to‘g ‘ri kelmaganligi, tadqiqotda ikkala aralashuvning mavjud emasligi, sharhlar va qo‘lyozma bo‘lganligi
sababli tanlanmadi. Tanlangan maqolalarning to‘liq matni o ‘rganilganda, 1-chiziqli davolashda beriladigan
sorafenib va pazopanib maqsadli nishon terapiya dori vositalari alohida o ‘zi emas, balki tizimli davolash
tarkibiga kirgan. Ishlanishimizda sharhlash uchun Miller (1) 2016 yildagi Amerika Qo‘shma Shtatlarda
o ‘tkazilgan retrospektiv tadqiqoti tanlab olindi. Tadqiqotda 2 guruh bemorlarda tekshiruv o ‘tkazilgan,
1-chiziq davolashning muvofiqligini tekshirilgan va tasdiqlangan.
2- chiziq davolash uchun dori vositalari va dozalarni tanlangan hamda 1-chiziq davolashni to‘xtatish
kunlari, o ‘zgartirilgan terapiyada davolanish kunlari aniqlangan.
Buyrak hujayrasi saratonining 3-4 bosqichini 2-chiziqli davolashda aksitinib va sorafenib dori
vositalarining samaradorligi klinik tahlil qidiruv natijasida olingan ma’lumotlar, tizimli tekshiruv tahlil
qilingan bog‘lanishlarning grafik tasviri - prizma diagrammasida aks ettirildi. Qidiruvda umumiy 96 ta
iqtibos aniqlanib, shundan 3 ta iqtibos nisbatan muvofiq deb topildi. Qolgan iqtiboslar tanlangan mezonga
to‘g ‘ri kelmaganligi, tadqiqotda ikkala aralashuvning mavjud emasligi, sharhlar va qo‘lyozma bo‘lganligi
sababli tanlanmadi.
Sergio Bracarda, (1) buyrak hujayrasi saratonining 2-chiziqli davolash uchun aksitinib samarali
182
ekanligini ko‘rsatib berishdi ya’ni, tanlab olingan bemorlarda suyak va jigarda metastaza bermagan. Ajratib
olingan guruhlar orasida sog‘lom qolish darajasi yuqori ekanligi aniqlandi. Satoshi Tamada, (1) buyrak
hujayrasi saratonini davolash usuli sifatida sitokin dori vositalarini, molekulyar maqsadli (nishon) dori
Do'stlaringiz bilan baham: |