Сборник трудов XXXII научно-технической конференции «Перспективные химики-2023»


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1512936
TuriСборник
Bog'liq
TEZIS. UMIDLI KIMYOGAR 1



«Umidli kimyogarlar-2023» 
XXXII ilmiy-texnikаviy аnjumаnining mаqolаlаr to‘plаmi. Toshkent, TKTI, 25-27-aprel 2023-yil.

UDK 62:66+37(08) 


«Umidli kimyogarlar-2023» 
XXXII ilmiy-texnikаviy аnjumаnining mаqolаlаr to‘plаmi. Toshkent, TKTI, 25-27-aprel 2023-yil.

TKTI Kengashi qarori bilan
nashrga ruxsat berilgan 
Ushbu toʼplamda yosh olimlar, magistratura va bakalavriat talabalarining anʼanaviy 
XXXII «Umidli kimyogarlar-2023» ilmiy-texnikaviy anjumanini maʼruza matnlari oʼrin olgan. 
Nashr etilayotgan maqolalar innovatsion faoliyatga yunaltirilgan boʼlib, ilmiy tadqiqot ishlarini 
natijalaridan iborat. Toʼplamda noorganik va organik moddalari asosida olingan maxsulotlarning 
ishlab chiqarish texnologiyasi, yangi informatsion texnologiyalar yaratish, atrof muhit himoyasi, 
ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, kimyo sanoatining marketingi va 
menejmenti, taʼlim va pedagogik maxorat va yana bir qator turli muammolarga bagʼishlangan.
Mualliflar maqolalar mazmuniga javobgardirlar. 
Сборник трудов XXXII научно-технической конференции «Перспективные
химики-2023» направлен на развитие инновационной деятельности, отражает результаты 
исследований молодых ученых, магистрантов и студентов бакалавриата в области разработки
технологии и получения эффективных материалов на основе органических и
неорганических веществ. Создания новых информационных технологий, проблемам
охраны окружающей среды, получению экологически чистых пищевых продуктов, а
также освещает вопросы менеджмента и маркетинга, проблемы образования и педагогики
химической и пищевой промышленности и ряд других проблем. 
Авторы статей несут ответственность за их содержание. 
Proceedings of the XXXII scientific and technical conference «Promising chemists-2023» is 
aimed at the development of innovative activity, reflects the results of research young scientists, 
undergraduates and undergraduate students in the field of development technology and obtaining 
effective materials based on organic and inorganic substances. Creation of new information 
technologies, problems environmental protection, obtaining environmentally friendly food products, 
and also covers issues of management and marketing, problems of education and pedagogy chemical 
and food industries and a number of other problems. 
The authors of the articles are responsible for their content. 
Tahririyat hayʼati: 
t.f.d., prof. B.Sh.Usmоnov
k.f.d., prof. X.L.Pulatov 
D.N.Isamatova 
N.N.Xodjayeva
© Toshkent kimyo-texnologiya instituti 


«Umidli kimyogarlar-2023» 
XXXII ilmiy-texnikаviy аnjumаnining mаqolаlаr to‘plаmi. Toshkent, TKTI, 25-27-aprel 2023-yil. 
882
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI BURG‘ILASH USULLARI
k.o‘qit. Tursunov A.R., bak. Sayitjonov Q 1- 20 gr.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Shahrisabz filiali, +99890 136 13 74
Insoniyatning qaysi davrida ilk bor neftdan foydalanganligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar aniq 
emas. Birinchi marotaba neftdan teri kasalliklari, shamollash, kо‘z shamollashi kabi har xil turdagi 
kasalliklarni davolovchi vositalar sifatida foydalanilgan. 
Quldorchilik jamiyati tuzimi davrida neft va tabiiy bitum mahsulotlaridan foydalanish 
kengaygan. Neftdan faqat davolovchi vositalar sifatida emas, balki yoritish materiallari va qurilish 
maqsadlarida ham foydalanila boshlangan. Devorlarni qurishda ishlatiladigan g‘isht va boshqa 
materiallarni pishirishda bitumdan foydalanish ommalashgan. Neftdan foydalanish chegarasi 
quldorlik davrida kengayishi hamda ularni qazib chiqarish texnikasini mukammallashtirish ishlari 
boshlangan. Neft sizib chiqadigan joylardan yig‘ib olingan va bu miqdordagi suyuqliklar ishlatish 
ehtiyojining talablariga javob bermay qolgan. Chuqur yoki kovlanma sifatida neftni qazib 
chiqarish usullaridan foydalanila boshlangan. Qazilma (kopanka) uncha chuqur bо‘lmagan (2 metr 
chuqurlikkacha) chuqurlikdan iborat bо‘lib, devorlarni og‘nab ketmasligi uchun atrofi chetan 
devorlar bilan о‘ralgan. Neft qazilma ichiga tuproqdan sizib chiqib tо‘plangan.[1] 
Quduqlarni burg‘ilashda qо‘llaniladigan asosiy vositalar
Neft va gaz quduqlarini qurish murakkab va xavfli jarayonlardan hisoblanadi. Neft va gaz 
quduqlarini burg‘ilashda va muvaffaqqiyatli tugallashda bir qator qoidalar va holatlarga amal 
qilinadi. Quyida shunday qoida va yо‘llanmalar tо‘g‘risida fikrlar berilgan.
1. Burg‘ilash brigadasining hamma a’zolari asosan burg‘ilovchi geologik-texnik naryadni (GTN), 
shu jumladan maydonda burg‘ilash ishlarini olib borish xususiyatlarini, quduqning geologik 
qirqimlarini yaxshi bilishi shart. Burg‘ilash jarayonida oraliqlarda sodir bо‘ladigan 
mushkulotlarga jiddiy e’tibor berilishi talab qilinadi. Bunday oraliqlarni burg‘ilab о‘tish 
jarayonida ehtiyotkorlik tadbirlari qо‘llaniladi.
2. Burg‘ilash brigadasi jamoasi va asosiy bо‘linma bir–biri bilan dо‘stona munosabatda va 
chambarchas bog‘langan bо‘lishi shart. Burg‘ilash jarayoni va kuzatuv tadqiqot ishlaridan 
ma’lumki, neft va gaz quduqlarini qurishda kо‘tilmagan ekstremal holatlar (avariya, gaz otilmalar, 
yong‘in, favvoralar va boshqalar) sodir bо‘lib turadi. Bunday paytda burg‘ilash brigadasidan 17 
malakaviy tajriba, ustamonlik, sovuqqonlik, jasorat va ishonchlilik talab etiladi.
3. Burg‘ilash brigadasining hamma a’zolari asosan burg‘ilovchi о‘z ishiga professional va ijodkor 
bо‘lishi shart. Professional bо‘lish uchun yangi texnika va texnologiyalardan xabardor bо‘lishi 
hamda о‘zining malakasini oshirib turishi kerak.
4. Burg‘ilash jarayoni katta о‘lchamda konservativdir. Bunda jarayonlarni ketma-ket, kо‘p 
takrorlanadigan va aniq tartiblar bilan amalga oshirilishi zaruriydir. Bunday tartiblardan chetga 
chiqish kо‘p holatlarda murakkabliklarni va avariyalarni paydo bо‘lishiga olib keladi.
5. Jamoaning hamma a’zolari quduqlarni burg‘ilash jarayonida tartib intizomga rioya qilishlari 
shart. Hushyorlikni yо‘qotish yoki etiborsizlik kо‘p hollarda baxtsiz hodisalarga, shu bilan 
birgalikda keskin holat bilan tugallanishi mumkin.
6. Burg‘ilash brigadasining har bir a’zosi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi, 
shikastlanuvchiga birinchi tibbiy yordam kо‘rsata olishi, gaz portlaganda, yong‘inda va boshqa 
ekstremal holatlarda о‘zining majburiyatlarini mukammal bilishi shart va zarurdir. Burg‘ilash 
ustasi tomonidan doimiy ravishda burg‘ilash brigadasining a’zolarini о‘qitib hamda harakatlanish 
tartiblarini о‘rgatib borladi. 
7. Burg‘ilash brigadasining har bir a’zosi kо‘rsatma bо‘yicha о‘ziga berkitilgan vazifalarni amalga 
oshirishi shart. Qolgan hamma harakatlar burg‘ilash ustasining kо‘rsatmasiga binoan amalga 
oshiriladi.[2] 
Neft va gaz quduqlari burg‘ilash usullari va ularning turlari. Quduq deb silindrik shakldagi 
va diametrga nisbatan uzunligi kо‘p marta katta bо‘lgan yer osti tog‘ inshootiga aytiladi. 
Quduqning yer usti qismi, boshlanishini silindrik yuzasi- ustuni yoki devori, quduqning eng 


«Umidli kimyogarlar-2023» 
XXXII ilmiy-texnikаviy аnjumаnining mаqolаlаr to‘plаmi. Toshkent, TKTI, 25-27-aprel 2023-yil. 
883
chuqur qismi esa tubi deb aytiladi.Quduqlarni burg‘ilash ishlari butunlay tog‘ jinslarini parchalash 
va kolonkali yо‘llar amalga oshiriladi. Kolonkali holda burg‘ilanganda namunalar chiqarib olinadi 
va tog‘ jinslarining fizikaviy – mexanik xossalari laboratoriya sharoitida о‘rganiladi. [3] 
Quduqlarni joylashuv holatlari 
Foydali qazilmalarni qidiruv chuqurligi iqtisodiy maqsadga muvofiq aniqlanadi. Quduqlar 
haqida kо‘proq ma’lumotga ega bо‘lish uchun Rossiya Federatsiyasida 15 km chuqurlikka ega 
bо‘lgan (Kolskiy ST-3) qudug‘i burg‘ilangan. Burg‘ilash quduqning asosiy elementlari 
quyidagicha bо‘lib, 1-rasmda keltirilgan. 
«Burg‘ilash» va «quduq inshoot» tushunchalari mavjuddir. Burg‘ilash jarayonida 
kompleks jarayonlar amalga oshirilishi natijasida quduq paydo bо‘ladi.
1. Tog‘ jinslari quduq tubida parchalanadi.
2. Parchalangan jinslar quduq tubidan yer yuzasiga olib chiqiladi.
3. Quduq devoridagi turg‘unsiz jinslar mustahkamlanadi. 
Quduq har qanday usulda burg‘ilanganda kо‘tarish qurilmalarining ajralmaydigan qismi 
hisoblanadi.
Burg‘ilash minorasi quduqqa burg‘ilash tizmalarini va burg‘ilash quvurlarini tushirish va 
kо‘tarish, burg‘ilash davrida burg‘ilash tizmalarining og‘irligini kо‘tarib turish, unga tal tizimini 
joylashtirish, burg‘ilash quvurlari va jihozlarning qismlarini burg‘ilash jarayonida joylashtirish 
uchun mо‘ljallangan.(2-rasm) 
Burg‘ilash qurilmasining tushirish-kо‘tarish jihozlar 
1-kranblok; 
2-minora;
3-tal arqoni;
4-tal bloki;
5-ilgak; 
6- burg‘ilash chig‘irig‘i;
7- tal arqonining quzg‘almas uchi. 
Burg‘ilash quvurlarini kо‘tarish-tushirish 
jarayonlarida osish sxemasi.(3-rasm)
a –umumiy kо‘rinishi;
b –elevatorning kо‘rinishi; 
1-burg‘ilash quvuri;
2-elevator;
3-shtrop. 
Chuqurligi 400- 600 metr bо‘lgan 
quduqlarni burg‘ilashda balandligi 16-18 metr 
balandlikdagi 
minora 
qо‘llaniladi, 


«Umidli kimyogarlar-2023» 
XXXII ilmiy-texnikаviy аnjumаnining mаqolаlаr to‘plаmi. Toshkent, TKTI, 25-27-aprel 2023-yil. 
884
quduqlarning chuqurligi 4000÷6500 metr bо‘lganda esa balandligi 42 metrli minoralar 
qо‘llaniladi.Minora “magazining” hajmiy sig‘imdorligi diametri 114÷168 mm bо‘lgan burg‘ilash 
quvurlarini joylashtirish uchun mо‘ljallanadi. Yuqori va pastki asoslarining о‘lchamlari burg‘ilash 
brigadasining sharoitidan kelib chiqqan holda burg‘ilash jihozlarining va asboblarining hamda 
kо‘tarish-tushirish jarayonidagi mexanizatsiya vositalarini joylashtirishga bog‘liq holda tanlab 
olinadi.[4] 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Aminov A.M. Neft va gaz quduqlarini qurish asoslari 
2. Асилбеков, Б.К., Калиланова, К.А., Жапбасбаев, У.К. Об эффективности технологии 
радиального бурения по сравнению с вертикальной скважины. Республиканский 
журнал «Іzdеnіs»-«Поиск». Алматы. 200 
3. Автореферат Гауф В.А. «Разработка технологии реконстукции малодебитных 
скважин сооружением боковых стволов» 
4. Инструкция по борьбе с прихватами колонн труб при бурении скважин – Москва, 
Недра
QOLIPLI NON ISHLAB CHIQARISH UCHUN XOMASHYONING HOZIRGI HOLATI 
Bak. Otayeva Nilufar Shodlik qizi, Ass. Qobilov Feruz Shuxrat o‘g‘li 
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali 
Non mahsulotlari ishlab chiqarishda un asosiy xom ashyo hisoblanadi. Tegirmondan olib 
kelingan un, uning zaxirasini (novvoylik korxonalarida yetti sutkalik zaxira) ta’minlovchi alohida 
omborxonalarda saqlanadi. Bunday zaxira o‘z vaqtida unning sifatini tekshirib, ishlab chiqarishga 
tayyorlash imkoniyatini beradi. Qulay sharoitlarda saqlangan unning xossalari yaxshilanadi. 
Novvoylik korxonalarida un alohida partiyalarda (turkumlarda) olib kelinadi. Partiya - bu bir 
vaqtda ishlab chiqarilgan va bir hujjat va sifat guvohnomasi bilan keltirilgan bir turdagi va navdagi 
un miqdoridir. Tegirmonning laboratoriyasida rasmiylashtirilgan sifat guvohnomasida (sertifikatida) 
unning turi va navi, rangi, ta’mi, hidi, kuldorligi, kleykovinasining miqdori va sifati, metall 
aralashmalarining miqdori, namligi va boshqalar ko‘rsatiladi. 
Un partiyasining sifat guvohnomasi korxonaning laboratoriyasiga topshiriladi va bu yerda 
unning ayrim sifat ko‘rsatkichlari nazorat uchun tekshiriladi. Sifat guvohnomasidagi ko‘rsatkichlar 
bilan korxona labora-toriyasining tahlil natijalari orasidagi farq katta bo‘lgan taqdirda, bu farqning 
yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritish maqsadida unni yetkazuvchi tashkilotdan vakil chaqiriladi. 
Bug‘doy donini yetishtirishda hosildorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar va 
agrotexnik tadbirlar natijasida uning novvoylik xossalarining pasayishi butun dunyoda 
kuzatilayotganligi olib borilgan tadqiqot tahlillaridan ma’lum bo‘ldi [1], ushbu holat so‘nggi o‘n yil 
ichida eng dolzarb ahamiyatga ega bo‘ldi. Bunda yetishtirilayotgan bug‘doy doni tarkibidagi 
kleykovina miqdori va sifati kabi novvoylik xossalari ahamiyatli o‘zgarishi aniqlangan. 
Shuning uchun tegirmon va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni oldida butun 
mamlakat aholisini mavjud don resurslaridan olinadigan mahsulotlar bilan ta’minlash va shuningdek, 
xaridorlarning talablariga javob beradigan non mahsulotlari sifatini saqlab qolish kabi qiyin vazifa 
turibdi. Bunda iste’molchilarning talabidan kelib chiqqan holda davlat standartlarga mos non 
mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ma’lum bir belgilangan miqdordagi kleykovina bilan birgalikda 
oqsillari, uglevodlari, lipidlari va fermentlariga bog‘liq holda hamda bir qator boshqa xususiyatlarga 
sifatli bug‘doy doni bo‘lishi lozim. Yaxshi tasniflanadigan bug‘doy doni tarkibida kleykovina kamida 
28% bo‘lishi, IDK shartli birlik ko‘rsatkichi 50-70 ni, tushish soni 250-300 tashkil qilishi va 
nuqsonlarsiz, kasallanmagan va zararkunandalar bilan zararlanmagan talablarga mos kelishi lozimligi 
o‘rganilgan [2-3]. Ammo, bugungi kunda dunyo miqiyosida tegirmonlarga yetkazib beriladigan 
bug‘doy donining atigi 28-34 foizi ushbu talablarga javob berishi aniqlangan [4]. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling