildan boshlanib, 1868- yilga qadar davom etadi. 1865- yilda Toshkent, 1866- yilda Xojand, Oratepa, Jizzax, 1968- yilda Samarqand va Kattaqorgʻon shaharlari bosib olindi. III bosqich – 1873- yili fevralidan to 1879- yil avgust oyigacha davom etadi. 1873- yili Xiva, 1876- yil Namangan bosib olindi. Biroq Goʻktepa qal’asini qamal qilayotganida chor qoshinlari magʻlubiyatga uchradi. IV bosqich – 1880- yil oxiridan to 1885- yilga qadar davom etadi. 1881- yilda Goʻktepa (Ashxobod) qal'asi bosib olindi, 1885- yilda esa ingliz ofitserlari qomondonlik qilgan afgʻon otryadlari tor-mor etildi Turkistonda mustamlakachilik boshqaruv idora usulining joriy etilishi. 3.O’lka iqtisodiyotining chorizm manfaatlariga bo’ysundirilishi. Temir yo’llar. ... Mahalliy aholida rus ma’muriyatiga, Turkistonda olib borilayotgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi kayfiyat kuchayib, milliy-ozodlik harakat lari boshlanib ketdi. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida O’rta Osiyo xonliklarida fan, san’at, me’morchilik, musiqa madaniyati o’ziga xos uslubda rivojlandi. Rossiya Imperiyasining Turkistondagi asosiy tayanch ma’muriy va majbur qiluvchi tashkiloti politsiya idorasi boʻlib, u katta vakolatlarga ega edi. Mustamlakachilik ma’muriyatining muhim huquqiy bogʻini sud organlari hisoblangan. Sudlar ikki xil koʻrinishga ega boʻlib, ular sudlar va xalq sudlari deb atalgan. Ularning birinchisi mustamlakachilik shaklida bolsa, xalq sudlari shariat asosida ish yurituvchi qozilik idorasi edi.Rossiya imperiyasining 1886- yilgi “Nizom”i oʻlkaga rus aholisini koʻchirib keltirish yoʻli bilan oʻlkani ruslashtirish harakatini qonunan mustahkamlab, unga siyosiy tus berdi. Koʻchib keluvchi har bir oilaga 10 tanobdan ham boʻlmagan yer ajratish belgilandi. 15 yil davomida (1875-1890) Turkistonga 1300 oila kochib kelib joylashdi. Toshkent qo’zg’oloni. Andijon qo’zg’oloni- Turkistonda ko’tarilgan ozodlik harakatining eng yirigi. 1916 yil xalq qo’zg’oloni. Rossiya imperiyasi Turkiston xalqini ma'naviy-madaniy jihatdan tutqinlikka solish, o'zining uzoqqa mo'ljallangan manfaatiga bo'ysundirish siyosatini yuritdi. Uning mohiyati, mazmuni mahalliy xalqni uning milliy, tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, xalqning ma'naviy, madaniy, tarixiy merosini yo'q qilish, ruslash-tirishdan iborat edi. ... O'lkaning madaniy-ma'rifiy hayotini cheklab, o'z manfaatlariga bo'ysunduruvchi yo'l tutildi, buyuk davlatchilik g'oyalarini Turkis-tonda zo'rlik bilan joriy etildi, milliy madaniyat va ma'naviy qadriyat-larni toptaldi. To'g'ri, Rossiya imperiyasi Turkistonda kommunikatsiya va ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish, milliy kadrlarni tayyor-lash, ma'rifatchilik va aholini jahon madaniyatidan bahramand qilish kabi ijobiy tadbirlarni ko'rdi. Jadidchilik, ma'rifatchilik ham millatni ma'rifatli qilish, ma'naviyatini yuksaltirish maqsadlarida yuzaga kеlgan buyuk tarixiy harakatdir. Jadidchilik - yangilanish, yangi usul ma'nosini anglatadi. U yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo’llari tarafdorlarining umumiy nomi.Jadidchilikning asosiy qoya va maqsadlari: Turkistonni o’rta asrchilik, fеodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim»ni inkor etgan holda o’lkani, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlamеnt va prеzidеnt idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini bеrish, milliy qo’shin tuzish va boshqalardan iborat.Turkistonda jadidchilik milliy-ozodlik kurashi jarayonida yuzaga kеlgan, o’zbеk xalqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo’lganligi bilan ajralib turadi. Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, ma'rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik kabi qoyalar еtakchilik qilgan. O’lkani mustamlaka zulmidan ozod qilishni jadidlar hamma narsadan ustun qo’ydilar. Jadid ziyolilari erk, istiqlolga erishish uchun milliy ongni o’stirish zarurligini payqadilar. Shu orqali milliy uyqonish yasamoqchi bo’ldilar. Buni esa ta'lim va tarbiyada - ma'rifatda dеb bildilar. Mana shuning uchun ham jadidlar yangicha ta'lim va tarbiya tizimini qaror toptirish yo’lida hormay-tolmay ishladilar. Turkistondagi aholining rus qismiga o’lka to’g’risidagi ma’lumotlar yetkazib berish va siyosiy ahvoldan boxabar qilib turish maqsadida Turkistonda turli xil gazetalar chop etildi. 1870 yilda «Turkistanskiye vedomosti» gazetasining birinchi soni chiqdi. 1889 yilda «Russkiy Turkistan», 1894 yilda «Okraina» gazetalari chot etildi. 1871 yilda esa Turkiston o’lkasining muzeyi tashkil etildi. Test. 1. Rossiyaning O‘rta Osiyo chegaralaridagi dastlabki istehkomi nechanchi yilda vujudga keldi? C) 1718-yil 2. 1843-yil Xivava Buxoroga kelgan ingliz diplomati-yasining vakilini aniqlang. A) J. Abbot 3. Oqmachit qal’asi ruslar tomonidan qancha vaqtda egallangan? D) 20 kun 4. Rossiya imperiyasi o‘z chegaralarini sharqqa tomon kengaytirish uchun dastlab qaysi tadbirni amalga oshirishga intildi? A) Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari bilan har tomonlama aloqalar o‘rnatishga 5. Verniy qal’asi hozirda qaysi shaharda joylashgan edi? A) Ashxobod 6. 1864-1885 yillarda … A) Rossiya O‘rta Osiyoda uzluksiz urush olib bordi 7. Chor Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyo hududlarining bosib olinish ketma-ketligi to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang. A) Avliyoota, Turkiston, Chimkent, Toshkent 8. Qo‘qon xoni Xudoyorxon qaysi voqeadan keyin Turkiston general-gubernatoridan panoh topish maqsadida Toshkentga qochadi? B) Po‘latxon qo‘zg‘olonining boshlanishi. Download 19.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling