Dolzarbligi
: 2017 yil 20 iyundagi PQ-3071-son «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021
yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida»gi
qarori qabul qilingan bo‘lib, unda mamlakatimizda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning samaradorligi,
194
sifati va ommabopligini oshirish, shuningdek, tibbiy standartlashtirish tizimini shakllantirish, tashxis
qo‘yish va davolashning yuqori texnologik usullarni joriy qilish, patronaj xizmati va dispanserizatsiyaning
samarali modellarini yaratish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va kasalliklarni profilaktika
qilish kabi vazifalar belgilangandir.
Maqsad: O‘zbekiston Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy
tibbiyot markazi (RIO va RIATM) onkourologiya bo‘limi ma’lumotlari asosida prostata bezi saratonining
kasallanish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish .
Usul va uslublar: Kontent-tahlil, mantiqiy va statistik tahlil usullari.
Natijalar: RIO va RIATM bo‘yicha prostata bezi saratonining turli bosqichlarida aniqlangan bemorlar
soni 2019-2021 yillar bo‘yicha tahlil qilindi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra,
«prostata bezi saratoni dunyoda erkaklarning orasida 3-o‘rinni egallagan holda, har yili 550 000 dan ziyod
birlamchi aniqlanadi». Birlamchi murojaat etgan bemorlarning 60-80% holatda jarayon mahalliy tarqalgan
yoki uzoqlashgan metastazlar ko‘rinishida aniqlanadi. 2020 yildagi barcha havfli o ‘sma kasalliklariga
nisbatan prostata bezi saratonining III bosqichida aniqlangan bemorlar -55,8%, IV bosqichida aniqlangan
bemorlar -29,9% ni tashkil qilgan. Qolgan 14,3% - bu prostata bezi saratonining I, II bosqichida aniqlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |