Saxnalashtirish faoliyatining


Download 43 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi43 Kb.
#1058660
Bog'liq
18-MAVZU




18-MAVZU:-MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA

SAXNALASHTIRISH FAOLIYATINING

ASOSIY MAQSADI

Reja:

    • Maktabgacha ta‘lim muassasasida saxnalashtirish faoliyatining axamiyati.

    • Turli yosh guruxlarda saxnalashtirish faoliyatining vazifalari

    • Turli yosh guruhlarida sahnlashtirish faoliyatining ahamiyati

Har bir insonning bolaligi rolli o‘yinlar asosida o‘tadi, u bolada kattalarning hayotiy qonun-qoidalarni anglashni o‘rgatadi. Har bir bola o‘zi bilganicha o‘ynaydi, lekin bu o‘yinlar asosan kattalar, sevimli qahramonlardan o‘rganib yoki ularga taqlid qilgan holda amalga oshiriladi. Bolalar o‘yinlariga improvizatsiya qilingan teatrlashtirilgan tomosha sifatida qarash mumkin. Bolaga o‘zini rejisser, akter, musiqachi, dekorator holida ko‘rish imkoni beriladi. Dekoratsiya va kostyumlarni tayyorlash bolada ijodiy va texnik faoliyatni rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Tomoshani tayyorlash jarayonida ular chizish , yasash, tikish ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga, oldilarida amalga oshirishlari lozim bo‘lgan vazifalarga nisbatan istak, hoxish tuyg‘ulari yanada rivojlanadi va ular bundan katta zavq oladilar.



Maktabgacha ta‘lim muasasalarida teatrlashtirilgan faoliyatning barcha yo‘nalishlariga katta e‘tibor berish lozim va shart, chunki ular,

*jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lish modelini yaratishni;

*milliy va ma‘naviy qadriyatlarni singdirib borgan holda bolaning madaniyatini oshirishni;

bolalar adabiyoti, musiqa, tasviriy san‘at, o‘zini tutish odobi, milliy аn‘analar va qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirish va bu boradagi qiziqishini muntazam oshirib borishni;

*to‘g‘ri fikrlash, yaxshilik va yomonlik haqidagi tushunchalarni o‘yinlar orqali bolalar ongiga singdirib borishga yordam beradi.
SHuningdek, teatrlashtirilgan faoliyat bolalarning ichki kechinmalari, munosabatlari, emotsional faoliyatining rivojlanishiga ya‘ni asar qahramonlariga munosabat bildirish, ularning holatiga kirishga harakat qilish kabi holatlar bilan birga boladagi ijodiy faollikni o‘yin, fantaziya, to‘qib chiqarish orqali kengaytiradilar.
Teatrlashtirilgan faoliyat bilan bolalar nutqini rivojlantirish uzviy bog‘liq bo‘lib, qahramonlarning so‘zlari, bola nutqi bilan uyg‘unlashib uning so‘z boyligini ortiradi, nutqining tovush madaniyat mukammalashadi.
Teatrlashtirilgan mashg‘ulotlar o‘z ichiga ertaklardan lavhalar qo‘yish, rasmga qarab rolli suhbatlar tuzish, hayotiy mavzularga oid mustaqil improvizatsiya (o‘xshatish) qilish (kulguli voqealar, qiziq hodisalar va hokazo); qo‘g‘irchoq tomoshalarini ko‘rish va uni muhokama qilish, dramatizatsiyalashgan.
O‘yinlar, rolni ijro etish ifodaliligini rivojlantiruvchi mashqlar (verbal va noverbal); bolalarni xissiy rivojlantiruvchi mashqlarni qamrab oladi.
Teatrlashtirilgan faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, jamoani to‘g‘ri yo‘naltirishda tarbiyachi katta rolь o‘ynaydi. Tarbiyachi nafaqat ifodali o‘qishi yoki aytib berishi, balki ko‘rishi, eshitishi, obrazga kirishi, ya‘ni akterlik va rejisserlik mahoratlariga ham ega bo‘lishi zarur. Aynan shu holat bolalarda teatrlashtirilgan faoliyatga qiziqishi uyg‘otishi, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini ijobiy tomonga o‘zgarishiga yo‘l ochadi. Tarbiyachi o‘zining akterlik faolligi bilan tortinchoq bolalarni faqatgina tomoshabinga aylantirib qo‘ymasligi, har bir bolani diqqat bilan kuzatishi lozim. Tarbiyachi bolalarni muntazam ravishda qo‘llab quvvatlashi, ularning xato qilish va sahnaga chiqishda «qo‘rqish», «artist» va «tomoshabin»ga bo‘linib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim.


Foydalanilgan adabiyotlar

1.Galanov A.S. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi: maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari va ota-onalar uchun qo'llanma. - 3-nashr, Rev. va qo'shing. - M .: ARKTI, 2006. - 96 b. (Taraqqiyot va ta'lim)

2.Keneman A.V., Xuxlaeva D.V. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va metodikasi. Darslik ped. talabalari uchun qo'llanma. maxsus uchun in-com. "Maktabgacha pedagogika va psixologiya." Ed 2-chi, rev. va qo'shing. - M.: Ta'lim, 1978.- 272 p.

3.Kozlova S. A. Maktabgacha pedagogika: talabalar uchun darslik. payshanba ped darslik. muassasalari / S. A. Kozlova, T. A. Kulikova. - 5-nashr, Rev. - M.: "Akademiya" nashriyot markazi, 2004. - 416 b.

4.Stepanenkova E.Ya. Jismoniy tarbiya va bolani rivojlantirish nazariyasi va metodologiyasi: darslik. talabalar uchun nafaqa. yuqori darslik. muassasalar / Emma Yakovlevna Stepanenkova. - 2-nashr, Rev. - M.: "Akademiya" nashriyot markazi, 2006. - 368 b.
EʼTIBORINGIZ UCHUN

RAXMAT!!!


http://fayllar.org
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling