Savollarga javoblar
Download 14.92 Kb.
|
Akbar iqtisod
Test javoblari 1-b 2-a 3-c 4-d 5-a 6-d 7-d 8-d 9-c 10-c 11-d 12-c 13-b 14-b 15-a 16-b 17-c 18-b 19-b 20-d
1)O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi «2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5544-sonli farmoni bilan tasdiqlangan «2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi»ning 3.4. Ta’lim tizimini takomillashtirish va inson kapitalini rivojlantirish bo‘limida quyidagilar eng ustivor vazifalar etib belgilangan: 1. O‘quv-tarbiya jarayoniga yangi ta’lim dasturlarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va smart-texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim muassasalarida o‘qitish sifatini yanada yaxshilash. 2. Nogiron bolalar ta’lim va tarbiyadan teng sharoitda bahramand bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida inklyuziv ta’limni rivojlantirish. 3. Hududiy va milliy darajada ta’lim jarayoni natijalarini tizimli monitoring qilish asosida ta’lim sifatini va uning mamlakat innovatsion rivojlanishi darajasiga ta’sirini baholashning milliy tizimini ishlab chiqish va joriy etish. 4. Mehnat bozoridagi tendensiyalar o‘zgarib borishini hisobga olgan holda qayta tayyorlashga muhtoj yoshlar uchun kasb-hunar kollejlarida qisqa muddatli o‘quvlar tashkil etish. 5. Aholining oliy ta’lim bilan qamrab olinishini oshirish. 6. Tabiiy va texnik fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar ulushini ko‘paytirish. 7. Chop etilgan ilmiy maqolalar soni, ulardan iqtibos keltirish indeksi, xalqaro konferensiyalar va seminarlarda ishtiroki, olingan patentlari soni bo‘yicha tanlab olingan sohadagi eng faol oliy ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining tadqiqot yo‘nalishini kuchaytirish. 8. Tarmoq va mintaqaviy iqtisodiyot ssenariylari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida innovatsion faoliyat rivojini prognozlashtirish tizimining alohida bo‘g‘ini sifatida etakchi oliy ta’lim muassasalarida forsayt markazlarini tashkil etish. Oliy ta’lim muassasasining ichki va tashqi muhitini ilmiy-texnologik prognozlashtirishni ta’minlash, ularning texnologik va innovatsion muhitini va ustuvor innovatsion yo‘nalishlarini rivojlantirish.. 2) Bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida foyda va rentabellik qishloq xo'jaligi tashkilotlari va korxonalarining iqtisodiy faoliyatining eng muhim ko'rsatkichlari hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkichlar korxonalar faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradi: tovar ayirboshlash hajmi va tuzilishi, resurslardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlari tashkilotlari va texnologiyalarini takomillashtirish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish va boshqalar. Foyda miqdori va darajasi ularga ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatadigan juda ko'p sonli turli xil omillar ta'siri ostida shakllanadi. Foyda va rentabellik miqdorini belgilaydigan omillar sonini deyarli cheklash mumkin emas, bu juda katta. Og'irlik omillarini foyda miqdori va darajasiga katta ta'sir ko'rsatadigan asosiy omillarga va ta'sirini e'tiborsiz qoldiradigan kichik omillarga bo'lish mumkin. Bundan tashqari, barcha omillar majmuini ichki va tashqi qismlarga bo'lish mumkin. Ular bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Foyda va rentabellikka ta'sir qiluvchi ichki omillarga resurs omillari (resurslarning hajmi va tarkibi, resurslarning holati, ularning ishlash shartlari), shuningdek daromadlarning ko'payishi bilan bog'liq omillar kiradi. 3) Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar innovatsion rivojlanishi modellarining uch turi farqlanadi: 1. Fanda peshqadamlikka, ilmiy ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oladigan, qoida tariqasida, ilmiy-innovatsion imkoniyatlarning mudofaa sektoridagi ulushi ancha katta bo’lgan keng ko’lamli maqsadli loyihalarni amalga oshirishga qarab mo’ljal oladigan mamlakatlar (AQSH, Angliya, Fransiya). 2. Innovatsiyalarni tarqatish, qulay innovatsion muhitni yaratish, iqtisodiyot strukturasini oqilonalashtirishga qarab mo’ljal oladigan mamlakatlar (Germaniya, Shvetsiya, Shveytsariya) 3. Innovatsion infratuzilmani rivojlantirish, jahon ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlariga ta’sirchanlikni ta’minlash, fan va texnologiyalar sohasida turli sektorlarning harakatlarini muvofiqlashtirish yo’li bilan innovatsiyalarni rag’batlantiruvchi mamlakatlar (Yaponiya, Janubiy Koreya). Davlat tomonidan innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash uchun yaratilgan tashkiliy shaklga misol tariqasida, Frantsiya sanoat vazirligi qoshida faoliyat yurituvchi INOVA assotsiatsiyasini keltirish mumkin. Tarmoq tuzilmasi sifatida yaratilgan ushbu assotsiatsiya tarkibiga 40 ga yaqin korxona va tashkilotlar kirib, ularning deyarli yarmi tarmoq tuzilmalaridan iborat. Innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali yuqori texnologiya sohalari rivojlangan mamlakatlar orasida AQSH katta salohiyatga ega. Ushbu mamlakatda yiliga o’rta hisobda 390 milliard AQSH dollari atrofida innovatsiya va inson kapitali uchun moliyaviy mablag’ ajratiladi.Yaponiyada esa YAIMning 3 foizi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, innovatsion faoliyat bilan shug’ullanayotgan yaponiyaliklarning 13 foizi fundamental, 25 foizi amaliy hamda 62 foizi tajriba-konstruktorlik ishlariga jalb qilingan. Xitoy, Germaniya, Frantsiya, Isroil, Hindiston, Rossiya kabi iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlar inson manfaatlariga xizmat qiladigan innovatsion rivojlanish strategiyalarini ishlab hiqib, amalga tatbiq etib kelmoqdalar. 6) Berilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki O’zbekistonda qishloq xo’jaligi tarmog’ida innovatsion faoliyatning rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi bir necha omillar mavjud. Biz ularni bartaraf etishimiz uchun yuqorida keltirilgan metoddan foydalanishimiz kerak va amaliyotda tadbiq etishimiz va davlatimiz rivoji uchun harakat qilishimiz kerak. Download 14.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling