2-o‘rinni egallab kelmoqda. Buyrakning xavfli o ‘sma kasalliklari orasida buyrak hujayrasi saratoni 90%ni
egallaydi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra buyrak saratoni kasalligining 2-3 bosqichlari bemorlar orasida
ko‘proq uchraydi. Dunyoda har yili buyrak saratoni bo‘yicha 403,3 ming yangi holatlar aniqlanadi, bu
ko‘rsatkich barcha epitelial xavfli o ‘smalarning 2-3% ni tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasida 2019
yil bo‘yicha saraton kasalliklari strukturasi tahliliga ko‘ra, buyrak saratoni 10-o‘rinni egallagan, ya’ni
kasallik 781 nafar bemorlarda qayd qilingan. Kasallanish chastotasi erkaklarda ayollarga nisbatan 1,5
barobar yuqori, yosh bo‘yicha asosan, katta yoshli bemorlarda, xususan, 60-70 yoshli bemorlarda kasallik
kuzatiladi. Kasallik chekish, semizlik, arterial gipertenziya natijasida paydo bo‘ladi.
Maqsad.
Buyrak hujayrasi saratonining 3 va 4 bosqichini maqsadli davolashda 1- chiziqli davolash
usullari sifatida sorafenib va pazopanib, 2-chiziqli davolash usullari sifatida aksitinib va sunitinib dori
vositalarining samaradorligini klinik adabiyotlarni tizimli tahlilini o ‘tkazish orqali aniqlash.
Usul va uslublar.
Izlanishda tizimli tahlil usuli bo‘yicha klinik adabiyotlar qidiruvida buyrak
hujayrasi saratoni, maqsadli terapiya, sorafenib va pazopanib, aksitinib va sunitinib kabi kalit so‘zlardan
foydalanib qidiruv PubMed ma’lumotlar bazasida amalga oshirildi.
Natijalar.
Buyrak hujayrasi saratonining 3 va 4 bosqichini 1-chiziqli davolashda sorafenib, pazopanib
dori vositalarining samaradorligi klinik tahlillar qidiruv natijasida olingan ma’lumotlarning tizimli tekshiruv
tahlil qilingan bog‘lanishlarning grafik tasviri - prizma diagrammasida aks ettirildi. Qidiruvda umumiy 79 ta
iqtibos aniqlanib, shundan 1 ta iqtibos nisbattan muvofiq deb topildi. Qolgan iqtiboslar tanlangan mezonga
Do'stlaringiz bilan baham: |