Saylov tizimi


Download 20.8 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi20.8 Kb.
#244692
1   2   3
Bog'liq
Saylov tizimi

2015 yilgi prezident saylovi
Prezident vakolatining ikkinchi muddati 2014 yil dekabr oyida tugashi kerak edi. Ammo parlament saylovi bilan bir vaqtga to'g'ri kelib qolishi munosabati bilan saylov parlament saylovi yakunlari chiqarilganidan so'ng 3 oy ichida, ya`ni 2015 yil 29 mart kuni o'tkazilgan.

Bu safargi saylovda saylovchilar ro'yxatiga kiritilgan 20 million 798 ming 52 nafar saylovchidan 18 million 942 ming 349 nafari ovoz berishda ishtirok etganini aniqladi. Bu saylovdagi davomat 91,08 foizni tashkil qilganini ko'rsatadi.

Saylovchilarning 17 million 122 ming 597 nafari yoki 90,39 foizi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Islom Abdug'aniyevich Karimovni yoqlab ovoz berdi. O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Akmal Xolmatovich Saidovga 582 ming 688 nafar yoki 3,08 foiz saylovchi, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonovga 552 ming 309 nafar yoki 2,92 foiz saylovchi, O'zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Narimon Majitovich Umarovga 389 ming 24 nafar yoki 2,05 foiz saylovchi ovoz berdi.


Download 20.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling