Savollarga javoblar


Download 16.92 Kb.
Sana24.11.2021
Hajmi16.92 Kb.
#176954
Bog'liq
1 BUXGALTERIYA


Bajardi : KU 18/1 guruh talabasi Axmedjanov Jamshid.

SAVOLLARGA JAVOBLAR.

Mavzu:Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va usullari.

1.Xo'jalik hisobi va uning turlari haqida umumiy tushuncha.

Xo'jalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni boshqarish va nazorat qilish maqsadida shu jarayonni miqdoriy (qiymat, mehnat) aks ettirish va sifat jixatidan tavsiflashga aytiladi.Xo'jalik hisobining turlari 3 turga bo`linadi. Bular:



  1. Operativ hisob

  2. Statistik hisob

  3. Buxgalteriya hisobi

Operativ hisob- ayrim xo'jalik operatsiyalari va jarayonlarini bevosita ular sodir bo'layotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qilish tizimi bo'lib hisoblanadi.

Statistik hisob- ommaviy xo'jalik hodisalar to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ish va ishlash tizimidan iborat. Xo'jalik hisobining bu turi butun xo'jalik va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o'rganishga yo'naltirilgan.

Buxgalteriya hisobi- bu faoliyat ko'rsatayotgan sub'ektning mulki, majburiyatlari, xo'jalik operatsiyalari va ularning harakatini yoppasiga hamda uzluksiz hujjatlashtirish yo'li bilan tartibli yig'ish, nazorat qilish, o'lchash, ro'yxatga olish, pul o'lchovida ishlov berish tizimidir.

2.Buxgalteriya hisobining predmeti.

Ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag'lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda yuritiladi va ijtimoiy maxsulotni takror ishlab chiqarish hisoblangan xo`jalik faoliyatini kuzatish va boshqarish uchun xizmat qiladi. Ijtimoy maxsulotni takror ishlab chiqarish hamma sohalarini, ya`ni ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini ham o`z ichiga oladi.



3. Buxgalteriya hisobining usullari.

Buxgalteriya hisobi ob'ektlarini va xo'jalik faoliyatini boshqarish orqali amalga oshirish maqsadida yoppasiga, uzluksiz, o'zaro bog'langan hamda ob'ektiv aks ettirishni ta'minlaydigan usullar tizimidir. Hujjatlashtirish - buxgalteriya hisobining ob'ektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish usulidir. Inventarizatsiya - korxona mablag'ini tekshirib, ro'yxatga olish va olingan ma'lumotlarni xisob ma'lumotlari bilan solishtirish demakdir. Baholash - xo'jalik mablag'lari, majburiyatlar va xo'jalik jarayonlarini pul o'lchov birligida aks ettirish usulidir. Kalkulyatsiya – korxona faoliyatini boshqarish jarayonida sarflangan xarajatlarni va ishlab chiqarilgan mahsulot birligining tannarxini aniqlash usulidir. Buxgalteriya hisobi schyotlari – schetlar tizimi hisob ob'ektlarini ularning iqtisodiy belgilariga qarab guruhlashtirish usulidir. Ikkiyoqlama yozuv - har bir xo'jalik operatsiyasi natijasida yuzaga keladigan ikki hodisani o'zaro bog'langan holda aks ettirish usulidir. Buxgalteriya balansi – xo'jalik mablag'lari va manbalarini ma'lum bir sanaga bo'lgan holatini aks ettirish usulidir. Hisobot – ma'lum davrga bo'lgan xo'jalik faoliyatini aks ettiruvchi umumlashtirilgan xo'jalik jarayoni va operatsiyalarini ularning iqtisodiy mazmuniga qarab ma'lum tartibda guruhlashtiradigan va o'zaro aloqadorligini ta'minlaydigan ko'rsatkichlarni aks ettiruvchi shakllar yig'indisidir.



4.Ikki yoqlamali yozuv va uning ahamiyati.

Ikkiyoqlama yozuv tizimiga - birinchi marta 1497 yilda Italyan rohibi Luka Pacholi asos solgan. Ikkiyoqlama yozuv bu- xo'jalik operatsiyalarini kamida ikkita schetda, bir schetning debeti va boshqa schetning krediti bo'yicha ro'yxatga olinishi, toki debet bo'yicha umumiy summa kredit bo'yicha umumiy summani muvozanatlashtirsin va tizimda har doim balansning tengligini saqlanishni ta'minlashdir. Ikkiyoqlama yozuv orqali schetlar o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni belgilash schetlar korrespondentsiyasi deyiladi. Debetlanuvchi va kreditlanuvchi schet hamda operatsiya summasining ko'rsatilishi buxgalteriya provodkasi deb ataladi. Buxgalteriya provodkasi ikki xil: oddiy provodka va murakkab provodgaga bo'linadi. Oddiy provodka deb, bir schetning debetlanishi, ikkinchi schetning kreditlanishiga aytiladi. Murakkab provodka deb, bir necha schet debetlanib, bitta schetning kreditlanishi yoki bir schetning debetlanishi, bir necha schetning kreditlanishiga aytiladi.
Download 16.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling