«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6


Download 59.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana22.11.2023
Hajmi59.49 Kb.
#1794349
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
jamiyatning-tarixiy-shakllari-mohiyati-va-xususiyatlari

 
MUHOKAMA 
Axborotlashgan jamiyat tushunchasi 1960 yillarning ikkinchi yarmida paydo 
bo‘lib, uni Tokio texnologik universitetining professori yu.Xayash birinchi bo‘lib fanga 
kiritgan. Muallifning fikricha, moddiy mahsulot emas, axborotlashuv mahsuloti 
jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi. Axborotlashgan 
jamiyat tushunchasining rivojida amerikalik jamiyatshunos olim D.Bellning “Industrial 
jamiyat davrining kelajagi. Ijtimoiy bashorat qilish tajribalari” (1973) nomidagi kitobida 
insoniyat jamiyati tarixini uch asosiy bosqichga: agrar, industrial va postindustrial 
(industrial davrdan so‘nggi) davrlarga bo‘lib chiqadi. Industrial jamiyatning asosiy 
rivojlanish manbai – energetik manbalar va energiyani ishlab chiqarish, tarqatish 
imkoniyatlari mavjudligidir. Axborotlashgan jamiyatda esa ishlab chiqarishning manbai 
bilimni 
to‘plash 
texnologiyalari, 
axborotni 
qayta 
ishlash 
va 
axborot 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6
503
 
kommunikatsiyalariga bog‘liq. Bilim va axborot hozirgi kunda jamiyat rivojlanishining 
asosiy manbai hisoblanadi.Axborotlashgan jamiyatga oid qiziqarli falsafiy 
konsepsiyalardan biri yapon olimi I.Masudaga tegishlidir. Kelajakda shakllanadigan 
yangi jamiyatning poydevori bo‘lib kompyuter texnologiyasi xizmat qiladi. Bu 
texnologiyaning asosiy vazifasi inson aqliy mehnatining faolligini kuchaytirish yoki 
o‘rnini bosishdir. I.Masuda fikricha, “axborotlashgan jamiyatda insoniy qadriyatlar 
o‘zgaradi”, bu jamiyat sinflarga bo‘linmaydi va ziddiyatsiz – ya’ni, ahil, tinch–totuv 
jamiyat bo‘lib, uni chog‘roq hukumat va davlat apparati boshqaradi. Axborotlashgan 
jamiyatning yana bir nazariyotchisi E.Toffler “Uchinchi to‘lqin” deb nomlangan 
kitobida u tamaddun tarixidan uchta to‘lqinni ajratib oladi: birinchi to‘lqin – agrar 
(XVIIIasrgacha), ikkinchisi – industrial (XXasrning 50–yillarigacha), uchinchisi – 
industrial davrdan so‘nggi davr (XXasrning 50–yillaridan boshlab). 1980–1990 yillarni 
Axborotlashgan jamiyat konsepsiyalarining rivojidagi yangi bosqich deb aytish 
mumkin. Bu davrdagi konsepsiyalar asosan Piter Draker va Manuel Kastels tadqiqotlari 
natijalari bilan chambarchas bog‘liq. P.Draker konsepsiyasining mohiyati an’anaviy 
kapitalizmni engib o‘tishdan iborat. Uning konsepsiyasiga asosan, yuz berayotgan 
siljishning asosiy belgilari industrial xo‘jalikdan bilimlar va axborotga asoslangan 
iqtisodiy sistemaga kirib borish, kapitalistik xususiy mulkchilikdan voz kechish, hozirgi 
zamon odami uchun yangi qadriyatlarni yaratish, iqtisodiyot va jamiyatdagi 
globallashuv jarayonlari ta’sirida milliy davlatning o‘zgarishi nazarda tutilgan. 
M.Kastels o‘z fikr–mulohazalarining tayanch nuqtasi qilib global iqtisodiyotni hamda 
xalqaro moliyaviy bozorlarni olib, ularni shakllanayotgan yangi dunyoning asosiy 
belgilari sifatida qo‘llaydi. [2] 

Download 59.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling