Savollar: Tarmoq axborot texnologiyalari


Download 305.18 Kb.
Sana27.02.2023
Hajmi305.18 Kb.
#1234145
Bog'liq
IAKT Joriy


14 - VARIANT
Savollar:
1. Tarmoq axborot texnologiyalari.
2. Axborot tizimi amaliy dasturiy ta'minoti haqida umumiy tushunchalar.
3. "Integrallashgan tizimlar" bo'yicha klaster tuzish.
4. ATM va Elektron to'lov tizimlarini Venn diagrammasi bo'yicha tahlil qilish.
5. Iqtisodiy komplekslarda CRM tizimlari o'rni SWOT tahlilini o'tkazish.

1. Tarmoq texnologiyalari asosan internet vositalari va aloqa vositalarini o'z ichiga oladi. Tarmoq axborot texnologiyalarida asosan tarmoq betarafligi va xodimlarning tarmoqdan qanday tarzda foydalanishini o'rganishimiz mumkin. Tarmoq betarafligi bu shunday g`oyaki, unga asosan, Internet xizmati provayderlari barcha mijozlarga kontent va qo`shimchalarga, ularning kelib chiqishi va tabiatidan qat’iy nazar, birday kira olishini ta’minlashi lozim. Endi, Internet betaraf: butun Internet trafik birday ishlanadi, yani internet –magistral egalari taqdim etganiga asosan, dastlab kelganidan boshlanadi. Biroq, ushbu holat telekommunikatsiya va kabel kompaniyalar tomonidan, kontent ma’lumot o`tkazishda Internetdan foydalanganda ishlatgan o`tkazish imkoniyatlari miqdori asosida differentsial narx shakllantirishni yo`qqa chiqaradi. Betaraflikni tarmoqli himoyachilari ittifoqi quyidagilarni o`z ichiga oladi: MoveOn.org; xristianlar Koalitsiyasi; Amerika kutubxonalar assotsiatsiyasi; Netflix, Amazon va Google kabi yuqori ma’lumot sig’imiga ega bo`lgan firmalar tarmog’i, kichik biznes korxonalari va bloggerlar to`plami singari asosiy iste’molchilar. Ko`p kompaniyalar xodimlarning, ular bilmagan holda, el.pochta va Internetdan foydalanishlarini nazorat qila boshladi. Endilikda ushbu maqsadlar uchun SONAR, Spector tadqiqot CNE, iSafe, OsMonitor, IMonitor, Work Examiner, Net Spy, Activity Monitor, Mobistealth va Spytech kabi vositalar ko`payib ketgan. Bu mahsulotlar kompaniyalarga onlayn qidiruvlar ro`yxatini, monitor fayli yuklanishi va yuklanishlarni, klavishlarni rekord darajada bosilishini ko`rsatadi, elektron xatlarni kuzatadi, suhbat stenogrammalarini ochib beradi .


2.Axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad – tashkiliy loyihalashti-rish, texnologik va hokazo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir. Organilayotgan fan sohasini aks ettiruvchi ham umumiy, ham ayrim xususiyatlarga ega bo’lgan tizimning ko’plab tushuncha va ta’riflari mavjud. Umumiy holatda tizim, deganda ular orasidagi va ularning xususiyatlari o’rtasidagi aloqalar majmuiga ega bo’lgan, ya’ni bir-biriga chambarchas bog’langan qismlardan iborat butun bir ob’ektlar majmuasi tushuniladi. Bunday ta’rifdagi tizimga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: detallar va tutashtiruvchi qurilmalardan yig’ilgan mashina; xujayralarning butun majmuini tashkil etuvchi tirik organizm; turli resurslar, bir-biri bilan bog’langan ko’plab ishlab chiqarish jarayonlari va kishilar jamoalari yaxlitligida yuzaga kelgan korxonalar va hokazo. Bunday hollarda ob’ektlar(qismlar) yagona tizim sifatida ishlaydi, ya’ni har bir ob’ekt, kenja tizimlar, umumiy tizim oldidagi yagona maqsad uchun harakat qiladi. «Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «ob’ektlar», «alo-qalar», «xususiyatlar
Ob’ektlar – tizimning bir bo’lagi yoki komponentlari bo’lib, jismoniy, matematik o’zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo’linmalari kabi ko’plab cheklanmagan qismlarga ega.

Xususiyatlar – bu ob’ektning sifatini ifodalovchi parametrlardir. Xususiyat tizimning ma’lum bir o’lchamga ega ob’ektlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon etish imkonini beradi. Ob’ektlarning xususiyatlari tizim harakati natijasida o’zgarishi mumkin.


Aloqalar ob’ektlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elementlarining kenja tizimlari va tizimlar o’rtasida aloqa bo’lishi nazarda tutiladi. Ayrim umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar o’rtasida aloqaning mavjud bo’lishi tizimning asosiy tushunchasi sanaladi.
3

4





S

CRM tizimlarining kuchli tomonlari

Biznesning tartib qoidalari va texnologiyalari hisoblanadi.

W


CRM tizimlarining kuchsiz tomonlari

Mijozning ma’lumot tahlili asosida biznes samaradorligiga erishish.

O


CRM tizimlarining imkoniyatlari
(ichki).

Bunda firmaning mijozlari bilan savdo, marketing va servis hizmatlari sohasi boshqariladi.

T


CRM tizimlarining to'siqlari(tashqi)

Tashqi to'siqlari bunday tizimlar ko'plab yaratilayotganligi uchun.

Download 305.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling