Scientific-Methodical


Download 54.24 Kb.
bet3/4
Sana31.03.2023
Hajmi54.24 Kb.
#1314144
1   2   3   4
Bog'liq
elektron-o-quv-qo-llanmalar-yaratish-orqali

Ko’rgazmali vositalar asosida o’qitish tasnifi.
Mazmun va haraktеri bo’yicha tasnif 3 guruhga bo’linadi:

  1. Tasvirli ko’rgazmalilikka:

rasmlar rеproduktsiyasi;
o’quv matnlar uchun yaratilgan rasmlar; rasm va applikatsiyalar;
vidoеparchalar; audioparchalar; vidеofilmlar .

  1. Shartli-chizmali ko’rgazmalilikka:

jadvallar; sxеmalar; grafiklar; planshеtlar kiradi.

  1. Prеdmеtli ko’rsatmalilikka:

muzеy eksponatlari; makеtlar;
modеllar.
Axborotni ko’z odiga kеltirish dеb anglash jarayoniga yoki ko’z, yoki quloq, yoki baravariga ikkalasi yoki hissiyotlarni ulashdir. O’quv dasturini anglash uning ko’z oldiga kеltirishdan boshlanadi. Shuning uchun barcha sеzgi organlari ishga tushadi, shu tufayli tеz va oson o’quv mavzuni o’zlashtiriladi. Yaxshi jihozlangan o’quv matni umumiy holatga ijobiy ta'sir etadi. Diqqat va faoliyat uyg’unnashadi, ko’zatuvchanlik va sеzgirlik oshadi, xotira tayyorlanadi, fikrlash jarayoni еngillashadi, o’quv matеriali o’zlashtiriladi.
Elеktron o’quv qo’llanma bosma o’quv matеrialini barcha tomonlarini saqlash va zamonaviy tеxnologiyalarni qo’llashga imkon bеradi.
Zamonamiz jamiyatni axborotlashtirishning yuqori darajasi bilan ham o‘ziga xosdir. Axborot texnologiyalari hayotimizning barcha sohalari qatorida musiqa ta’limi jarayoniga ham keng joriy etilib borilmoqda. Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarining joriy etilishi yangi innovatsion vositalardan foydalanish imkonini beradi. Bu esa yangi rivojlanishning imkoniyat jarayonlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2018 yil 26 avgustdagi PQ- 3920 qarorida “Madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishni ta’minlash, madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, aholining ularga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish, mamlakatimizning jahon madaniy makoniga integratsiyalashuvini ta’minlash, shuningdek, 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
“Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalarni bajarish”1 to’g’risida oqilona fikr va muloxazalarini bildirgan. Jumladan o’zbek milliy musiqasini rivojlantirishga qaratilgan bu taklif va vazifalar milliy musiqa ijrochiligimizni innavatsion rivojlantirishga, xalqmiz qalbiga ommaviy madaniyatni kirib kelishi va milliylik ruhiga ziyon yetkazishidan saqlashga, o’zbek milliy musiqa san’atini zamonaga mos holda AKTdan foydalanib, ommaga va butun dunyoga keng targ’ib qilishga undaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3 fevraldagi qarori “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” qarorlarida esa “Musiqa fani uchun ajratilgan o‘quv soatlari doirasida “Hayotimga hamrohdir cholg‘u” shiori ostida cholg‘u ijrochiligi dars mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilishi, o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga ko‘ra milliy musiqa cholg‘ularida kuy ijro etish mahoratini egallashi va notalar to‘plamlari, maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta’minlash, umum ta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv- metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tizimiga kiritiladi”2 kabi ushbu qarorlar ijrosini ta'minlash, o’zbek milliy madaniyati nigizini bir qismi bo’lmish milliy cholg’ularimizni ijrochilik uslublari va tarixini o’zida aks ettirgan, bugungi kun yoshlarini milliy vatanparvarlik ruhida ma’naviy kamol toptirish, innavatsion va raqamli davr rivojlanishida “Yangi O’zbekistonda yangicha dunyo qarashlari” asosida “Hayotimga hamrohdir cholg‘u” shiorida milliy cholg’ularini o’rgatuvchi android va kompyuter dasturlarini yaratish, o’zbek milliy cholg’ulari va milliy madaniyatini keng dunyoga targ’ib qilish muhim omillardan sanaladi va shu bilan birga o’zbek milliy cholg’ularini o’rganishi uchun havaskorlarni mustaqil ta’lim olishida, musiqiy mutaxassislik bo’yicha professional ta’lim oluvchi yoshlarni milliy cholg’ularni o’rganishida yanada samarali natijalarga erishish maqsadida amaliy yordam beradi.
Ta’lim tizimida milliy cholg’ular ijrochiligini shakillantirish va rivojlantirish borasida android va kompyuter dasturlari ishlab chiqish zarur. Unda imkoniyati cheklanganlar, yoshidan qat’iy nazar barcha havaskorlar va yoshlar uchun milliy cholg’ularining ilk saboqlari, elektron musiqiy kitoblar, darsliklar, qo'llanmalar, metodik ishlanmalar, o’zbek va jaxon kompozitorlari asarlarining hamda o’zbek milliy kuylarining audio ijrosi, nota matnlari va ijro qilish uslublari, dastur bilan bog’langan holda internetda veb sayt yaratilib unda oliy ta’lim o’quv yurtlarida dars beradigan professor o’qituvchilarning cholg’u ijrochiligining ijro uslublari haqida videodarslari joylashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PQ-3920 qarori “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori
2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3 fevraldagi video selektordagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori
O’zbek xalq cholg’ulari ijrochiligi bo’yicha maxsus musiqa muassasalariga kelishga imkoniyati yo’q fuqarolar, nogironligi bo’lgan shaxslar hamda musiqa soxasida ta’lim oluvchi yosh talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun ushbu dasturlar mustaqil ta’lim olish tizimining osonlashtiradi. Muammoni hal qilish uchun har bir o’zbek xalq cholg’ularida mustaqil o’rganish ta’limi bo’yicha android va kompyuter dasturlari ishlab chiqish va ushbu tizim bazasini boyitish maqsadida o’zbek va jaxon kompozitorlari asarlarining hamda o’zbek milliy kuylarining audio ijrosi, nota matnlari va cholg’ular ijrochiligida ilk saboqlar bo’yicha ijro qilish uslublari, multimedia resurslari yaratish hamda dastur bilan bog’langan holda internetda musiqiy platform yaratilib unda oliy ta’lim o’quv yurtlarida dars beradigan professor o’qituvchilarning cholg’u ijrochiligining ijro uslublari haqida vidyo darslari joylashtirish orqali oliy ta’lim professor-o’qituvchilaridan ta’lim olish imkoniyatlari yaratish orqali musiqiy cholg’ularimizni o’rganish va targ’ib qilish masalalarini yechimini topishimiz mumkin. Shu bilan birga bugungi yoshlarimizni ommaviy madaniyatdan ozgina bo’lsada asragan bo’lamiz. Bu ommaviy ahamiyatga ega bo'lib, xalqimizning milliy madaniyatimizga bo’lgan mehr-muhabbatini, vatanparvarlik hissini, musiqiy cholg’ularimizga nisbatan qiziqishlarini oshirish va ijrochilik uslublarini o'rganishga dasturiy manba bo'ladi.
Maqolamizning g’oyaviy masadida imkoniyati cheklanganlar, yoshidan qat’iy nazar barcha havaskorlar va yoshlar uchun ta’lim olish qulayliklarini yaratish, eng asosiy kutilayotgan natijadir, zero, har bir inson hayotiy imkoniyatidan qat'iy nazar ta'lim olish va o'ziga kerakli bilimlarni egallash huquqiga ega. O’zida o’zbek va jaxon kompozitorlari asarlarining hamda o’zbek milliy kuylarining audio ijrosi, nota matnlari va cholg’ular ijrochiligida ilk saboqlar bo’yicha ijro qilish uslublari, multimedia resurslari yaratiladi hamda dastur bilan bog’langan holda internetda veb sayt yaratilib unda oliy ta’lim o’quv yurtlarida dars beradigan professor o’qituvchilarning cholg’u ijrochiligi haqida ijro uslublari yuzasidan video darslari ma’lumotlar omborini yaratish - foydalanuvchi interfeysi uchun dunyoning xohlagan nuqtasidan turib ushbu dasturlar orqali o’zbek xalq cholg’ularidan bilim olish imkoniyatini beradi.
Xulosa qilib shuni ayta olamizki, o’z milliyligini sevgan xalq hech qachon o’zga xalqqa qaram bo’lmaydi va yengilmaydi.
Xulosa qilib aytganda, elektron o’quv qo’llanma shunchaki yozma materiallar jamlanmasigina emas, balki audio-video o’quv qo‘llanma bo‘lib ham hisoblanadi, eshitish va vizual foydalanish uchun taqdim etishga mo‘ljallangan axborot majmuasidir. Elektron o’quv qo’llanmadan mustaqil foydalanish yoki ta’lim jarayonida talabalarga axborot muhitida yo‘nalishni, qandaydir muammolar yechimini aniq topish imkonini beradi. Talabalarni zamonaviy ta’lim metodlaridan,
aynan - elektron o’quv qo’llanmadan foydalanib o‘qitish, ta’lim sifatini oshiradi va ularni ijodiy kamolotga yetaklaydi.



Download 54.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling