Schyot tizimi va ikkiyoqlama yozuv


BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARINING REJASI


Download 499.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana16.06.2023
Hajmi499.55 Kb.
#1516966
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-MAVZU Schyotlar tizimi

3.5. BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARINING REJASI 
Schyotlar rejasi buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini
uning xo’jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi. Bozor 
munosabatlarini, mulkchilikning har xil shakllarini, korxonalar mustaqilligini 
rivojlantirishga mo’ljallangan xo’jalik mexanizmi buxgalteriya hisobi schyotlar 
rejasining mazmuniga va tuzilish tarkibiga yangicha qarashni talab etadi. Yangi 
hisob ob’ektlarining yuzaga kelishi munosabati bilan endi amaldagi schyotlar 
rejasiga kichik o’zgartirishlar kiritish va modifikatsiyalash bilan cheklanib 
bo’lmaydi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish, ishlab chiqarishni boshqarishda buxgalteriya hisobi 
rolining oshishi, buxgalteriya hisobining umumiy va boshqaruv turlariga bo’lishini 


buxgalteriya hisobi axborotining hajmiga va tegishli tartibda schyotlar rejasining 
mazmuniga yangi talablar qo’yadi.
Demak, halq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tishi, har xil mulkchilik shaklidagi 
korxonalarning rivojlanishi xalqaro standarlarga mos bo’lgan hisob tizimi va 
schyotlar rejasini ishlab chiqishni talab qildi.
Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 9 
sentyabrdagi 103 - sonli buyrug’i bilan O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya 
hisobining Milliy standarti (21-BHMS) «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 
moliyaviy - xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash 
bo’yicha yo’riqnoma»ni tasdiqladi va u O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi 
tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi.
Ushbu andoza, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan 
qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2004 yil 1-yanvardan 
boshlab ijro etilishi shart.
Ushbu schyotlar rejasini tizimga keltirilgan schyotlar ro’yxati deb ta’riflash mumkin.
Yangi schyotlar rejasi jami bo’lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari 
schyotlardan iborat bo’lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.
O’z o’zini tekshirish uchun savollar: 
  
1. 
Schyotlarga qanday ta’rif berasiz?
2. 
Aktiv schyotlarning qoldiqlari qanday aniqlanadi?
3. 
Passiv schyotlarning qoldiqlari qanday aniqlanadi?
4. 
Schyotlar nima uchun tasniflanadi?
5. 
Schyotlar tasniflanganda qanday schyotlarga bo’linadi?
6. 
Balansli schyotlarda nimalar hisobga olinadi?

Download 499.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling